Ofis ishlari, kam harakatlantiruvchi hayot tarzi, noto’g’ri ovqatlanish – bularning hammasi ortiqcha kilogramlarga, yomon kayfiyatga va sog’ligimiz yomonlashishiga olib keladi. Bo’sh vaqtni ajoyib uslubda o’tkazish, hayot tarzimizga ozgina yorqin ranglarni qo’shish va anchagina so’glom bo’lishga sport mashg’ulotlari yordam beradi.
Biroq, odatiy fitness, o’zining so’zsiz ijobiy tomonlariga qaramasdan baribiram juda zerikarli va son-sanoqsiz martalab birta mashqni o’zini qaytalab takrorlashga to’g’ri keladi. Biroz harakatchanroq va hissiyotga to’la boshqa narsa bilan shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, nima qilsangiz bo’lar ekan? Yechim bor – Zumba!
U deyarli yaqinda paydo bo’ldi va butun dunyo, mamlakat va barcha qit’alar bo’ylab, darhol ko’p sonli fanatlarga va davomchilarga ega bo’lib oldi. Bu o’ziga birinchi mashg’ulotdanoq sevdiradigan, odatiy fitnesni o’rnini bosa olgan, juda shod va dinamik yo’nalishdir.
Zumba qiziqarli tarzda bexosdan paydo bo’ldi, va natijada u butun bir yirik raqs yo’nalishiga aylanib qoldi. U kolumbiyalik ajoyib murabbiy Alberto Peresa tomonidan yaratildi, ya’ni Alberto mashg’ulot uchun musiqani uyda qoldirganida, holatdan chiqish va darsni qoldirmaslik uchun, hamda o’quvchilarni xafa qilmaslik uchun, mashinasida eshitayotgan musiqasini qo’ydi. Dars juda boshqacha uslubda o’tdi: murabbiy odatiy fitness-mashqlarini o’zining sevimli raqslaridagi harakatlari bilan qo’shib yubordi, va shunday qilib raqs juda shodon va o’yinqaroq bo’ldi. O’quvchilar darsdan keyin juda hayratlanishdi, ammo ko’ngillari juda to’q edi va keying darsda yana davom ettirishni so’rashdi.
O’z o’zidan Zumba fitness va aerobika elementlarini, shuningdek, samba, salsa, cha-cha-cha, reggeton, flamenco, xip-xop va boshqa raqs uslublaridan odatiy harakatlarini o’zida mujassam ettiradi. Oddiy mashg’ulot bir soat davom etadi, raqsni o’zi esa instruktor yordamida non-stop holida davom ettiriladi. Zumba darslari ham jismoniy, ham psixologik sog’lik uchun juda katta foydani keltiradi. Ozishni xohlayotganlar uchun – bu haqiqiy topilma. Bir soatlik dars katta miqdordagi kaloriyalarni yo’qotadi, mashg’ulotlar esa dumba mushaklari, qorin kabi muammoli qismlarga juda yaxshi ta’sir qiladi. Bu dastur – o’z qomatingizni tiklashingiz, uni to’g’rilash, ortiqcha kilogramlarni yo’qotish va yangi ortiqcha vazn paydo bo’lishini oldini olish uchun ajoyib imkoniyat yaratib beradi.
Bundan tashqari, Zumba – barcha mushak guruhlari, va biz borligi haqida hatto bilmaydigan mushaklarni ishlatishga imkon beruvchi ajoyib sport mashg’ulotidir. Mashg’ulot davomida bajariladigan tez, intensiv mashqlar mushaklardagi qismlar qotishini oldini olish, qomatni tik tutish va chiroyli qomatni yaratish uchun xizmat qiladi. Doimiy mashqlar badanni tonusda saqlashga, mushak korsetini mustahkamlashga va koordinatsiyani rivojlantirishga yordam beradi. Intensiv mashg’ulotlar insonning deyarli barcha tizim va organlariga ijobiy tarzda ta’sir qiladi, shu navbatda, yurak, qon-tomir va nafas olish tizimlarini yaxshilaydi. Mashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, va bu o’z navbatida butun organism faoliyatiga ijobiy tarzda ta’sirini o’tkazadi.
Jismoniy sog’likka keltiradigan foydasidan tashqari, mashg’ulotlar ruhiy salomatlikka ham ijobiy ta’sir qiladi. Zumba shunchaki, pozitiv va xushnud kayfiyat ato etadi! Bu raqs har kunlik stress va muammolarni unutib, bulardan sal chetlanishga yordam beradi. Doimiy ravishda ushbu o’yinqaroq fitness raqsi va lotin ritmlari ostida, siz o’zingiz ham qanday qilib kayfiyatingiz ancha ijobiy tomonga o’zgarishini, kichik noxushliklar o’z ahamiyatini yo’qotib, sizni bezovta qilmay qo’yganini sezmay qolasiz.
Zumba bilan shug’ullanish – bu o’xshash qiziqishli insonlar orasida yangi tanishuvlarni hosil qilishning ajoyib uslubidir. Yolg’iz odamlar uchun bu -sodiq do’stlar topish va yoqimli muloqotga erishishning eng yaxshi imkoniyati. U juda ham oson, va qandaydir maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, u bilan xohlagan inson, jinsi va yoshiga qaramasdan shug’ullanishi mumkin, va mashg’ulotlar uchun hech qanday qarshiliklar yo’q. Bundan tashqari alohida kategoriyali raqschilar uchun bu raqsning har xil turlari bor. Shunday qilib, yoshi katta va olingan jarohatlar sababli to’lig’icha harakatlana olmaydiganlar uchun – Zumba gold, bolalar uchun kids va kids junior dasturlari ishlab chiqilgan, shuningdek, qo'shimcha predmetli, masalan stul, gantellar, step-platformalari ishlatiladigan zamonaviy variatlar paydo bo’lgan, hamda suvdagi mashqlar – akva Zumba ham mavjud.
Turlari juda ko’p, va har bir murabbiy o’zidan qandaydir yangilik qo’shgani bois, bir xil mashg’ulotlarning o’zi bo’lmaydi. Zumba shunchaki zerikarli bo’la olmaydi! U o’z ichiga tortadi va siz uni albatta yxshi ko’rib qolasiz. Har bir mashg’ulot juda quvnoq va pozitiv darajada o’tishini inobatga olganda, mashg’ulotlardan keyingi charchoq umuman bo’lmaydi, bo’lsa ham minimal darajada bo’ladi.
Xo’sh, zumba – bu sog’lom hayot tarzini olib borishni istaydigan va o’zini ajoyib qomatda saqlashni xohlaydiganlar uchun zo’r tanlovdir! Agar siz hayotingizga yangi ranglar va ijobiy kayfiyatni kiritmoqchi bo’lsangiz, sog’lom va baxtiyor bo’lishni istasangiz, ushbu zamonaviy va foydali harakatga qo’shiling va sizning kayfiyatingizdagi pozitiv o’zgarishlar o’zini kuttirib qo’ymaydi!
Сообщения из Facebook