Tarixdagi eng taniqli poraxo’rlar
Tarixdagi eng taniqli poraxo’rlar
Barcha zamonlarda va barcha mamlakatlarda poraxo’rlik bo’lib kelgan. Har bir inson nozik masalalar qonun doirasini chetlab o’tib hal qilishni bilgan. Faqatgina kichik poraxo’rlar zindonga tashlangan, kattalari esa – tarixga kirganlar. Maqolamizda taniqli beshta poraxo’r haqida aytib o’tamiz.

Knyaz Aleksandr Menshikov

Knyaz Aleksandr Menshikov

Petr I safdoshiAlexandr Danilovich Menshikovni   “og’ri’ degan nom bilan mashhur bo’lgan. Chunki knyaz katta poraxo’r bo’lgan. Shimoliyurush davrida Menshikov navbatdagi shaxarga yaqinlashib borayotganda u yergachoparlar orqali xabar jo’natgan. Ularga katta pul evaziga, jangchilartalon-taroj qilmasliklarini va’da bergan. Shunday qilib u Gamburg, Lyubek,Meklenburg, Gdansk kabi shaharlardan katta miqdorda tovon puli olgan. Biroq bupullarni o’zining cho’ntagiga urgan.

Petr I Menshikovnifikrlash doirasining kengligi uchun qadrlagan, shuning uchun uning kattamiqdorda pora olishini hamda davlat xazinasidan tovlamachilik yo’li bilan boyliko’zlashtirishini bilsa ham, ularga ko’z yumib o’tgan.

Taxtni PetrII egallagandan so’ng Menshikov uchun qora kunlar boshlandi. 1727 yilda uRanenburgga surgun qilindi va barcha boyliklaridan mahrum bo’ldi. Uning yig’ganboyligining cheki yo’q edi: oltita shahar, yuzdan ortiq qishloqlar, 90 mingta ishchilar.Undan tashqari g’azabga duchor bo’lgan knyazdan 3 sandiq qimmatbaho buyumlarhamda 105 pud sof oltindan yasalgan idishlar musodara qilindi. ShuningdekLondon va Amsterdamdagi banklaridagi katta miqdorda pullaridan ham ayrildi.

Ernst imperatritsa ma’shuqi Iogan Birron

Ernst imperatritsa ma’shuqi  Iogan Birron

AnnaIoanovna Ernstning Kurlyandiyadan kelgan yoqimtoyi Iogan Bironning nomi hamtarixda qolgan. Imperatritsa tomonidan rag’batlantirilib turgan Birron mamlakatmiqyosida shubhali bitimlarni amalga oshirgan. Anna Ioanovnaning roziligi vaijozatini olish uchun davlat arboblari Birron orqali ishlarini bitirganlar(tekinga emas albatta).

Rus-fransuzbitimini to’xtatib qolganligi uchun 200 000 talerga ega bo’lgan. Inglizlarbundan foydalanib Rossiya orqali Sharq mamlakatlari bilan transit bojisiz savdoqilishga muvaffaq bo’lganlar. Davlat uchun katta zararga aylangan bu bitimBirronga navbatdagi boylikni keltirdi.

Imperatritsa o’limidan keyin uning yoqimtoyi surgun qilindi. Biroq nemislarni yaxshi ko’rganPetr III uni yana saroyga qaytardi.

Xitoy haram xodimi Lyu Tsin

Xitoy haram xodimi Lyu Tsin

XVI asrningboshlarida hukmronlik qilgan Min Chjende shajarasining o’ninchi imperatori LyuTsin ismli saroy xodimini o’zining o’ng qo’li qilib olganligi bilan tarixdamashhur bo’lgan. Imperator oddiy fuqaro kiyimida Pekin ko’chalarini kezibyurgan vaqtda oddiy saroy xodimi uning nomidan mamlakatni boshqarib kelgan.

Lyu Tsinning poraxo’rligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Imperator bilan ko’rishishuchun amaldorlar bu saroy xodimiga bir necha ming oltin berishgan. Saroyxodimlaridan biri imperatorga Lyu Tsin unga qarshi fitna uyushtirayotganihaqida aytib o’tadi. Uyi tintuv qilinganda saroy xodimidan 251 mln untsiyakumush musodara qilindi (u davrda judaa katta boylik edi). Undan tashqari LyuTsin o’ziga imperator qasridan ham o’tadigan qasr qurdirgan edi. Haddantashqari qizg’anchiq bo’lgan saroy xodimi qatl qilingan.

Fransuz diplomati Sharl Moris de Taleyran-Perigor

Fransuz diplomati Sharl Moris de Taleyran-Perigor

Fransuzdiplomati Sharl Moris de Taleyran-Perigor ayyorligi, betayinligi va poraxo’rligibilan tarixda nom qoldirgan. U shunchalik abjir va ustamon ediki, bir nechaxukmdorlarga sodiqlikda qasamyod qilgan. Taeyran Napoleon, Lyudovik XVIII ,Lui-Fillip davrlarida siyosat bilan shug’ullangan. Rus askarlari Parijni ishg’olqilganida, imperator Alexandri I ga o’z uyidan bajonu dil joy bergan.

Taleyranustamonligi bilan 16,5 mln frank boylik to’plagan. Uning o’limini eshitganodamlar istehzoli kular edilar: “Taleyran o’ldimi? Buning uchun unga necha pulberishdi ekan?”

Zemskiy farmoni sudyasi Leontiy Plesheyev

Zemskiy farmoni sudyasi Leontiy Plesheyev

XVII asrda Moskvada Zemskiy farmonining sudyasi Leontiy Plesheyev yashab o’tgan. Qonun himoyachisi “adolat” qaror topishining “ajoyib” usulini o’ylab topdi. U qo’l ostidagilarning yordami bilan shahardagi aholining moliyaviy ahvolini o’rganib, o’ziga to’q bo’lgan fuqarolarga qarshi sohta ishlar ochilib, ularga o’g’irlikva qotillik bo’yicha ayblar qo’yilar edi. Ularning ishini bosti-bosti qilishuchun tuxmat qilinganlardan katta miqdorda pora olar edi.

Odamlar podshoh Aleksey Mihaylovichdan Plesheyevning o’rniga boshqa odamni tayinlashlarini ko’p marotaba so’radilar. Oxiri sabri tugagan xalq o’zi Plesheyevdan qutulishga ahd qildi. Zemskiy farmonining sudyasini toshbo’ron qildilar va jasadini shahar maydonlaridan sudrab o’tdilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook