
5,782
просмотров
просмотров
Arab Amirliklari va Dubay - o'zining ajoyib va innovatsion g'oyali loyihalari bilan insonlarni hayratga solmoqda. Qurilish sohasidagi katta loyihalardan biri - suvosti suzib yuruvchi, hashamatli villalardir.
Odam.uz sayti bu g'oyadan hayratda!
Bu ajoyib turar-joy kopleksi 42 ta siljib yuruvchi suvosti villalarni o'z ichiga oladi.

Loyihaning konsepsiyasi quyidagicha: har bir villa: 3 qavatdan iborat bo'ladi, ulardan 2 tasi suv ustida va 1 tasi suv ostida joylashgan bo'ladi


Yuqori qavat - dam olish maskani bo'lib, unda ochiq dush, mini-bar, mini-oshxona hamda shaffof shishadan ishlangan jakuzi hammom joylashgan

Dengiz darajasida joylashgan o'rta qavat esa - jihozlangan oshxona va ovqatlanish maydoni joylashgan yashash qismi hisoblanadi

Yotoqxona va hammom esa eng pastki qavatda-suv tubida joylashgan

"Suvosti" inshooti panoramali shaffof oynalarga ega bo'lib, unda yashovchilar suv tubidagi ajoyib manzaraning bevosita guvohi bo'lishlari mumkin.

Сообщения из Facebook