Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida
Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida
Hammamizga yaxshi tanish bo’lgan yalpizni pazandachilikda, salatlar tayyorlashda va ovqatlarga qo’shimcha maza hamda ta’m berishda ishlatamiz. Lekin uning shifobaxsh hususiyatlarini ko’pchilik ham bilavermaydi. Masalan, yalpizli saqich (jevachka) chaynaganda odamning asabi ancha tinchlanishini bilasizmi yoki ushbu o’simlik ekstrakti terini tiniqlashtirishi haqidachi? Quyida yalpizni ming dardga davo hususiyatlari haqida ma’lumotlar beramiz.

Tashqi tomondan

Yuzni qisqa fursatda yaxshi holatga keltirish uchun yalpizli muzdan foydalaning: bir bog’lam yalpizni bir stakan suvda qaynatib oling va 15-20 daqiqa damlab qo’ying. So’ngra maxsus qoliplarga quyib muzlating.

Efir moyi qo’shib tayyorlangan yalpizli vosita teri yallig’lanishiga qarshi qo’llanadi va yuz terisini tiniqlashtirib, tonusini oshiradi.

Bosh og’rig’i, loxaslik yoki tonus yo’qolishida 1-2 tomchi yalpiz efir moyini chakkangizga surting va singib ketguniga qadar uqalang.

Yalpizli efir moyi yordamida amalga oshirilgan issiq ingalyatsiya tumovning ilk bosqichlaridayoq undan qutulishga yordam beradi.

Yalpiz moyi qichishish, achishish, qizarish va hasharotlar chaqqan yerlardagi shishlarni bartaraf etadi.

Yalpiz ekstrakti antibakterial hususiyatga ega bo’lib, og’iz bo’shlig’i parvarishiga oid vositalar tarkibiga kiradi (og’izni chayish uchun vosita). Undan kundalik foydalanish milklar yallig’lanishi va og’iz bo’shlig’idagi yoqimsiz hiddan halos etadi.

Yalpiz ekstrakti oyoq parvarishiga mo’ljallangan krem va antiperspirantlarning asosiy tarkiblaridan biri hisoblanadi. U oyoqlarga soflik baxsh etib, qon aylanishini me’yorga tushiradi va ko’p miqdorda ter ajralishiga qarshi kurashadi.

Yalpizli hammom revmatizm kasalligida tavsiya etiladi. 200 gr yalpiz ustiga 3 litr suv quyib qaynatiladi va vannaga quyiladi. Qabul qilish vaqti 20-25 daqiqani tashkil etishi lozim.

Ichki tomondan

Tarkibidagi dubil moddalari sharofati bilan yalpiz antitoksik hususiyatga ega. Zaharlanish holatlarida 2 oshqoshiq maydalangan yalpiz barglariga bir stakan qaynatilgan suv quyiladi va sovitiladi. Qaynatmani kuniga 2-3 marotaba ovqat vaqtida ichish tavsiya etiladi.

Yalpiz tarkibidagi mentol moddasi og’riq qoldiruvchi hususiyatga ega bo’lib, oshqozon og’rig’idan halos etadi.

Yalpizli choy xayz vaqtidagi og’riqlarni qoldirib, klimaks alomatlarini yengillashtiradi.

Yalpiz qaynatmasi ovqat xazm qilish jarayonini me’yorga keltiradi, gaz hosil bo’lishini bartaraf etib, ko’ngil aynishidan halos qiladi. Uni ovqatdan oldin1/3 stakandan iste’mol qiling.

Kuchli bosh og’rig’i va nevrologik kasalliklarda bir stakan sovuq suvga 20-25 tomchi yalpiz moyidan qo’shib ichish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook