просмотров
Dunyodagi bir qancha uylargina haqiqatdan ham noyobdir. Lekin baribir bu uylarning barida muhim bo'lgan o'xshash jihatlar mavjud - qulaylik, issiqlik va toza havo, bularning barini uy va kvartiralar uchun tayyor ventilyatsion sistemalar ta'minlab beradi. Pastroqda Sizlarga noyob uylarning qiziq tomonlari haqida aytib o'tamiz.
Uy-minora
Belgiyada Stenokerzel shaharchasi bor. Uning diqqatga sazovor joylaridan biri - tashlandiq suv minorasidagi uydir. Uni Patrik Metsu o'zi uchun qurgan. Patrik minoraning joylashuvini saqlab qolgan holda uni yashash joyiga aylantirgan. Bu unga 40 000$ ga tushgan. Uyning balandligi 30 m bo'lib, 6 qavatdan tashkil topgan.
Malator
1998-yilda Uelsda xobbitlarning inini eslatuvchi uy paydo bo'ldi. Qisman - ikki yon devor va tom - inshoot yer tagida joylashgan. Uy atrof muhitdan mutlaqo ajralib turmaydi, ichidan esa u juda zamonaviy va qulaydir. Malator eski armiya kazarmasi o'rniga qurilgan.
Tor uy
Polsha poytaxtida dunyodagi eng tor uy qurilgan. Uning qalinligi atigi 1.5 metr. U ikki binoning orasida joylashgan. Uyni arxitektor Yakov Shestni har yili Varshavaga bir necha kunga keladigan Isroillik yozuvchi do'sti uchun qurgan. 2 qavatli uy yon tomondan uchburchak shaklda bo'lib, uyning ichida yashash uchun barcha sharoitlar mavjud.
O'rmondagi dumaloq uy
Ko'p bolalar daraxtda joylashgan uy haqida orzu qilishadi. Vaqti bilan bu orzular esdan chiqa boshlaydi. Lekin hammada ham emas. Kanadalik Tom Chadli faqatgina o'rmon o'rtasida uy qurmadi, u "Ozod ruhlar sohasi" qurilish sohasidagi butun bir kompaniyaga ham asos soldi. Uning loyihalari orasida chakalakzor daraxtda joylashgan sharsimon mehmonxona ham mavjud. Mehmonxona 4 xonadan iborat bo'lib, ularda bemalol yashash mumkin.
Сообщения из Facebook