Qiziqarli olam: Aslida sizning e’tiboringizga loyiq bo’lmagan beshta ommaviy turistik joylar
Qiziqarli olam: Aslida sizning e’tiboringizga loyiq bo’lmagan beshta ommaviy turistik joylar
Ko’p ommaviy nashrlarning fikriga ko’ra, Bali oroli – Yerdagi eng yaxshi turistik yo’nalishlardan biridir. Lekin, haqiqatda vaziyat qanday?

Bali oroli (Indoneziya)

Bali oroli (Indoneziya)
Faqatgina 2013 yilda Baliga 3,3 million sayyohlar tashrif etganlar. Bu qadar kuchli oqim infrastrukturani qattiq zo’riqtiradi. Afsuski, Balida ifloslanish muammolari ham actual. Bu oroldagi ko’p plyajlarni haqiqiy axlatxonalar deb atash mumkin. Ular axlar bilan to'la. Balidagi mashxur plyajlardan biri Kut nomiga ega. Lekin, juda kamchilik bu tumadagi suv okeanga to’kiladigan, kanalizasiya oqava suvlari bilan ifloslanishini biladilar. Shuning uchun yaxshisi bu yerda sayyohlar nimada cho’milishlarini tasavvur qilmagan yaxshi. Ko’pchilikka mashxur amerikalik yozuvchi Elizabet Gilbert kitobi “Ye, ibodat qil, sev” tufayli tanilgan, Ubud shari ham odamlar bilan gavjum. Afsuski, ular dam olayotgan joylari haqiqiy Indoneziyaga xech ham o’xshamasligini hattoki, hayollariga ham keltirmaydilar. Pretensioz g’arbdan kelgan mehmonlar ta’siri ostida Indoneziyaning mashxur turistik tumanlari o’zining asl mohiyatini yo’qotgan. Ularda yuzlab sushi-barlar, ommaviy italiyancha restoranlar va qaxvaxonalar ochilgan. Shu vaqtning o’zida u yerda Indoneziyaning milliy oshxonasining taomlarini tatib ko’rish mumkin bo’lgan joylarni topishingiz juda qiyin bo’ladi. Maslahat: Bali orolidan ko’ra sizga Malayziyaga, Perxentian orollariga yo’l olishni tavsiya qilamiz. Bu yo’nalish xozircha u qadar ommaviy emas, shuning uchun u boshqa kurort kabilarga aylanib ulgurmagan. Bu yerda tabiat go’zalliklari va ob-havo sharoitlari Indoneziyanikidan qolishmaydi. Perxentian orollarida siz aniq o’z ona shahringizni tark etmagan hissini his etmaysiz.

Afina (Gresiya)

Afina (Gresiya)
Zamonaviy sivilizasiyaning asosi bo’lgan, bizga o’nlab diqqatga sazovor joylarni hadya qilgan va o’zining aql bovar qilmas mazali oshxonasi va o’ziga xos madanyati bilan dong’i ketgan, afsonaviy shaharning qanday minuslari bo’lishi mumkin? Afina turli nashrlar tomonidan doimiy ravishda, siz albatta tashrif etishingiz kerak bo’lgan, turistik yo’nalishlar ro’yxatiga kiritiladi. Lekin, grek poytaxti sizga haqiqatdan qiziq narsalar taklif qila oladimi? Albatta, siz Plaki – Afinaning tarixiy rayoniga tashrif etishni istaysiz. U yerda qadimiy bino qoldiqlari joylashgan. Lekin, keyin qayerga boorish kerak? Shaharning boshqa tumanlari juda iflos, ko’chalarda hamma yerda axlat yoyilgan. Arxitektura obidalari va zamonaviy uylarning devorlari hamma yeri graffitida chizilgan. Lekin, bu hali eng yomoni emas. Afinada tez-tez metro ishlamaydi (greklar ish tashlash uyushtirishni yaxshi ko’radilar), jinoyat darajasi esa yildan yilga oshmoqda. Kamerani, ko’cha o’g’rilari uni sizdan olib qochib keta olmasliklari uchun, maxkamroq ushlashni tavsiya qilamiz (yaxshisi, ikki qo’lda). Pulning yirik summalarini yaxshisi, umuman o’zingiz bilan olib yurmagan yaxshi, undan ko’ra karta bilan foydalaning. Xech qanday hollarda, kechki oqshomda qandaydir qorong’u ko’chaga kirishga tavakkal qilmang! Afina millionlab odamlar tashrif etishni istaydigan shahar. Lekin sizning yuqori darajadagi kutganlaringiz, u bilan birinchi marta uchrashganingizdan oqlanmasa kerak. Afinadan ketayotib, siz faqat bir narsani istaysiz: greklar vanihoyat, ko’chalarini tolab olishlarini va binolarini, jirkanch graffitilardan halos etib, qaytadan bo’yashlarini. Qadimiy greklarning yutuqlari albatta, lol qoldiradi, lekin, ularning avlodlari tarixiy shaharni daxshatli darajaga keltirib qo’yganlar. Maslahat: Lissabonga boring. Bu shahar albatta, ideal emas lekin, Afinadan ko’ra ancha yaxshi. Hamda, tarixiy diqqatga sazovor joylarham u yerda kam emas.

