Yosh ko’rinish sirlari
Yosh ko’rinish sirlari
Hamisha yosh ko’rinishni istaysizmi? Unday bo’lsa, quyidagi foydali maslahatlarimiz aynan siz uchun!

Zig’ir yog’ terini namlantiradi. Bunga ishonmaslikning ilojisi yo’q. U haqiqatdan ham teridagi qizarish va qurishdan himoya qiladi. Chunki zig’ir tarkibida omega-3 yog’ kislotasi bor. U terining moyini va silliq bo’lishini ta’minlaydi. Zig’ir yog’ini yogurt, turli pishiriqlar uchun tayyorlangan hamir va salatlarga ham qo’shish mumkin. 

Ismaloq ko’zga tiniqlik ulashadi. Ushbu mahsulot ko’zlardagi charchoqni oladi va tabiiy oq rangini qaytaradi. Kun davomida  1-2 stakan ismaloq barglarini iste’mol qilish me'yor hisoblanadi. 

Kivi mevasi yoshlikni saqlab qolish borasida har doim birinchi o'rinda bo’lgan. Agar 40 yoshda ham 25-30 yoshli ayollar kabi ko’rinishni istasangiz, muntazam kivi  iste’mol qilishga odatlaning. Negaki kivi tarkibida ko’p miqdorda C vitamini mavjud bo’lib, u qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Tuhum iste’mol qilib esa tirnoqlar mustahkamligiga erishish mumkin. Chunki u biotin moddasining bulog’idir. Bu element tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Haftasiga bir necha dona tuhum iste’mol qilishning o’ziyoq tirnoq bilan bog’liq muammolarni bartaraf etadi.

Har kuni 1 donadan olma yeb yursangiz uzoq vaqt tish shifokori qabuliga bormaysiz, chunki ushbu meva tishlarni choy, qahva va turli dog’lardan tozalaydi.

Endi esa niqoblarni e’tiboringizga havola etamiz.

Sochlar jilvakor va go’zal bo’lishini istasangiz taomnomangizga yashil dukkaklilarni ham qo’shib qo’ying. Chunki bu mahsulotlar tarkibida ko’p miqdorda kremniy mavjud. U sochlarni sog’lomligi va mustahkamligini yaxshilaydi.

Qovoq urug’i tozalik manbai. Olimlar yuzdagi toshmalarni bartaraf etishda qovoq urug’ining o’rni beqiyos ekanini ta’kidlashgan. Tajribalardan ma’lumki, kimning organizmida rux moddasi mavjud bo’lsa, uning yuziga husnbuzar va toshmalar toshadi. Shuning uchun kuniga 1-2 qoshiqdan tozalangan qovoq urug’i iste’mol qilinsa bu muammolardan halos bo’ladi.

Yuzni namlantirish uchun 1 osh qoshiq qirg’ichdan o’tkazilgan turp bo’tqasini shuncha miqdordagi zaytun yoki yog’ bilan aralashtiring. Yuzga surtib, 10 daqiqa qoldiring.

Qora turp terini oziqlantiradi. 1 dona qora turpni qirg’ichdan o’tkazib, suvini siqib oling. 1 osh qoshiq bo’tqaga suvini soling, 1 osh qoshiq smetana va 1 choy qoshiq asal aralashtiring. Tayyor bo’lgach uni yuzga surting. 5 daqiqadan keyin iliq suvda chayib tashlang.

Namatak yog’ini kiprikka surtsangiz, uni namlantirib, qayriluvchanligini oshiradi.

Teri ko’chganda teng miqdordagi qirg’ichdan o’tkazilgan turp, qaymoq va tuxum sarig’ini bir hil ko’rinish hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiring. Keyin uni yuzga surtib, 15-20 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlang.

Ushbu maqolamiz davomida yosharish uchun nima iste’mol qilish va qanday niqoblardan foydalanish kerakligi haqida qisqacha to’xtalib o’tdik. Sizga naf keltirsa bundan faqat hushnud bo’lamiz. E’tiboringiz uchun tashakkur.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook