Qiziqarli ma'lumotlar: Yo'qolib borayotgan go'zallik: Olimlar Yer yuzidagi ko'z va soch rangining eng noyob kombinasiyasini aniqladilar.
Qiziqarli ma'lumotlar: Yo'qolib borayotgan go'zallik: Olimlar Yer yuzidagi ko'z va soch rangining eng noyob kombinasiyasini aniqladilar.
Nima deb o'ylaysiz, siz ham ular qatoridamisiz?

Har birimizning tashqi ko'rinishimiz o'ziga xos. "Ona" ning ko'zlari, "ota" ning burni, "buvi" ning qomati - bunday yonuvchi aralashmani qaytarishning xech ham iloji yo'q. Lekin unikumlar orasida ham yakkashoxlar uchraydi. Shunday qilib, olimlar yaqinda shu qadar kam uchraydigan ko'z va soch rangining kombinasiyasini aniqladilar. U genlarni olib yuruvchi odamni uchrashi ehtimoli chaqmoq urushi ehtimolidan kamroq. Siz nima deb o'ylaysiz, siz ham ularning noyob turiga kirasizmi? 

Har birimiz o'ziga xos genlar kombinasiyasi olib yuruvchisimiz. 

Genetika - g'aroyib narsa. Hamda bu sohadagi har bir kashfiyot lol qoldirmay qolmaydi. Qanchalar absurd bo'lib ko'rinmasin. Masalan, Yer yuzidagi barcha moviy rang ko'zli odamlar bir birlariga qarindosh degan zamonaviy gepotizani eshtganmisiz? Biroq qarindosh urug' ildizlari juda juda uzoq o'tmishga ketadi. Boshqa mashxur teoriyada aytilishicha, ikki yuz yillikdan so'ng tabiiy sariq sochlilar dunyoda qolmas ekan. Sariq sochlar geni evolyusion poygadan ancha kuchli qora rangli gen tomonidan siqib chiqarilgan bo'ladi. Lekin mayus statistikaga qaramay, moviy ko'zli va sariq sochlilar Yer yuzidagi engkam uchraydigan tashqi ko'rinishga ega odamlar emas. Xozircha...

Olovrang sochlilar hammadan kammi? Bu sur'atga qarab bunday demaysiz. 

Amerika kimyo jamiyati olimlari (American Chemical Society) aniqlashlaricha, eng kam uchraydigan kombinasiya bu olovrang soch va moviy rang ko'zlar ekanini aniqladilar. Unikallikning siri shundaki, soch va ko'z rangi uchun javob beradigan ikkala gen ham resessivdir. Hamda ikkisini birdaniga olish ehtimoli juda ham kam. Masalan, "moviy nigoh" bilan sayyoramizning faqatgina 17% odamlari maqtana oladilar (lekin, aslini olganda eng kam uchraydigan ko'z rangi moviy emas, balki yashildir). Olovrang sochlilar esa, umuman Yer aholisining 2% ortmaydi. Shuning uchun oramizda moviy rang ko'zli olovrang sochli odamlar shu qadar kam: atigi 12.7 million 7.5 milliard ichida. 

Chaqmoq bilan "uchrashish" ehtimoli bunday qiz bilan uchrashuvdan ko'ra ko'proq. 

Ajoyib, lekin statistika bo'yicha chaqmoq urushi (ehtimoli 0.03%) olovrang soch va moviy rang ko'zli odamni uchratishdan (ehtimoli 0.017%) ko'ra ko'proq. Mo'jizaning o'zginasi!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook