Stiv Jobs: hayoti va faoliyati
Stiv Jobs: hayoti va faoliyati
Stiv Djobs – “Apple Computers” ning asoschisi. Uning rahbarligi ostida kompaniya dunyoga bir qator yangi texnologiyalarni, shu jumladan iPhone va iPad ni taqdim etdi.
Ismi: Stiv Djops (Steve Jobs) Tug’ilgan sanasi: 24 fevral 1955 yil Tug’ilgan joyi: San-Fransisko shahri, AQSH Vafot etgan sana: 2011. 10.05 (56 yosh) Burji:Baliq Muchali: Echki Faoliyati: Muhandis, tadbirkor

Bolalik yillari

Stiv Djobs 1955 yilda San-Fransisko shahrida (AQSH,Kaliforniya shtati) Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qo’yilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Djobslar boqib oladilar va Stiv Pol Djobs deb ism qo’yadilar. Klara hisobchi, turmush o’rtog’i Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yig’ishni o’rgatar edi. Bu qiziqish bolada o’ziga va kuchiga ishonch hissini uyg’otdi hamda elektronika bilan do’stlashishiga turtki bo’ldi. Stiv o’tkir aql zakovat egasi bo’lishiga qaramasdan maktabda ta’lim olishga qiynalgan. Kichik sinflarda u to’polonchi shumtaka bola bo’lgan, o’qishni istamagan. Tajribali muallimning qo’llagan usuli orqali Stiv rosmana o’qishga kirishdi. Ya’ni o’qituvchi Stivning har bir bajargan vazifasi uchun baho qo’yishdan tashqari pul bilan rag’batlantirib ham turgan. Bir necha yillardan keyin Stiv Yuqori maktabga o’qishga kirib, u yerda o’zining bo’lajak hamkasbi Stiv Voznyak bilan tanishdi.

“Apple Computers”

Maktabni tugatgandan keyin Djobs Pid-kolledjga qabul qilindi. Biroq o’ziga tegishli birorta sohani topolmay yarim yildan keyin o’qishni tashlab ketdi. 1974 yilda Stiv “Atari” kompaniyasiga o’yinlarning grafik dizayneri sifatida joylashdi. Bir necha oydan so’ng bu ishini ham tashlab, Hindistonga ko’ngil ma’rifatini va ruhiy xotirjamlikni izlab jo’nab ketadi. 1976 yilda 21 yoshlik Djobs Stiv Voznyak bilan birgalikda “Apple Computers” kompaniyasiga asos soladi. Ikkovlashib ular kompyuter industriyasida inqilob yasadilar. Iste’molchilar uchun mashinalarni kichikroq, arzonroq, tushunarliroq va hammabop qildilar. 1980 yilda “Apple Compyuters” ochiq aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi va savdoning birinchi kunidanoq uning narxi 1,2 mld dollarga yetdi. Stiv kompaniyani boshqarish taklifi bilan “Coca-Cola” ning marketing bo’yicha experti Djon Skalliga murojaat etdi.

Oshqozon osti bezi saratoni

2003 yilda Djobsda neyroendokrin o’simta – oshqozon osti bezining saraton kasalligi aniqlandi. Jarrohlik yo’li bilan davolashning o’rniga Stiv kasallikni yengishning boshqa yo’llarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini qo’lladi. Biroq 2004 yilga kelib o’simta jarrohlik yo’li bilan olib tashlandi.

Shaxsiy hayoti

Stiv Djobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida ma’lumotlar ko’p emas. Shunisi ma’lumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann Brennan qiz farzandli bo’ladi. Biroq qizaloq 7 yoshga to’lgandagina Stiv uni tan oladi. 1991 yilda Djobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot davomida uchta farzandli bo’ladilar.

Hayotining oxirgi yillari

2011 yilning 5 oktyabrida “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton kasalligi oqibatida hayotdan ko’z yumdi. Stiv Djobs 56 yoshida o’z uyida yaqinlari atrofida vafot etdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook