Dunyodagi eng antiqa uylar
Dunyodagi eng antiqa uylar
Ba'zilar uchun uy - qulaylik, dam olish va xotirjamlik, boshqalar uchun esa - og'ir ish kunidan keyin uxlash va kuch yig'adigan joy hisoblanadi. Har bir uy - o'zining individual xususiyatiga ega, uy egasining shaxsiyatini ko'rsatadi, lekin bu oddiygina 4 devor va potolok.

Skeytbordist yashash makoni

Skeytbordist yashash makoni

Fransiyalik Pyer Andre Senizerg nafaqat skeytbording bilan shug'ullanadi, hatto Malibudagi uyini ham uning qismiga aylantirgan. Arxitektor va dizayner bilan maslahatlashib, u mashqlar uchun rampali bilan uy qurdi. Avvaliga bu loyiha Parijdagi ko'rgazmada taqdim etildi, keyin Kaliforniyada barpo etildi.

Shaffof uy

Shaffof uy

Tokiolik g'alati juftlik o'zlari uchun shaffof uy qurishga qaror qilishdi. Uyning ichida zinalar bilan birlashtirilgan kichik maydonchalar bor. Arxitektorlarning fikriga ko'ra, bunday noodatiy qaror daraxtdagi hayotga taqlid bo'ladi. Xohish bo'yicha shaffof devorlarni parda bilan yopish mumkin.

Kartondan ishlangan uy

Kartondan ishlangan uy

Yaponiyalik arxitektor Sigeru Banning sevimli materiali - karton. Barcha loyihalarining qurilishida u suv va olovdan saqlaydigan, poliuretan qatlamli karton quvurlardan foydalanadi. Sigeru dunyoning ko'p davlatlarida binolar barpo etgan, shu jumladan Rossiyada ham. Uning loyihalari orasida hatto 1 tonna og'irlikni ko'taruvchi ko'prik ham mavjud. 2004-yilda u nufuzli Pritzker mukofotini qo'lga kiritgan.

Oynadan ishlangan uy

Oynadan ishlangan uy

Iqtidorli arxitektor Filipp Jonson 1946-yilda dunyoda birinchi bor oynadan uy qurdi. Bu loyiha shu jihati bilan ham buyuk hisoblanadiki, o'tgan asrning o'rtalarida qurilish materiallari va moslamalari  zamonaviy materiallardan tubdan farq qilgan. Hozirgi kunda bu uy muzey sifatida ishlatiladi va issiq paytlarda xohlovchilar uchun doimo ochiq.

Hemosfera

Hemosfera

1960-yilda Jon Launter Los-Anjelesda o'zga sayyoralik uy kemani qurdi. Ulkan oynali inshoot har tarafdan sakkizburchak shaklini berib, u tik tepalik ustida joylashgan.Ichki tomondan uy yer ustidan bug'lanadigandek tuyiladi.  Tashqaridan qaraganda u NUJ ni eslatadi. Ma'lum vaqt davomida Hemosfera tashlandiq va yomon ahvolda bo'lgan, lekin XXI asr boshlarida uni ta'mirlashgan. Hozirda bu uy dunyodagi eng yaxshi uylar 10 taligiga kiradi.

Follinguoter

Follinguoter

Frenk Lloyd Rayt 1937-yilda dunyodagi eng noyob uylardan birini qurdi. Bu uy atrof-muhit bilan juda mos keladi. Uyning qad rostlashida relyef va landshaftning barcha afzalliklari hisobga olindi: qoyalar, daraxtlar, sharshara. Tashqaridan qaraganda fizika qonunlariga zid keluvchi bu uyning qurilishi bir yilda yakunlandi. Uy juda mustahkam va pishshiq qurilgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook