просмотров
Hamal (21.03 - 20.04)
Bu haftada faqat o‘z kuchingizga ishoning. Fikrlaringizni jamlang va eng muhim ishga qarating. Ishonchli hamkor tanlashda adashmasangiz, shanba kuni buning natijasini ko‘rasiz. Dam olish kunlarini do‘stlaringiz davrasida o‘tkazing.
Savr (21.04 -20.05)
Boshlanayotgan haftada sizga bog‘liq bo‘lgan rejalarni kechiktirmang. Hamkasblaringizga jiddiy pand berib qo‘yishingiz mumkin. Hujjatlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘ling, shunda xatoga yo‘l qo‘ymaysiz.
Javzo (21.05 - 21.06)
Hafta boshida kichik muammolarga o‘ralashib, asosiy vazifangizni yodingizdan chiqarmang. Haftaning ikkinchi yarmida faoliyatingizda sezilarli o‘zgarish kutilmoqda.
Saraton (22.06 - 22.07)
Ushbu haftada ishlaringiz ko‘payib ketishiga qaramay barcha ishlaringiz omadli yakun topishi kutilmoqda. Dam olish kunlarida yaqin insoningizda kutilmagan yaxshi xabar eshitasiz.
Asad (23.07- 23.08)
Hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan munosabatda ehtiyotkorroq bo‘ling. Moliyaviy masalalarda tortishmaganingiz ma’qul. Dam olish kunlari sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling.
Sunbula (24.08 23.09)
Boshlanayotgan haftada sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham barcha ishlarga sidqidildan yondashing. Hafta oxirida kutilmagan uchrashuv hayotingizda burilish yasaydi.
Mezon (24.09 - 23.10)
Nihoyat ushbu haftada eski loyihalarni yakuniga yetkazasiz. To‘siqlar va qarshiliklarga yengilmay, faqat olg‘a harakat qiling. Kayfiyatingiz faoliyatingizga ta’sir ko‘rsatmasin. Dam olish kunlarini tabiat qo‘ynida o‘tkazganingiz ma’qul.
Aqrab (24.10 - 22.11)
Ushbu haftada moddiy muammolaringiz anchagina ishlaringizni orqaga surishi mumkin. Oiladagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qiling. Yakshanba kuni yaxshi xabar eshitishingiz mumkin.
Qavs (23.11- 21.12)
Bu haftada bosimli ishlardan charchagan bo‘lsangiz, barchasidan qutilib, dam olishni rejalashtiring. Sizga ma’naviy va ruhiy dam beradigan joylarda hordiq chiqaring. Asabiylashishdan o‘zingizni asrang.
Jadiy (22.12 - 20.01)
Chorshanba kuni hisob-kitobli ishlarga ehtiyotkorroq bo‘ling. Xato qilsangiz muammolaringiz ortadi. Sabrli va bosiq bo‘lsangiz barcha ishlaringiz o‘z iziga tushadi. Dam olish uchun tog‘larni tanlaganigiz yaxshi.
Dalv (21.01 - 20.02)
Hafta boshida yaxshi imkoniyatlar ko‘payadi. Ularni tutib qolish o‘z qo‘lingizda. Haftaning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz o‘z yechimini topa boshlaydi.
Hut (21.02 - 20.03)
Payshanba og‘ir kun bo‘lishi kutilmoqda. Iloji boricha shu kuni jiddiy ishlar bilan shug‘ullanmang. Tuzilgan muhim kelishuvlar omadli yakun topadi.
Сообщения из Facebook