Sevgi sirlari
Sevgi sirlari
Psixolog va olimlarning sevgi haqida izohlari.

Muhabbat dunyodagi eng shirin va sirli tuyg’u. Biroq u qaerdan keladi? Ba’zilar uni Yaratuvchi tomonidan berilgan in’om deb bilsa, boshqalar shunchaki nafs o’yini deydi, olimlar esa bu organizmning kimyoviy reaktsiyasi degan xulosani ilgari suradilar. Sevgi har kimga har xil ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham uning ta’rifi turlichadir.

Muhabbat haqida 20 ta fakt

Muhabbat haqida 20 ta fakt

1. Monogamik sevgi bor narsa

Ba’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo’lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko’rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo’ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o’tkazadilar.       

2. Sevgi tug'ilishi

Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to’rt daqiqasida tug’iladi.                

3. Sevishganlar yuragi

Sevishganlar bir-birlarining ko’zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo’q.                                                                                                                                 

4. Kokain

Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.                                                                                                                                         

5. Og'riq

Sevgan insonni quchoqlash og’riqning kamayishiga turtki bo’ladi. Sababi, bu paytda miyada “og’riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.                                                                                          

6. O'xshash ko'rinish

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’rinishlaridan bir-birlarlariga o’xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.

7. Bir xil dunyoqarash

Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi.

8. ”Yuragimga ozor berding”

”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag’a emas. Qayg’u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og’riq paydo bo’ladi.                                                                              

9. Oshiqlik

Oshiqlik bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Bundan keyin bog’liqlik kelib chiqadi yoki ko’ngil sovishi.                                                                                                           

10. Ruhiy kasallik

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo’ladi.                                                            

11. Ijod

Oshiqning sevgilisi haqida o’ylashi uni ijod qilishga undaydi.                                         

12. Adrenalin

Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko’proq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.                                                                                                                                       

13. Chehra

Yengil, o’tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.                                          

14. Ko'z

Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko’z qorachig’lari kengayadi.

15. Kayfiyat

Sevgidan mast bo’lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo’lib qoladi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook