просмотров
Hozirgi kunda 300 akr hududga ega bo’lgan zaxira o’zida o’simlik va hayvonlarning 200 dan ortiq yo’qolib ketayotgan turlarini mujassam qiladi, ular orasida hind fili va bengal yo’lbarsi ham bor.
“Biz bu yerni sotib olganimizda tashlandiq joy edi, – so’zlab beradi Pamela. – Tashlab ketilgan guruch dalalari, qahva plantatsiyalari va kardamon yaylovlari. Bu joylarning asosiy qismlari kesib tashlangan edi. Uning tabiatini tiklashga esa o’nlab yillar va juda ko’p kuchimiz ketdi".
Hindistonning zaxira joylashgan yerlarida 1970 yildan buyon o’rmon qoplami 86% dan 16% ga tushib ketgan.
Pamelaning so’zlariga qaraganda, bu holat Hindistonning butun janubiy qismida kuzatiladi.
Er-xotin Malxotralar tabiat va hayvonot olamini birlashtirib, ularga mos uy yaratmoqdalar.
“Zaxirada aylanganimizda juda kuchli quvonchni xis qilamiz. Men hech qachon bunday baxtli bo’lmaganman”.
“Men bu yerda quruq odam qadami tovushidan tashqari boshqa hech qanday shovqin bo’lmagan paytlarni eslayman”
“Endi esa u jonli va turli ovozlarga ko’milgan”.
Сообщения из Facebook