Qo’lqoplar haqida siz bilmagan ma’lumotlar
Qo’lqoplar haqida siz bilmagan ma’lumotlar
Qo’lqoplar qishning sovuq kunlarida qo’llarimizni himoya qilish bilan bir qatorda ularni bezash vazifasini ham bajaradi. Tarixda esa ushbu buyum hashamat va bashanglik ramzi sanalgan. Uning tarixi va u haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Volter Skott romanlarida xonimlar sevimli ritsarlarini topishni niyat qilib, qo’lqoplarni atayin tushurib qo’yishlari yohud ritsarlar musobaqasida o’z suyuklisiga taqdim etgani bayon qilingan. Xonimlar shu yo’l bilan o’z muhabbatini g’oyibona tarzda anglatishga harakat qilishgan. Qo’lqop olishga muvaffaq bo’lgan yigit xoniming ushbu tuhfasini ko’z qorachig’idek asrab, uni qo'lga olganda yor vasli ko’z oldida namoyon bo’lgan. Shunday ekan, qo’lqoplarni ma’lum ma’noda muhabbat tumori deya atash mumkin. 

Ritsarllar kimnidir duelga chaqirishni niyat qilsalar, uning oyoqlari ostiga qo’lqop tashlaganlar. Hakamlar adolat timsoli sifatida qorday oq qo’lqop kiyganlar. 

Qadimgi rus o’lkalarida qo’lqoplar nafaqat qo’llarni isitish, balki pech ichidagi xumchani tashqariga chiqarish uchun qo’llanilgan bo’lib, aynan shu sabab u dag’al teridan tikilgan va ichi mo’yna bilan to’ldirilgan. XVII asrda qo’lqoplar teri,ipak, to’r, atlas matolaridan tayyorlana boshladi. Aslzoda ayollar garderobida esa albatta, bir nechta qo’lqoplar mavjud bo’lishi shart hisoblangan.

XIX asrda ilk qo'lqop ishlab chiqarishga mo’ljallangan dastgoh ixtiro qilindi. Aynan shu vaqtga kelib barmoqlarsiz uzun qo’lqoplar o’ylab topilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook