"Yerning chempioni": qanday qilib oddiy odam plyajni 5000 tonna axlatdan tozaladi
"Yerning chempioni": qanday qilib oddiy odam plyajni 5000 tonna axlatdan tozaladi
Mumbaylik hind, yosh advokat, Afroz Shax Versov plyajiga ko'p yillar davomida tashlab kelingan axlat bilan jangga kirishdi.

86 hafta ichida Afroz ko'ngillilar bilan birga plyajdan 5,4 million kilogram axlatni tozaladi. 

2015 yilning oktyabrida Mumbaylik advokat Afroz Shax va uning 84 yoshlik qo'shnisi Versova shahar plyajini ko'rib, juda ham achinib ketdilar. U yer axlat bilan to'la edi. Ikki kishi birgalashib bu hududni tozalashga qaror qabul qildilar.

Shundan keyin, ular har dam olish kunlari plyajga tozalashga kelishar edi. Keyinchalik ularga ko'ngillilar qo'shilishni boshladilar. Ularning soni doimiy ravishda o'sib bordi va mingta odamga yetdi.

Ko'ngillilar plyajni 86 hafta tozalashdi. Ular 2,5 kilometrlik plyajdan 5 million kilogramdan ortiq axlatni tozalashga muvaffaq bo'lishdi. "Kinoindustriyadagi odamlar, polisiya, advokarlar, baliqchilar va oddiy yo'lovchilar birga bitta maqsad bilan yig'iayotganlarini ko'rish ajablanarli edi", deydi Shax. "Davlat vakolatli organlari bizni qo'llab turar edilar, ekskovator, mashina, yuk mashinalarini  kab zarur narsalarni berib turar edilar".  

Plyajni tozalash ishlari 2017 yilning may oyida nihoyasiga yetdi. "Plyaj vanihoyat, toza. Bizning zahmatlarimiz o'z mevasini berdi. Axlat endilikda, qirg'oqqa faqatgina dengizdan kelib tushmoqda. Biz shahar ma'muriyati vakillarini, plyaj doim toza qolishi uchun, mussonlardan avval irmoqlarni tozalashni iltimos qildik", deydi Afroz Shax.  

O'z mehnatlari uchun Afroz Shax Birlashgan Millatlar Tashkilotidan "Yer chempioni" titulini oldi. Uning ishini plyaj tozalashning eng kattasi deb nomlashdi.

Biroq bunda Afrozning inisiativasi yakunlanmaydi. Endilikda u ko'ngillilar bilan birga mahalliy irmiqlar orqali plyajga axlat tushishiga qarshi kurashmoqchi. Bundan tashqari, u qirg'oq oldi mangr o'rmonlarini axlatdan tozalamoqchi. Ular dovullardan tabiiy himoya bo'lib xizmat qiladi. Afroz Shax o'z o'rnagi bilan butun dunyodagi odamlarni ilxomlantirmoqchi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook