просмотров
Har faslning fazilati.
Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati.
Ha, shoir aytganidek, har bir fasl inson ruhiyatiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Tevarak-atrofnik o’z qamashtiruvchi yashil rangga burkagan zumrad bahor faslida o’zingizni ma’yus va tushkun kayfiyatda sezganmisiz? Agar ayni paytda ruhiy zo’riqish, xafsalasizlikdan qiynalayotgan bo’lsangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga yordam berishi, shubhasiz.
Sog’ tanda – sog’lom aql
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, sport bilan shug’ullanuvchilar ruhiy tushkunlikka besh marta kamroq uchrar ekan.
Jismoniy mashqlar inson vuchudida baxt garmoni - endorfin ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Sog’lom odam uchun hafta mobaynida 4-5 marta sport mashg’uloti bilan shug’ullanish kifoya.
Qomatni tik tutish
Bukchayganyelka, so’lg’in nigoh "Men qayg’udaman" degan ma’noni bildiradi. Lekin bu holatning atrofingizdagi odamlardan ko’ra, o’zingizga ziyoni ko’proq. O’tkazilgan tajribalardan ma’lum bo’lishicha,har qanday inson o’zini qayg’uli holatga solsa, kayfiyat birdaniga yo’qoladi yoki aksincha, optimistik holat qayg’uni haydar ekan.
Tabassumniesa fiziologlar "yaxshi kayfiyat tugmasi", deyishadi. Hattoki, ko’zda yosh bilan majburan jilmaysangiz ham qalbingiz g’ubordan tozalanib borishini hisqilasiz. Buni o’zingizda sinab ko’ring.
Muzlatkichni ochamiz…
Oziq-ovqat mahsulotlari ham ma’lum darajada sizga baxtli lahzalarni hadya etishi mumkin.
Quvonch, xursandchilik garmoni-serotonin shokolad, olma va olxo’rida ko’proq uchraydi.Tarkibida triptofon aminokislotasi mavjud sut, tuxum hamda dukkakli o’simliklarni ko’proq iste’mol qilsangiz, kayfiyatingiz ancha ko’tariladi.
Shuningdek,uglevodga boy bo’lgan non, kartoshka va makaron esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Ona quyosh nurlari
Ma’yuslikbizlarni kuz va qish faslida ta’qib etishining sababi quyosh nurlarining kamligidandir. Mutaxassislar fikricha, insondagi tushkunlik psixologik emas, balki aniq fiziologik jarayonga bog’liq. Ultrabinafsha nurlarining yetishmasligi inson kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kayfiyatingiz yomonlashdimi, ochiq havoda, quyoshning iliq nurlari ostida biroz sayr qiling, qalbingizga yorug’lik kirganini o’zingiz yaqqol sezasiz.
Atrofimizdagi odamlar bilan muloqotda biz xohlaymizmi yoki yo’qmi, ularning ruhiy to’lqiniga moslashib boraveramiz. Kulgu "yuqumli" ekanini hammamiz bilamiz. Biroq yomon kayfiyat undan ham tezroq yuqishini anglab yetmaymiz.
Avstraliyalik olimlar yomon kayfiyatda ishga kelgan xodim jamoadagi barcha kasbdoshlarini qayg’uga solib qo’yishiga 20 daqiqa vaqt kifoya ekanligini aniqladilar. Mana shuning uchun ham doim hayotidan rozi, umrini shukronalik bilan o’tkazayotgan, kelajakka esa ishonch bilan boqayotgan baxtiyor insonlar davrasida ko’proq bo’lishga harakat qiling...
Сообщения из Facebook