просмотров
Qizil rang
Agar siz qizil rangni yoqtirsangiz, demak siz o’ziga ishongan va qaysar insonsiz, boshlagan har qanday ishni oxirigacha yetkazishga harakat qilasiz. Shu bilan birga siz ehtirosga beriluvchan va qiziqqon shaxssiz – diqqat e’tiboringizni faqatgina bir narsaga qaratishga qiynalasiz. Siz xilma-xillikni yoqtirasiz, hayotingiz tinch va osuda kechsa, zerikishni boshlaysiz.
Qora rang
Bu qarama-qarshiliklar rangi. Qora rang shaydolari hamisha jonbozlik ko’rsatishga tayyorlar (ishda ham, musobaqalarda ham, ishqiy munosabatlarda ham). Biroq bunday insonlar maqsadlariga erishishda qiynaladilar, chunki ularning qarashlari xolisona emas, ular faqatgina o’zlarini hamisha haq deb biladilar. Ular stabillikni yoqtiradilar, ammo shu bilan birga sarguzashtlarga ham tayyorlar – oqibati yomon bo’lmasa bo’lgani. Samimiyatni xush ko’radilar, kelishuv bo’yicha yashashni yoqtirmaydilar.
Oq rang
O’ziga ishongan va chiqishimli insonlarning rangi. Bunday insonlar o’zlarining g’oyalari uchun oxirigacha kurasha oladilar, o’zlariga ham, atrofdagilarga ham qattiqqo’l bo’ladilar. O’ylagan narsalari amalga oshmay qolsa, hech kimni aybdor qilmaydilar, taqdirdan ko’radilar.
Kulrang
Kulrangni g’amgin va ko’rimsiz insonlar tanlaydilar degan gap noto’g’ri. Aslida bu rang ishqibozlari - mulohazalidirlar va yetti o’lchab bir kesadilar. Ular osudalikni yoqtiradilar va ertangi kunga umid bilan qaraydilar.
Sariq
Bu quvonch rangi. Sariq rangni samimiy, ijodkor insonlar tanlaydilar, ular oqibati qanday bo’lishidan qat’iy nazar sinovlarga hamisha tayyorlar. Asosiysi vaqtni qiziqarli o’tkazadilar va bebaho tajribaga ega bo’ladilar. Tashvishlari haqida hech kimga og’iz ochmaydilar, azoblansalar yolg’iz o’zlari yengib o’tadilar.
Moviy rang
Ushbu rang ishqibozlari kamtarin insonlar bo’lib, hayotdagi har qanday vaziyatga moslasha oladilar va undan g’olib sifatida chiqa oladilar. Ular kelishimli, ba’zan esa qat’iyatsiz ham bo’lishlari mumkin. Bunday insonlar ko’p charchaydilar, shuning uchun tez-tez dam olib turishlari kerak.
Yashil rang
Bu hayot va tabiat rangi. Bu rangni tanlagan insonlar qat’iyatlidirlar va jamiyatda o’z mavqelarini belgilab olishga intiladilar. Ular birovlarning ko’rsatmalarini yoqtirmaydilar va ularga amal qilmaydilar – o’z bilganlaridan qolmaydilar. Kundalik hayotdagi kelishmovchiliklarga ahamiyat bermaydilar, birovga tobe bo’lishni yoqtirmaydilar.
Siyohrang
Bu rangni o’zlariga ishonchi bo’lmagan va atrofdagilardan najot qidirib yashovcjhi insonlar tanlaydilar. Ular hamisha bulutlarda uchib yuradilar, yaxshi hayotni istaydilar, biroq buning uchun harakat qilmay, birovlardan yordam kutadilar.
Сообщения из Facebook