просмотров
To’g’ri, Xurramni ko’pchilik yoqtirmas edi. U odamlarda qo’rquv, hasad, nafrat hissini uyg’otar edi, chunki u Turkiya tarixida birinchilardan bo’lib, muhabbat rishtalarini hukumatni to’laqonli boshqaruv vositasiga aylantira oldi.
Xurram Turkiyada saroy xonimlari ichidan birinchi bo’lib davlat ishlari bilan shug’ullandi va boshqa xonimlar uchun namuna bo’la oldi. Undan keyin boshqa sulton xonimlar ham tortinmasdan ochiqchasiga davlat ishlari bilan shug’ullanadigan bo’ldilar.
Xurram qaysi muqaddas an’analarni buzdi?
Ba’zi tarixchilar Xurramning paydo bo’lishi bilan Usmoniylar saltanatining yemirilishi boshlanganini yozganlar. Aslida saltanat bir necha asrlardan keyin barbod bo’lgan bo’lsada, konservatorlar bunda Xurramning aybi borligiga ishontirmoqchi bo’ladilar.
Xo’sh, sulton xonimning aybi nimada edi? Birinchidan, Xurramning kanizaklikdan sulton xonim darajasiga ko’tarilishi ko’p yillik an’anaga zid edi. Sultonlar kanizaklariga uylanmas edilar, biroq bu narsa qonun tomonidan rasman man qilinmagan edi. Sulaymon shoh kanizagini kanizaklikdan ozod qilib, so’ngra unga uylandi, bu esa ko’pgina noroziliklarga sabab bo’ldi.
Ikkinchidan, Xurram sultonga besh o’gilni tug’ib berdi – serialda esa Xurramning faqat uchta o’gli namoyon bo'ldi – Salim, Boyazid va Jahongir. Go’daklik paytlarida vafot etgan Mahmud va Abdulla ismli o’g’illari esa tarixda hech qanday iz qoldirmaganliklari uchun serialda ko’rsatilmaydi.
Amal qilib kelinayotgan an’analarga ko’ra esa, kanizak sultonga faqatgina bitta o’g’il farzand tug’ib berishga haqli edi. Shundan keyin esa u sulton xonim maqomini olib, sultondan uzoqlashishi va hayotini faqatgina o’g’liga bag’ishlashi kerak edi. Usmoniylar sulolasini davom ettirishdek sharafli vazifa esa haramning boshqa kanizaklariga yuklatilar edi.
Сообщения из Facebook