Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan.

Xurram xonimning beshta ismi

Muqaddas Rim imperiyasining Istambuldagi elchisi o’zining “Turk yozishmalari” nomli kitobida Sulaymon shohning qudratli rafiqasi haqida yozar ekan, uni kitobxonga Roksolana deb tanishtirgan, shu bo’yi Xurram xonim Yevropada Roksalana nomi bilan mashhur bo’lan. Aslida turklar bu nomni slavyan-kanizaklarga berishar edi. Hattoki o’sha davrdagi Usmoniylar imperiyasining haritasida Sharqiy Yevropa – Roksolaniya deb atalar edi.
Haramda esa sultonning rafiqasini –Xurram (kuluvchi) deb atashar edi. Sulton xonim islomni qabul qilganidan keyin Sulaymon shoh unga Xurram, deb ism qo’ydi. Sultonning kanizakka ism qo’yishi katta sharaf hisoblanar edi.

Xurram xonimning kelib chiqishi ham serialda biroz o’zgartirilib ko’rsatilgan. Aslida u Polsha yoki Ukrainada tug’ilgan. Cho’qintirilayotganda unga Anastasiya yoki Aleksandra, deb ism qo’yilgan. Uning otasi ruhoniy bo’lganligini o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Familiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, uni XIX asr romanchilari huddi biografiyasining ba’zi qismlari kabi o’ylab topganlar – Anastasiya (yoki Aleksandra) Gavrilovna Lisovskaya sohta familiyadir.

Asli slavyan millatiga tegishli bo’lgan Xurram tug’ilib o’sgan joyidan qrim tatarlari tomonidan o’g’irlab ketilib, qullar bozorida Usmoniylar imperiyasining olib-sotarlariga sotib yuborilgan. Ular orqali esa Sulaymonning haramiga kelib qolgan. U paytda Sulaymon hali taxtga o’tirmagan, Manisa viloyatining hukmdori edi.
Xurram ham o’sha vaqtda o’smir qiz edi, uning sulton bilan yaqinlashishi haramga kelib tushganidan ancha yillar keyin sodir bo’lgan. Qisqa qilib aytganda, voqealar serialda ko’rsatilgan shiddatda bo’lib o’tmagan.

Xurram “qonxo’r sulton xonim” bo’lgani rostmi?

“Muhtasham yuz yil” serialining qahramoni Xurram xonimning davlat ishlariga aralashishdan maqsad – o’zining va farzandlarining hayotini saqlab qolish bo’lgan. Buning uchun u makkorligini ishga solib, sultonga bir vazirni yaqinlashtirib, ikkinchisini uzoqlashtirgan, o’zi bilan til topisha olmagan amaldorlarni o’ldirtirib yuborgan, ba’zan murakkab, ba’zan esa oddiy fitnalar to’qigan.

Tarixda saqlanib qolgan Xurramning xatlaridan esa uning aqlli, davlat miqyosidagi puxta bilimga ega ekanligi va dunyoqarashining kengligini ko’rish mumkin. Agar Sulaymon shoh uning maslahatlariga quloq solgan bo’lsa, bu sulton xonimning makkorligini emas, oqila ayol bo’lganligini bildiradi.

Ha, sulton xonim haqiqatdan ham davlatning boshqaruv ishlariga aralashar edi, devondagi vazirlar kengashiga ta’sir o’tkazar edi, tashqi siyosat bilan qiziqar va hattoki chet ellik elchilarni “ochiq yuz” bilan qabul qilar edi – bu ma’lumotlarni o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Xurram xayriya ishlari bilan shug’ullanar, karvonsaroy va masjidlar qurilishiga pul ajratar edi. “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton xonimning yovuz siyosiy o’yinlari film syujetini boyitish hamda tomoshabinni jalb qilish uchun bo’rttirib ko’rsatilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook