просмотров
Okean tubi o’z sirlarini faqatgina dovyurak va qiziquvchanlarga ochadi, chuqurlikda suv va vaqt kuchi bilan yashirilib, yo’qotilgan dunyolar asrorlarini ko’rsatadi. Balki ular o’ylaganimizdan ham ko’proqdir va odamzot bunday suv osti sirlarini qachondir butunlay ocha olishga qurbi yetish yetmasligi ham aniq emas. Biroq hozircha oshkor bo’lgan sirlar eng jo’shqin qiziqish uyg’otmoqda, ayniqsa, sayyohlarga ochiq bo’lgani.
Atlantiko muzeyi, Lansarote.
Yevropaning birinchi yer osti muzeyi Lansarote orolining qirg’oqlari yaqinida ochilgan. BritaniyalikJeyson Teylor ijodiga mansub 300 ta figura suv ostida 12 metr chuqurlikda joylashgan. Ijodkor okeanga zarar yetqazmaslik va ijodi bir necha o’n yillar saqlanib qolishi uchun, o’z skulpturalarini ph-neytral sementdan yasagan.
Ijod mahsulini esa quyidagi usullar bilan ko’rishingiz mumkin: akvalang bilan suv tubiga sho'ng'ish yoki tagi ko’rinuvchan suv osti kemasida okean tubiga tushish orqali. Ushbu muzeyni yaratish uchun 700 ming yevro sarflangan. Suv osti kompozitsiyalarining syujetini Teylor har kunlik oddiy hayotdan olgan.
Migrantlar mavzusini ham chetda qoldirmagan holda, “Lampeduza soli” nomli skulpturani ham yaratgan.
Chishen suv osti shahri, Xitoy.
Chishen shahrini “Xitoy Atlantidasi” deb ham atashadi. Ushbu shahar eramizning VII asrida qurilgan bo’lib, suv ostiga yarim asr avval cho’kkan.
60 ta futbol maydoniga teng keluvchi o’lchamga ega bo’lgan Chishen shahri, GES qurilishi jarayonida suv ostiga cho’kib ketgan. Shunga qaramasdan, shahar binolari va ko’chalari suv tubida ham saqlanib qolgan.
Chishen suv tubida 30 metr chuqurlikda joylashgan va unga faqat dayverlar tusha oladi. Lekin yaqin kelajakda, Xitoy hokimiyati Chishenni sayyohlar uchun diqqatga sazovor joyga aylantirishmoqchi.
Cho’kkan samolyotlar qabristoni, Marshall orollari.
Tinch okean suvlarida, Avstraliya va Gavayi o’rtasida, Ikkinchi Jahon urushining yuzdan ortiq samolyotlari yotibti. Portlatuvchi, qiruvchi va torpeda tashuvchi samolyotlar, 1945-yil avgust oyida AQSH go’libligi bilan yakunlangan Tinch okean kampaniyasi natijasida suvga cho’ktirib yuborilgan.
Endilikda esa ushbu samolyotlar Roy-Naymur oroli yaqinidagi dayverlarni o’ziga jalb qilmoqda.
“Suv ostiga cho’kkan kemalarni ko’rish oddiy holdir, shundoq ham kemalar cho’kishi hammaga ma’lum gap” – deydi suv osti “aviabazasini o’z ko’zlari bilan ko’rgan fotograf va dayver Brendi Myuller. – “Lekin samolyotlarni suv ostida ko’rish juda g’alati. Samolyotlar suvga emas, osmonga tegishlidir. Shu sababli cho’kkan samolyotlarga sho’ng’iganingda g’ayrioddiy tuyg’ularni his qilasan, ajoyib va noodatiy”.
Suv ostidagi qishloq, Norvegiya.
100 yillar muqaddam, 1908 yilda, yer ko’chishi butun G’arbiy Norvegiya vodiysini suv ostiga g’arq qildi. Uning o’rnida talaffuz qilinishi juda qiyin bo’lgan, Lyungstyoylsvante nomli ko’l paydo bo’ldi.
Bu dayving uchun eng chiroyli joylardan biridir.
Bu yerda cho’kib ketgan qishloq fermalarini, suv osti yaylovlarini va o’lik daraxtlar poyasiga chirmashib chiqqan suv osti o’simliklarini ko’rish mumkin.
Silfa yorig'i, Islandiya.
Islandiya sayyohlik bukletlari ko’p narsalarga qo’shimcha ravishda, kam emas ko’p emas, “Yer markaziga” sho’ng’ishni taklif qiladilar. Gap Amerika va Yevrosiyo o’rtasidagi, har yili 2 sm ga kengayib borayotgan yoriq haqida ketmoqda.
Ushbu yoriq Tingvadlavatn ko’li suv ostida joylashgan bo’lib, ko’lda suv 4 gradusdan yuqoriga ko’tarilmaydi, biroq o’zining o’ta tozaligi va tiniqligi bilan faxrlanishi mumkin.
Bu joyda yil davomida sho’ng’ishga ruxsat berilgan.
Сообщения из Facebook