Bokas-del-Toro (Panama)

Bokas-del-Toro (Panama)
Kosta-Rikada unchalik uzoqda bo’lmagan, Panamaning arxipelagi Bokas-del-Toro mamlakatdagi eng ko’p tashrif etiladigan joylardan hisoblanadi. Buning uchun unung aholisi u yerni “yerdagi jannat” deb tanishtirubchi turistik nashrlar mualliflariga minnatdor bo’lishlari kerak. Bokas-del-Toro orollari albatta, go’zal, lekin, faqat sur’atlarda. Ular, agar ularga uzoqdan qarasava detallarga razm solmasa, go’zal bo’lgan, rassom Klod Monening ishlarini qayerlari bilandir eslatadi. Plyajlar bu yerda tor va kichkina. Ular odatda suv o’tlari va chirigan daraxt shoxlari bilan to’la. Hamda, bu yerda suv ostida suzishdan boshqa shug’illanadigan xech narsa yo’q. Arxipelagning asosiy oroli, Kolonda, ko’pincha mahalliy aholi sayyohlarni o’maradigan, faqatgina bitta yo’l bor. “Yerdagi jannat” – yorqin va afsuski, o’zini oqlamagan nom. Ha, bu yerda zavqli bo’lishi mumkin, lekin Bokas-del-Toro arxipelagining yakuniy bahosi yanada ob’ektivroq bo’lishi krak. Kolon oroli sizga taklif eta oladiganlarining ichida (adashib ketmang: u Bokas-del-Toro arxipelagiga tegishli va unda Bokas-del-Toro shahri joylashgan) unikal xech narsa yo’q, agar albatta, juda katta miqdordagi kokoinni hisobga olmasa. Bu narkotikni mahalliy aholi, vaqtini chog’ otkazishi qattiq istayotgan, barcha sayyohlarrga taklif qiladilar. Aytganday, bu yerda Pnamaning boshqa kurortlaridagiga qaraganda yashash bahosi, hamda ovqatlanish va kungilxushliklarning narxlari ancha baland. Orolning sayyohlar orasida ommaviyligi ta’sir qiladi. Ya’ni, Bokas-del-Toro – aslo yerdagi jannat emas, balki katta bo’lmagan kurort bo’lib, sayyohlarga faqat yaxshi ob-havoni, baland narxlar va har qadamda narkotiklar taklif qila oladi. Maslahat: Bokas-del-Toro orallaridan yomon bo’lmagan dam olishni siz Kosta-Rika, Gonduras, Beliz, hamda Roatan orollari, Kaye-Kaulkerning sohillari bo’ylab yoyilganvko’plab plyaj shaharchalaridan topishingiz mumkin. Hamda, ancha muncha pulni tejab qolasiz!

