Zamonaviy pishiriqlar haqida ma'lumotlar
Zamonaviy pishiriqlar haqida ma'lumotlar
Bugungi kunda pishiriqlarning turi ham nomi ham ko’paygandan ko’paydiki, gohida chalkashtirib yuboramiz. Masalan biz bilgan pirog yoki keksning nomlari oddiy va esda qolarli. Ammo zamonaviy pishiriqlarning yangicha nomlari son sanoqsiz. Sizga shular haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Bir qarashda keksga o’xshagan pishiriqlarning barchasi bir hildek tuyiladi. Biroq ularda farq bor.

Keks- ichiga mayiz, yong’oq, murabbo aralashtirib pishirilgan shirinlik tushiniladi. Keks dastlab qadimgi Rimda mohir pazandalar tomonidan o’ylab topilgan.

Tayyorlanishi esa juda oddiy. Sariyog’ shakar bilan aralashtiriladi. Keyin tuhum va boshqa mahsulotlar (un, qavartma va hokazolar) qo’shib aralashtiriladi. Yoqimli hidga ega, quyuq-suyuq o’rtasidagi aralashma hamir hosil boladi.

Maffini- dumaloq shakldagi pishiriq bo’lib, ko’pincha mevalar qo’shib tayyorlandi. XI asrda Buyuk Britaniyada ixtiro qilingan. Fransuzcha “moufflet” so’zidan kelib chiqib, yumshoq non degan ma’noni anglatadi. Ushbu shirinlik nafaqat mevali balki go’sht va sabzavotli nachinkalar bilan tayyorlanishi ham mumkin.

Kapkeyk - to’rt (keks, pirojniy)ning kichik hajmdagisi bo’lib, faqat tayyorlanishida farq qiladi. Ya’ni alohida har kishi uchun tayyorlanadi. Gapning indallosi ularni jajji tortchalar desak ham adashmagan bo’lamiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook