Step-aerobika haqida ma’lumotlar
Step-aerobika haqida ma’lumotlar
Aerobikaning bu turi bilan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham shug’ullanadi. Bu sport turida asosan gavdaning pastki qism muskullari harakat qiladi. Bu esa, gavdaning shu sohasida muammosi bo’lganlar uchun foydali. Bundan tashqari, ayollarda ko’pincha step-aerobika tug’uruq vaqtida olgan, bola gavdasining pastki qismidagi har xil shikastlanishlarning yaxshilanishiga yordam beradi.

Step-aerobikaning mohiyati bir maromdagi qadamlarni o’z ichiga oladi. Trenajer vaqtida platformadan foydalaniladi, uning yuqoriligi mashq bajarayotgan kishining darajasiga qarab boshqariladi.  Step-aerobikani oddiy bir maromdagi qadamlar, huddi shu ritmdagi musiqa orqali ham tajriba qilsa bo’ladi.

Step-aerobikani amerikalik Jina Miller ishlab chiqqan. Tizzasidagi jarohatdan keyin uy qanotidagi zinalardan foydalanib, mashg’ulotlar bajargan. Ajoyib natijaga erishgach, Jina o’zining butun aerobika tartibini ishlab chiqqan.

Yuqorida aytilganidek fitnessning bu turi gavdaning pastki qismini harakatlantiradi. Shuning uchun sport klublarida step-aerobikani sportning boshqa turlari bilan vaqti-vaqtida ikki haftada bir marta aralashtiriladi.

Mashg’ulotlarni bajarishda bosh baland ko’tarilgan, yelka tushirilgan, qorin tortilgan bel tikka holatda bo’lishiga ahamiyat beriladi. Bu usullarni bajarish alohida e’tiborni talab qilmaydi, asosan, bir necha asosiy qoidalarga amal qilsangiz bas.

Step-aerobika organizmga yaxshi natija ko’rsatadi. U yurak-qon tomirlariga, nafas yo’lllariga, asab va muskul sistemasini mustaxkamlaydi. Qon bosimini ham me’yorlashishiga yordam beradi. Aerobika muskullarni mashq qildiradi, tanamizni kelishgan va holatimizni yaxshilashda yordam beradi.

Step-aerobika bilan uyda ham shug’ullansa bo’ladi. Buning uchun uncha baland bo’lmagan taxtali o’rindiq va mashq to’plami bo’lsa kifoya. Biroq fitness zalida shug’ullanishning samarasi ko’proq. Guruhlarda shug’ullanish kishiga g’ayrat beradi, agar mashg’ulotlar raqs ritmida bo’lsa juda ham yaxshi natija ko’rsatadi.

-         Oyoqlar platformada albatta bir hil qadam holatida turishi kerak, oyoq kafti osilib turmasligi shart.

-         Platformaga ko’tarilishda og’irlik belga emas, oyoq muskullari orqali kechishi kerak.

-         Gavda har doim to’g’ri turishi shart.

-         Xech qachon keskin harakat qilish mumkin emas.

-         Bir daqiqadan ortiq bitta oyoqqa og’irlikni solmang, navbat bilan almashtirib turing.

Siz faqat step-aerobika yordamida mashg’ulot bajarasizmi, yoki bo’lmasa fitnesning boshqa turlari yordamidami, natijasi sizni uzoq kutishga majbur qilmasligiga ishonamiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook