Quyosh Instituti (O‘zbekiston)
Quyosh Instituti (O‘zbekiston)
Quyosh Instituti haqidagi qiziqarli malumot !..Materiallar NNT " Fizika-Quyosh" O‘zR fanlar akademik instituti. Bunday qurilma dunyoda atigi ikkita, buri Frantsiyada ikkinchisi O‘zbekistonda. Institut uchun bu joy bejiz tanlanmagan. Toshkentdan 40 km uzoqlikda joylashgan tepalikdagi ekologik toza maydoniga musaffo osmon va havo sharoit kabi meteorologik muhiti katta rol o‘ynadi

Salom !

2016 yilning Aprel oyning boshlarida Toshkent poytaxtida bo‘lmish biz do‘stlarimiz bilan o‘zimizning yangi qirralarimizni ochish uchun Toshkent viloyatiga yo‘l oldik. Rejamizga ko‘ra biz ko‘p joylarga borishimiz kerak, lekin men sizlarga faqat bir joyni so‘zlab beraman yani Quyosh Instituti haqida.

Bu joyning rasmiy nomi - Materiallar NNT " Fizika-Quyosh" O‘zR fanlar akademik instituti. Bunday qurilma dunyoda atigi ikkita, buri Frantsiyada ikkinchisi O‘zbekistonda. Institut uchun bu joy bejiz tanlanmagan. Toshkentdan 40 km uzoqlikda joylashgan tepalikdagi ekologik toza maydoniga musaffo osmon va havo sharoit kabi meteorologik muhiti katta rol o‘ynadi.

Bu yerda 280ta kun quyoshli bo‘ladi. Institut geliostat maydoni, katta ko‘zgu konsentrati va quyosh pechli texnologik minoradan iborat.

Atgancha mana bu rasimdagi geliostat maydoni:

Geliostat maydoni 62 geliostatlardan 95 fasent ko‘zgu elementlaridan tashkil qilib har biri 7,5×6,5 m bo‘lgan tekis aks beruvchi yuzaga ega. Konsentrat nomli ko‘zgularga intilgan quyosh nurlarini 12090 ko‘zgular to‘playdi

Maxsus oynachalardan yo‘nalish olgan 1 megavatli quvvat oqimli texnologik minora va geliostat qarshisida joylashgan quyosh quvvat konsentrati o‘ziga nurlarni qabul qiladi.

Texnologik minora ichida joylashgan, briketlarga siqilgan chidamli metallar granulalari 3000° C haroratida erishga olib keladi. Eshiklar ortida joylashgan diametri 1 metrli oyna quyosh nurlarini qabul qilib oladi.

"Quyosh" obyektning akslantirish asosida - bu og‘irligi 2000 tonna bo‘lgan katta tuzilma.

Bizga konsetratorning eng cho‘qqisiga ko‘tarilish imkoni berildi, u esa 12 qavatda joylashgan. Lift buzilgan edi, va biz nafasimizni rostlab yuqoriga yo‘l oldik. Yo‘lda biz katta temir inshootlarida qushlar sayrab o‘tirganini ko‘rdik.

 Biz mana shu zinalardan ko‘tarildik (ularning g‘ichirlashi asabi buzuqlarga yomon ta‘sir qilishi mumkin). 

Lekin yuqorida bizlarni katta his-tuyg'ular kutib turardi va yaqin qishloqning ajoyib ko'rinishi.

Agar siz ham Toshkenda bo‘lmish shu "Quyosh- Institutni" tomosha qilishga kelishni hohlasangiz oldindan aytib qo‘yay u yerga faqat biror bir korxonadan ruhsatnoma bilan tashrif buyurganlarni kirg‘izishadi.

Lekinbiz 4 kishi bo‘lib hech qanday qog‘ozlar bilan 1,5 dollor to‘lab kirdik, lekin o‘zingiz bilan yana xujjatlaringiz bo‘lishi kerak. Aytgancha biz bilan birga u yerda ishlaydigan bir yaxshi xodim kuzatib yurdi va bizlarga Quyosh Institutining maqsad va tarixini so‘zlab berdi.

Barchangizga raxmat.!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook