просмотров
Ko'pchilik tomonidan "quyonlar oroli" ((Usaga Jima) deb ataluvchi Okunosima oroli yuzlab (agar minglab bo'lmasa) qiziquvchan va mehmondo'st quyonlarning uyi hisoblanadi. Hech kim bu quyonlarning qachon va qay tarzda bu orolda paydo bo'lib qolganini bilmaydi, lekin shu aniqki, ular odamlarni sevadi!
Bu orolga tashrif buyuruvchi turistlar bu quyonlarni qo'llarida ushlash, silash, ular bilan o'ynash va ovqatlantirish imkoniyatiga ega, quyonlarning o'zi ularning qo'liga katta ishtiyoq va zavq bilan sakrab chiqib oladi. "Bu yerda quyonlarni qidirshni ham keragi yo'q, -deydi Yaponiyaga kelgan turistlardan biri. - Paromdan chiqishingiz bilan ular ovqat berishingiz umidida sizga yaqinlashib keladi".
Hozirgi vaqtda Okunosima oroli Yaponiyadagi eng asosiy turistik joy hisoblansa-da, uning tarixi unchalik ham yoqimli emas. Ikkinchi Jahon urushi yillarida bu kichik oroldan kimyoviy qurollar ishlab chiqarish va sinashda ishlatilingan. 1929-yildan 1945-yilgacha bu joy umuman sir tutilgan: yaponlar u yerga yaqinlashishga ham botina olishmagan, bu joy hatto xaritaga ham tushirilmagan.
Quyonlar mazkur orolning mavqeyini sezilarli darajada ko'targan bo'lsalar ham bu yerda daxshatli tarixni eslatuvchi bir qancha tashlandiq kimyoviy zavodlar, harbiy bunkerlar va zaharli gaz Muzeyi (Poison Gas Museum) mavjud.
Agar Siz Yaponiyaga sayohat qilmoqchi bo'lsangiz, albatta bu ajoyib Quyonlar oroliga ham tashrif buyuring. Agar yaqin kelajakda buning iloji yo'q bo'lsa, hafa bo'lmang. Chunki Okunosima orolida yashovchi ajoyib quyonlarni biz taqdim etgan rasmlarda ham ko'rishingiz mumkin!
Сообщения из Facebook