Bolalarning daraxtdagi uy haqida orzusini ro'yobga chiqargan 7 ta mehmonxona
Bolalarning daraxtdagi uy haqida orzusini ro'yobga chiqargan 7 ta mehmonxona
Shubhasiz, har kim ham bolaligida daraxtdagi uy haqida orzu qilgan, lekin hammaning ham qo'lidan buni ro'yobga chiqarish kelavermagan.

 Endilikda esa bu narsaning imkoniyati paydo bo'ldi. Biroq, har doimga emas, balki vaqtinchaga: ba'zi bir mehmonxonalar daraxtlarda qurilgan xonalarda to'xtashni taklif qilmoqdalar. 

Keemala, Tailand

Keemala mehmonxonasi o'zining mehmonlariga Bird's nest, yoki o'zbek tiliga tarjima qilganda, "qush uyasi" nomli xonalarida to'xtashni taklif qilmoqda. Bu nomerlarda, barcha qulayliklardan tashqari, hattoki, 30 metrlik basseyn ham bor. Va bularning barchasi bir kecha uchun 20 ming rubldan sal ko'proq pul evaziga sizniki bo'ladi.

Tree Hotel, Shvesiya

Agarda sizni tropik o'rmonlar o'ziga rom etmasa va sizga ko'proq skandinav ko'rinishlari yoqadigan bo'lsa, u holda sizning yo'lingiz Shvesiyaga, Tree Hotelga tomon yotadi. Bu yerda mehmonlar bir biriga o'xshamaydigan bir nechta daraxtdagi uychalardan birini tanlashlari mumkin bo'ladi. Ular turli ishlarni stillarda qurilgan: yog'ochli, ko'zguli, hattoki noma'lim uchar jism ko'rinishidagi uylar bor. Nomerlarning narxlari 31 ming rubldan boshlanadi, biroq, daraxtdagi nomerning derazasidan ko'rinadigan o'ziga rom etuvchi manzaralar bunga arziydiku? 

Azulik - Adults Eco - Resort & Maya Spa, Meksika

Agarda siz sivilizasiya ne'matlaridan charchagan bo'lsangiz, u holda bu mehmonxona aniq siz uchun. Qoziqoyoqlardagi yog'och uychalarda na telefon, na internet, na elektr quvvati yoqdir. Mehmonlar uchun sog'lomlashtirish markazi va alohida qilingan nudistlar plyaji taklif etiladi. Kafeda eda organik taomlar taklif qilinadi. Nomerlar bahosi 18 ming rubldan boshlanadi. 

Tsala Treetop Lodge, Janubiy Afrika Respublikasi

O'rmonga bo'lgan maftunkor ko'rinishlar bilan Tsala Treetop mehmonxonasining daraxt uchidagi uychadan turib bahramand bo'lish mumkin. Har bir nomerda kichik  basseyn va ochiq ayvon bor. Shu bilan birga mehmonxonada osma terrasa bor bo'lib, unda mehmonlar ovqat vaqtida ajoyib manzaralardan zavqlanishlari mumkin. Nomer uchun narxlar 15 ming rubldan boshlanadi. 

Japamala Resort, Malayziya

Tioman orolida, tropik o'rmonda mehmonxona berkitilgan bo'lib, ungacha faqat suv orqali yetib borish mumkin bo'ladi. Daraxtlarda qurilgan yog'och uylardan Janubiy-Xitoy dengiziga maftunkor manzaralar ochiladi. Va bu hashamatning barchasi uchun 10 ming rubl to'lash kerak bo'ladi. 

Eureka Springs Treehouses, AQSH

Kedr xodalarida joylashgan g'ayrioddiy mehmonxona AQSH da joylashgan. Har bir uycha turli xil shaharlar stilida bezatilgan. Shu sababli ijarachilar qayerda yashashni tanlashlari mumkin: Venesiyadami, Nyu-Yorkdami, Santa-Fe, yoki Parijdami. Nomerlar narxlari 8 ming rubldan boshlanadi. 

Tentsiles, Finlyandiya

Nuuksio milliy bog'idagi ekolager - bu noodatiy plalatkali shaharcha bo'lib: bu yerda palatkalar yerdan balandda daraxtlarga osib qo'yilgan. Go'zal tabiat hamda, piyoda sayr va ko'lda cho'milishlar qo'shimcha taassurotlar qoldiradi. Ba bularning barchasi bir kecha uchun 150 evro evaziga.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook