Zamonning eng qiziqarli bokseri millionlarni nimaga sarflamoqda
Zamonning eng qiziqarli bokseri millionlarni nimaga sarflamoqda
Yilning eng ajoyib olishuvida Floyd Meyvezerga yutqizgan bo'lsa ham, filipponlik 36 yoshli Menni Pakyao dunyodagi eng ko'p pul to'lanadigan bokschi hisoblanadi va o'zi uchun umuman pul ayamaydi.

Va albatta daromadning ma'lum qismi shotirlarga ketadi. Oxirgi jangida Mennini 2 avtobus mehmonlar kuzatib yurgan.

Pakyao mashinalarni ham xush ko'radi. Uning kolleksiyasidan Porsche Cayenne, Mercedes SLK va kamtarona Ferrarilar joy olgan.

Menni Pakyao - yangi avlod jangchisi. U tashqi ko'rinishi va shaxsiy imidjiga alohida e'tibor beradi. Boshlovchi promouterlardan biri Bob Arumning ta'kidlashicha, Meyvezer bilan jangdan olingan 100 million gonorarning yarmini xayriya ishlariga sarflagan.

Bundan tashqari bu kelishgan jangchi har tomonlama bo'lgan inson. Misol uchun 2006-yilda u omadli albom yozishga muvaffaq bo'ldi: Laban Nating Lahat Ito, barcha qo'shiqlarni o'zining ona tilida-tagalogda kuylagan.

Ashaddiy basketbolchi Menni Filippin basketbol assotsiatsiyasi tarkibiga kiruvchi jamoa murabbiyi rolini o'ynagan.

Pakyaoning instagramdagi sahifasida oilaviy suratlar juda ko'p. Uning oilasida 5 nafar farzand o'sadi.

Ular it ham boqishadi. Uning ismi Pakmen.

Hazil hazil bilan, Menni Pakyaoni yurtdoshlari juda yaxshi ko'rishadi. Hatto uni Kongressda nomzod sifatida ko'rsatishgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook