просмотров
Dunyoda tematik hiyobonlar mavjud va ularda eng baland bo’lgan suv arg’imchoqlari bor! Quyida ularning ba’zilari:
1. "Verrückt" suv arg’imchog’i (Kanzas-siti, Missuri shatati, AQSh)
2014 yildan boshlab Kanzas siti dunyodagi eng baland suv arg’imchog’iga ega bo’lgan shahar hisoblanadi. 168 fut (51,21 m) balandlikda joylashgan, jo’natish nuqtasi, xattoki, Niagara sharsharasidan ham balandda, qayiq esa ichiga uch kishini sig’dirib, 45 mil/s (72 km/s) tezlik bilan harakatlana oladi.
Lekin baxtga qarshi (balki qarshi emas), adrenalin ovchilarida yaqin orada bu imkoniyat yo’qoladi. Chunki 2016 yilda arg’imchoqda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa tufayli, yaqin kunlarda uning ishini tugatish rejalashtirilmoqda.
2. “Klimanjaro” (Matu-Grosu, Braziliya)
Aquas Quentes davlat hiyobonining hududida joylashgan “Klimanjaro”, Kanzas sitidagidan pastroq – 164 fut (50 m).
Aytishlaricha, bu arg’imchoq shunchalik zo’rki, xatto eng pastiga yetib bormaguningizgacha tanangiz uning sirtiga tegmas ekan.
3. “Insano” (Fortaleza, Braziliya)
Braziliyaning turistik kurortidagi “Beach Park”da joylashgan “Insano” – sizni yuqoridan pastga 104,61 km/s tezlik bilan olib tushadi.
Bunda siz qayiqdan foydalanmaysiz, ya’ni o’zingiz arg’imchoqda 135 fut (41,15 m) balandlikdan tushasiz. Bu yo’nalish hovuzda 4 soniyali suv sachratishingiz bilan yakunlanadi.
4. “Chayon dumi” (Viskonsin-Dells, Viskonsin shtati, AQSh)
Ushbu suv arg’imchog’I AQShdagi eng katta hiyobon hisoblangan Nuh kemasi akvaparkida joylashgan.
Bu arg’imchoqning qiziqarli tomoni shundaki, undan tushayotganingizda hech qanday kuch sarflamaysiz. O’rningizga hammasini mexanizm bajaradi. Siz faqatgina kapsula platformasiga tursangiz bas. U sizni 400 fut (121,92 m) balandlikdagi keskin qiyalikdan, katta tezlikda olib tushadi.
5. “Jumeyra Seyra” (Dubay, BAA)
Yana bir super ekstrimal suv arg’imchog’i. Dubaydagi “Wild Wadi Waterpark”da joylashgan. U “Chayon dumi” ga o’xshab ketadi, unda ham oyog’ingiz ostidagi platforma tushib ketadi va siz 102 fut (31 m) balandlikdan 128 km/s tezlik bilan pastga uchib tushasiz.
6. “Kamikadzening erkin tushishi” (Algavri, Portugaliya)
Bu moslama 31,7 m balandlikka ega bo’lib, 2015 yilda “Akvashov”da qurilgan. Uzunligi 129 m bo’lgan arg’imchoqdan 70 km/s tezlik bilan uchib tushishni xohlasangiz marhamat!
7. “Ishonch sakrashi” (Paradise Island Atlantis Resort, Bagam orollari)
Agar tezlik bilan uchib tushishlar sizni xayratlantirmagan bo’lsa “Ishonch sakrashi” sizni albatta qoniqtiradi.
Bu arg’imchoq haqiqiy jannat bilan o’ralgan bo’lib, 60 fut (18,29 m) balandlikka ega.
Qo’shimcha sinov – ichida akulalar suzib yurgan suvga sho’ng’ishdir. Ha, aynan akulalar. Lekin xavotir olmang, siz xavfdan xoli bo’lasiz, chunki suvga siz yopiq arg’imchoqda sho’ng’iysiz.
8. “Kliffxenger” va “Qichqirayotgan ilonlar” (Galveston, Texas shtati, AQSh)
Shlitterban akvaparkida adrenalinchilar uchun ikkita attraksion mavjud. Istasangiz “Kliffxenger”ga borib 81 fut (24,69 m) balanlikdan pastga tushib maza qiling, yoki ikkinchisini tanlab adrenalin bag’ishlaydigan sho’ng’ishni xis eting. Umuman olganda, adrenalin uchun ikkalasida ham uchib ko’ring!
Сообщения из Facebook