Kyurasao

Kyurasao
Agar, siz tanishlaringizdan biri Karib dengizida dam olganini eshitsangiz, u holda darhol ko’z oldingizga haqiqiy tropic jannatning – tilla rang plyajlar, moviy rang toza suv, go'zal’korall riflar, palmalar va hakozolar keltirasiz. Kyurasao – oril bo’lib, u bilan, bu yerda xech qachon bo’lmagan bo’lsangiz ham, maftun bo’lish urf bo’lgan. Oxir oqibat, axir uni ikki yil ketma-ket Kiblardagi eng yaxshi joy deb bejiz atamaydilar. Albatta, agar, siz to’xtagan, mehmonxona hududidan chiqmasangiz, bu yer sizga yoqishi mumkin. Ammo, Kyurasaoda bo’lib qolib, orolni eniga va bo’yiga izchil o’rganib chiqsangiz, unda o’ziga xos xech nima yo’q ekanligini tushunasiz. Bu yerda plyajlar qoyali bo’lib, ularning eng yaxshilari xususiy kurortlar hududida joylashgan. Ya’ni, u yerga kirish uchun siz to’lov to’lashingizga to’g’ri keladi. Taksida kurort bo’ylab yurish bahosi o’rtacha 50 dollarni tashkil qiladi. Avtobuslar esa, bu yerda juda kam yuradi. Vellemstaddagi bozorda (Kyurasaoning administrative markazi) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib olish mumkin. Lekin, siz dam olishga ular uchun kelmaysizku! Afsuski, bu shahardagi plyajlar ko’proq sur’atga olish uchun ko’zda tutilgan, cho’milish uchun emas. Kyurasaoda narxlar haddat tashqari baland, tunggi hayot deyarli yo’q. Bu orol, faqat chiroyli sur’atlar va puxta marketing kompaniyasi sharofati bilan, Karib basseynidagi eng mashxurlardan biri hisoblanadi. Kyurasao tashqi yoqimli, lekin ichidan zerikarli. Maslahat: Agar, siz Kariblarda dam olmoqchi bo’lsangiz, dadil chemodanlarni yig’ing va Sent-Djonga yo’l oling. Ishoning, bu orolda hattoki, eng talabchan sayyohlarga ham taklif qiladigan narsalari bor.

London (Angliya)

London (Angliya)
Nima uchun odamlar bu qadar Londonga borishga harakat qiladilar? Bu shahar dunyodagi eng qimmat hisoblanadi. Londonda 15 funtdan arzorga tushlik qilish imkoni topilmaydi. Bir porsiya baliq va kartoshka fri uchun, har qanday ovqatlanish joyida, kamida 18 funt to’lashga to’g’ri keladi. Britaniya poytaxtida ob-havo deyarli doim yomon: bu yerda salqin, bulutli va yog’ingarchilikli. Yodda tuting dam olish kunlari metro faqat kechasi soat birgacha ishlaydi. Bu juda ham noqulay. Gap shundaki, o’rtacha masofaga taksi, sizga 30-40 funtga tushadi. London – ommaviy kiyimlarga, qimmat restoranlarga va klublarga borishga, feshenebel mehmonxonalarda yashashga yetarli puli bor odamlar uchun ajoyib joy. Agarda, sizning farovonligingiz darajasi o’rtachaga teng bo’lsa, Londonga ucgishga shoshilmang. Siz ko’z ochib yumishga ulgurmasingizdan hamma pullaringizni ishlatib bo’lasiz. Maslahat: Siz London – qiziq muzeylar, teatrlar va tarixiy diqqatga sazovor joylar ko’p bo’lgan chiroyli shahar deb aytishingiz mumkin. Lekin, sizga madaniyat qiziqarli bo’lsa, Sankt-Peterburgga tashrif eting. Rossiyaning shimoliy poytaxti sizni London kabi tasirlantiradi, narxlar esa, bu yerda bir necha barobar pastroq. Afsuski, reklama qilingan turistik yo’nalishlar ulardan kutilgan narsalarni har doim ham oqlamaydilay. Shuning uchun, agar siz qandaydir ommaviy turistik joyga dam olishga bormoqchi bo’lsangiz, u yer haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot yig’ishga harakar qiling. Turistik agentliklar xodimlariga ishonmang, chiroyli sur’atlarni ko’rmang. Yaxshisi u yerga borib kelgan odamlar bilan suhbatlashib ko’ring.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook