просмотров
Bularning barchasi yevropaliklar hali shu kabi materiallar haqida o'ylamagan paytda - eramizdan avvalgi mingyillikda va Iso Masih tug'ilgandan keyingi 1-asrda ro'y bergan. Ularning inqirozi va yo'qolib ketishi sabablari haligacha no'malum...
1. Chichen-Itza, Meksika
Yukatan kurorti sohillarida dam olovchilarning bu yerga yetib kelishi biroz muammo. Singan yo'llar orqali kelish qiyinchilik tug'dirishi mumkin, ammo bu unga arziydi. Chichen-Itza shahri - o'tgan mingyilliklar tarixi sirlariga qiziquvchi dunyo turistlari uchun haqiqiy quvonch! Bu yerning eng diqqatga sazovor joyi-El Kastillo ibodatxonasi hisoblanadi, uni Kukulkan piramidasi deb ham atashadi. Uning 4 tomonidan 91 tali zinalar o'rab turadi, agar oxirgi yuqoridagi platformasi bilan hisoblasak, 365 bosqich chiqadi. Bu raqam mashhur mayya kalendari asosida tanlangan, har kuni bir zina chiqishi uchun.
2. Tulum, Meksika
Balki bu xarobalar mayya imperiyasining boshqa inshootlari bilan masshtab va o'tkirligi bo'yicha tenglasha olmas, lekin sohiloldi bu inshoot o'zining go'zalligi va sokinligi bilan kishini o'ziga tortadi. Bu joy mayya sivilizatsiyasi borligida quyosh botish porti sifatida barpo etilgan. Hozirgi kunda esa issiqsevar iguanalar va Tulumga kelgan, sohil kunlariga rangbaranglik kiritishni xohlagan turistlar guruhi uchun ajoyib sohil sifatida mashhur.
3. Palenke, Meksika
Yevropalik ko'chmanchilar bu qadimgi kompleks haqida XVIII asr oxirlarida xabar topishgan. Qarshingizda o'zgacha, o'zaro bog'langan yo'lli ohaktosh piramida, maqbaralar va ibodatxonalar. Kashshoflar Palenkeni dunyo okeanlari girdobida qolgan afsonaviy Atlantida qoldig'i deb qabul qilishgan. Bu yerda bir qarasangiz tepada tukanlar uchadi, oyoqostida kumushrang iguanalar o'ralashadi, shamol esa tosh qabrlar soyasi ostiga berkingan Qizil qirolichaga kuylaydi.
4. Uksmal, Meksika
Dunyo merosining mulki ro'yxatiga kiritilgan 32 obyekt ichida Meksikadagi noyob go'zallikdagi piramidalar joyi ham kiritilgan va u Uksmal (ba'zida Ushmal deb atashadi). Oldin bu joy Yukatan g'arbidagi ulkan poytaxt bo'lgan va u yerda 25 000 rezident yashagan. Miloddan avvalgi 700-1000-yillarda qurilgan bu binolardan mayya sivilizatsiyasining astronomiya sohasidagi chuqur bilimlarga ega bo'lganini aytish mumkin. Shahar markazini Bashorat piramidasi bezab turadi, bu nomni konkistadorlar bergan. Bino ramziy g'oyalar bilan bezatilgan, yomg'ir, momaqaldiroq va chaqmoq xudosi hisoblangan Chak haykali bilan yonma-yon joylashgan. Bundan tashqari bu yerda mayya rassomchilik va arxitektura madaniyatining durdona asari hisoblangan Kabah, Labna, Sayil marosim obyektlari ham joylashgan.
5. Tikal, Gvatemala
Tikal mayya tarixidagi eng qudratli shaharlardan biri bo'lgan, uning gullagan davri I asrdan mil. avv. IX asrgacha bo'lgan vaqtni qamrab oladi. Uning tadqiqotchilaridan biri Kris Moss, Tikal - mayya shaharchalarining onasi ekanligi va u o'z davrining eng buyuk metropolislaridan biri bo'lganini aytgan. Saksoniya xalqi chetan devorlardan uy qurib, unga loy yopishtirganda, vikinglar darg'azab qayiqlarda uzoq sohillarga eshkak eshgan, yevropaliklar shu ishlar bilan mashg'ul bo'lganda bu yerda allaqachon ilg'or sivilizatisiya gullab yashnagan.
6. Lamanay, Beliz
Bu joy o'zida 3 ming yil mobaynidagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan katta marosim markazini mujassamlashtirgan. 1970-yilgacha bu yerda to'liq arxeologik qazishmalar olib borilmagan, shundan keyin olimlar bu obyektni o'rganish uchun qattiq bel bog'lashdi. Lamanaydagi eng diqqatga sazovor joylar orasida Niqoblar ibodatxonasi (Mask Temple), Buyuk Yaguar ibodatxonasi (Jaguar Temple), Yuqori olam ibodatxonasi (High temple) mashhur. Hozirgi kunda turistlar bu yerda qayiqlarda ekskursiya qilishadi va hatto kam uchraydigan yovvoyi hayvonlarni kuzatish uchun gid ham yollashadi.
7. Yakschilan, Meksika
Yakschilan - Meksika janubidagi eng yaqin mehmonxonadan bir necha soatlik yo'lda joylashgan bo'lib, u yerga faqat qayiqda borsa bo'ladi. Bugungi kunda bo'sh somon tomli bu xarobalar Usumasint daryosi qirg'oqlarini bezab turadi, Meksika va Gvatemalani bir-biridan ajratib turadim. By yerdagi toshli passajlar zumrad-yashil dalalarga o'zgardi. U yerda uzum toklarining kattaligi odam bo'yichalik keladi! Qadimgi inshootlar yo'lovchini haqiqiy yo'qolgan qirollik yo'llar bilan hayratga soladi.
8. Topokste, Gvatemala
Bu orol turistlar orasida mashhur bo'lib, u Gvatemala shimolidagi Peten tumanida joylashgan. Ma'muriy jihatdan Topokste Yukatan yarimorolidagi Mayapan munitsipalitetiga qarashlidir. Mahalliy qurilish arxitekturasi yuqorida qayd etilgan mayya xalqlari shahri-Tulumga ko'p jihatdan o'xshash. Bundan ko'rinib turibdiki, bu ikki shaharcha bir madaniyat jamoasiga tegishli.
9. Kalakmul, Meksika
Badaxos hududidagi tropik o'rmonlarda joylashgan bu joy qudratli Ilonlar saltanatining asosiy dargohi hisoblanadi, u Tikalning siyosiy raqibidir. Hammasidan ko'ra, yetishtirilgan yerni sug'orish tizimi va tepalik markazidagi ulkan marosimlar piramidasi hayratga soladi. Bu ikki obida Kalakmulyada sivilizatsiyaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Mahalliy o'rmonlarda yaguar, revun va kiyiklarni uchratish mumkin.
10. Kopan, Gonduras
Boshqa arxeologik qadimiy shaharlar orasida Kopan o'zining ulkan dumaloq ichki hovlisi hamda diniy marosimlar uchun ishlatiladigan katta yodgorlik toshi bilan ajralib turadi. Ustalar uning yuzasini buyuk qirollik ajdodlarining suratlari tushirilgan barelyeflar bilan bezashgan. Kopanning oltin davri eramizdan oldingi 5-9-asrlarga to'g'ri keladi. Mayyaning eng g'arbiy chekkasida joylashgan bu qadimiy shahar asosiy turistik joylardan uzoqda joylashgan, ertalablari va mavsum bo'lmaganda bu yerda umuman odam bo'lmaydi. Bu kabi ajoyib go'zallikka ega bo'lgan bu joy uchun kamdan-kam uchraydigan holat.
11. Bonampak, Meksika
Bonampak o'zining arxitekturasi bilan Tikul va Chichen-Itzaga teng kelolmaydi. Lekin bu kichik joy arxeologlarni boshqa narsa bilan - dekorativ freskalar va qadimiy shaharning ibodatxonalaridan topilgan devoriy yozuvlari bilan hayratga soladi.
12. Yaksha, Gvatemala
Bu shaharning gullagan davri milodiy 3-7asrda, mayya davlatining eng katta poytaxti bo'lgan davrga to'g'ri keladi. Yevropaliklar Yakshani kechroq - 1904-yilda ochishgan va hozirgi kungacha bu yerdagi ko'p binolar yer ostida qolib ketgan. Shunga qaramasdan, bu ekskursiya uchun qiziqarli joy sanaladi. Aytgancha, Yakshada revunlar, iguanalar, tukanlar, kulrang tulkilar, koatlar va uzun dumli to'tilar sayr qilishni yoqtirashadi.
13. Koba, Meksika
Marosimlar o'tkaziladigan bu qadimiy shahar yetarlicha kattalikda. Koba ayniqsa qo'shni qishloqlarga olib boruvchi 16 ta asfalt yo'llar tarmog'i bilan ham mashhur. Ulardan eng uzuni 100 kilometr bo'lib, boshqa qadimgi shahar - Yaksunaning g'arbiga olib boradi.
14. Kirigua, Gvatemala
Arxeologlar bu yerda aholi 2-asrdan boshlab yashagani va gullagan davri esa sakkizinchi yuzyillikda, Kauak Ski hukmronligi davrida bo'lib o'tganini ta'kidlashadi. Bu yerda toshli kalendarlar, zoomorflar (hayvonlarni aks ettiruvchi ulkan toshlar) va qadimgi yodgorlik toshlarini tomosha qilish mumkin. Bu qadimgi go'zallik bo'ylab to'tilar uchib yuradi, mayya kohinlari yurgan, mingyilliklar sirini kuylovchi shamol esadi.
15. Ek-Balam, Meksika
Ek-Balam mayyaning qadimgi savdo markazi. Butun kompleksni bir kunda bemalol aylanib chiqish mumkin. Qadimgi imperiyaning tarixiga yaqinlashish, u qoldirgan akropol, labirint, vakil saroyi, stadion qoldiqlari, majusiy xudolari va aziz kohinlarning haykallarini tomosha qilish ajoyib taassurotlar uyg'otishi aniq. Milodiy 8-asrda bu shahar noma'lum sabab bilan tanazzulga yuz tuta boshladi va Meksikadagi yovvoyi joyga aylanib qoldi. Ammo bu mayyaning boshqa qadimiy shaharlari va ibodatxonalariga ham tegishli. Ularning vayrongarchilik tarixi esa sirligicha qolgan.
Сообщения из Facebook