Shaxsiy rivojlanishga xalal beruvchi 7 omil
Shaxsiy rivojlanishga xalal beruvchi 7 omil
Qimmatbaho vaqtingiz, quvvatingiz, kuchingizni sizdan tortib olayotgan narsalar ertangi kuningizning bugungidan yaxshiroq bo‘lishi uchun xizmat qiladimi? Shaxsiy rivojlanishingiz yo‘lida turgan asosiy to‘siqlar nimalardan iborat?

”Bu zerikarli” jumlasi

Ushbu jumla fe’lingizdagi qiziquvchanlikni halok qiladi, oqibatda o‘rganish va izlanish jarayonidan to‘xtab qolasiz. Bugun siz uchun kerak bo‘lmagan narsa ertaga koringizga yarab qolishi, bugun zerikarli deya hisoblagan narsangiz ertaga siz uchun foyda keltirishi mumkin.

Bir hil ma’lumotlar

Aynan ma’lumbir manba, forum, muallif ishlarini o‘qish, bitta ko‘rsatuvni hadeb ko‘raverish, faqat ma’lum insonlar bilan muloqot qilish ham rivojlanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Qiziqishlaringiz ko‘lamini kengaytiring, bir yerda qolib ketmang, yangiliklar tomon qadam tashlang.

Yengil yo‘lni topish umidi

Oramizda ko‘pchilik insonlar biror muvaffaqiyatga erishish uchun imkon qadar yengilroq yo‘l haqida o‘ylaydilar. Murakkab vaziyatlar insonning aqliy qobiliyatlarini oshirib, miya imkoniyatlarini kengaytirishi haqida bilasizmi?

Intilishning yo‘qligi

Agar hamma arsaga erishib bo‘ldim degan fikr bilan ish qilsangiz, sizdagi rivojlanish jarayoni ham butunlay to‘xtab qoladi. Shuning uchun bu kabi xayollardan uzoqroq bo‘ling, hamisha oldinga tomon harakat qiling.

Ijoddan voz kechish

Kreativlik sizga to‘g‘ri kelmaydigan tushunchadir balki? Aslida sizning fikringiz hayotingizni qolip ichida saqlab turgan chegara sanaladi. O‘zingizni cheklashdan voz keching, betakror potensialingizni barchaga ko‘rsatib bering.

Qarshilik yo‘q!

Agar atrofingizni doim sizning fikringizni ma’qullab turadigan insonlar bilan qurshab olsangiz, buning hamisha ham foydali bo‘lmasligi haqida bilib oling.”Haqiqat bahsda tug‘iladi” degan iborani eshitgansiz-a?

Qahramoningiz bormi?

Ko‘p holatlarda inson o‘zining rivojlanish va mukammallik timsoli qanday bo‘lishini aniq bilmaydi. Buni ma’lum bir inson timsolida amalga oshirish juda omon. Kimdir ko‘p o‘qiydi, kimdir yangi g‘oyalar bilan yashaydi, yana kimdir esa aqliy salohiyati bilan kishini lol qilib qo‘yadi. Bu kabi xislatlarni ko‘rgan paytingizda siz ham shunday bo‘lish uchun harakatni boshlab yuborasiz. ”Qahramonlar qonuni” ana shunday ishlaydi!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook