Tilyorar poliz ekini bo’lmish – qovunni to’g’ri tanlash va iste’mol qilish qonun-qoidasi
Tilyorar poliz ekini bo’lmish – qovunni to’g’ri tanlash va iste’mol qilish qonun-qoidasi

Qovun – bu yozning shirin tuhfasi bo’lib, kattalar va bolalarga birdek yoqadi va hali-hanuz olimlar o’rtasida uni qaysi o’simlik turiga taalluqli ekanligi haqida bahs davom etib kelmoqda – reza mevami (yagoda), sabzavotmi yoki mevami. Lekin qovunning vitaminlar koni ekanligi, uning davolovchi xususiyati borligini hech kim inkor qilmaydi.
Qovun tarkibida uglevodlar, oqsillar, yog’lar, organik, to’yingan, to’yinmagan yog’li kislotalar, mono va disaxaridlar, temir, yod, kaliy, kaltsiy, kobalt. Mis, marganets, magniy, natriy, oltingugurt, xlor, rux, fosfor, kletchatka hamda A,B,C,PP guruh vitaminlari mavjud.
Kuniga bir bo’lakkina iste’mol qilingan qovun: Organizmni kasal qo’zg’atadigan mikroblardan himoya qiladi; *Immmunitetni ko’taradi; *Organizmning normal rivojlanishini ta’minlaydi; *Gemoglobinni me’yorda ushlab turadi; *Aqliy faoliyatni aktivlashtiradi; *Nerv tizimini stabillashtiradi; *Vaznni kamaytiradi; *Ovqat hazm qilish tizimining ishini yaxshilaydi; *Organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuboradi; *Qon-tomir tizimini stabil holatda ushlab turadi; *Suyak to’qimasining mustahkamligini hamda teri elastikligini oshiradi; *Ba’zi teri kasalliklariga qarshi kurashadi; *Soch o’sishini ta’minlaydi;
Afsuski shunday noyob va foydali poliz ekini ayni pishgan pallada ko’pgina zaharlanishlarga sabab bo’ladi. Ba’zi insofsiz sotuvchilar qovunning tezroq pishib yetilishi uchun uni nitratlar bilan “to’yintiradilar”. Biroq qovundan zaharlanish hollari uning yomon sifatidan emas, balki noto’g’ri tanavvul qilinishidan kelib chiqadi.
Qovunda katta miqdorda kletchatka borligi uchun u ovqat hazm qilish tizimi uchun og’irlik qilishi mumkin, shuning uchun ham uni iste’mol qilish qonun-qoidasiga amal qilish lozim.
*Qovunni ovqatlanishdan ikki soat avval yoki ikki soat keyin tanovul qilish kerak. Ya’ni uni bir ovqat o’rniga qabul qilish lozim.
*Uni hech ham alkogol yoki spirtli ichimliklar bilan aralashtirmaslik kerak, aks holda ichburug’ bo’lish ta’yin.
*Ichaklarni tozalash uchun qovunni och qoringa yeyish kerak.
Qovunni sotib olishda ham muhim narsalarga e’tibor berish lozim. Qovun tanlashning ham o’z qonun-qoidasi bor, ularga amal qilish foydadan holi emas.
*Qovun usti butun bo’lishi, hech qayeri zararlangan bo’lmasligi shart. Aks holda zararlangan joylardan qovun ichiga kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar kirib olishi va yuqumli kasallikka sabab bo’lishi mumkin.
*Tanlanayotgan qovun zich, lekin pishgan bo’lishi kerak (buni qovunning dumi va o’tkir hididan bilish mumkin). Agar qovun pishib, o’tib ketgan bo’lsa, uni bosib ko’rganda yuzasi zararlanadi. Bunday qovun sog’liq uchun xavfli emas, biroq uni iste’mol qilish yoqimsiz bo’ladi.
*Qovundan o’t-o’lan yoki sasigan hid kelmasligi kerak. Pishmagan va uringan poliz ekini organizmga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook