5,088
просмотров
просмотров
Ko'pgina arxitektorlar kishini o'ziga tortadigan, ajoyib binolari bilan odamlarni hayratga solmoqdalar. Misol uchun, yaqin kunlarda Meksikada qoyalar chetida osilib turuvchi kokteyl-bar ochilishi kutilmoqda.
Tall Arquitectos kompaniyasi o'zining Mis darasidagi qoyalar chetida osilib turuvchi kichik restoran haqidagi "Copper Canyon Cocktail Bar" nomli loyihasini taqdim etdi.
Bu ajoyib bino 2 sathda bo'lishi rejalashtirilgan. Eng yuqori qavatda kichik hovuz, stollar va atrofni tomosha qilish uchun maydoncha joylashgan.
Quyi qavatda esa bar joylashgan bo'lib, u yerga ichimlik ichish uchun faqat dovyuraklargina tushishi mumkin. Chunki quyi qavatning poli oynadan ishlangan.
Albatta bu "ekstrimal" binoga balandlikdan qo'rqmaydiganlargina tashrif buyurishi mumkin.
Lekin balandlikdan qo'rqadiganlar Basaseachi sharsharasida ajoyib manzaradan bahra olishlari mumkin.
Сообщения из Facebook