Xitoylik millioner o’z qishloqdoshlarining har biriga hashamatli uy sovg’a qildi
Xitoylik millioner o’z qishloqdoshlarining har biriga hashamatli uy sovg’a qildi
Qurilish ishlari va po’lat quyish sanoati bo’yicha kattagina mablag’ga erishgan 54 yoshli magnat Syun Shuixua o’zi tug’ilib o’sgan Xiongkeng qishlog’iga keldi va barcha aholi vakillariga hashamatli uylar sovg’a qildi.
Millioner qishloqqa olib kelgan buldozerlar bu yerdagi harobalarni bir zumda buzib tashlashdi va ular o’rnida chiroyli hamda hashamatli xonadonlar paydo bo’ldi.
Syun umumiy hisobda 72 ta oilaga uy sovg’a qildi. Tadbirkorning hayotida muhim o’rin tutgan 18 ta oila vakillari esa haqiqatan hashamatli hovlilarga joylashtirildi.
Bundan tashqari Syun daromadi o’rtacha ko’rsatkichdan ham past bo’lgan aholining barcha vakillari uchun uch mahal bepul ovqat ham va’da qildi.
Biznesmen ushbu loyiha uchun 6 million AQSH dollari miqdorida pul sarf etgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook