Dunyodagi eng qimmat kurortlar
Dunyodagi eng qimmat kurortlar

Ushbu maskanlarning betakror suratlarini ko’zdan kechira turib, kun kelib o’zingizni ham ana shu dam olish maskanlari bag’rida sayr qilib yurgan holatda taassavur qilsangiz ajab emas. Dunyoning eng qimmat kurortlaridan hisoblanmish mazkur yerlarga borish uchun shunchaki badavlat bo’lishning o’zi yetarli emas. Mazkur hududlar alohida obro’ga ega, avvaldan joy buyurtma qilgan va yuqori ijtimoiy statusga ega bo’lgan insonlarni qabul qiladi.

Atlantis

Dubay markazidan 20 km kilometr uzoqlikdagi Palm Jumeirah orolida joylashgan bebaho kurort hordiq chiqarish va ko’ngil yozish uchun barcha kerakli shart-sharoitlarga ega. Bu yerda dam olishning bir sutkalik narxi $15 000 bo’lib, kurort 2008 yildan buyon sayyohlarga xizmat ko’rsatib keladi.
Mehmonxona derazalaridan palma oroli va Fors ko’rvazi suvlarining go’zalligi yaqqol ko’rinib turadi. Kurortning ochilish marosimi esa mashhur xonanda va yulduzlar, siyosatchi hamda tidbirkorlar ishtirokida o’tkazilgan.

Isla de sa Ferradura

O’rtayer dengizida joylashgan kurort-orol o’zining hashamatli va ajoyib ko’rinishi bilan sayyohlar ko’nglidan joy olgan. Ushbu kurort plyajlari go’zalligidan bahramand bo’lib, mehmonxona ichiga joylashish uchun 115 000 AQSH dollari kerak bo’ladi. Isla de sa Ferradura dunyodagi eng qimmat kurort hisoblanadi. Garchi uning atrofida biroz hamyonbop narxdagi dam olish maskanlari yetarli bo’lsa ham, ko’pchilik sayyohlar aynan shu yerda dam olishni istashadi.
Kurort sohibi uni qurish uchun 10 yil davomida dunyoning eng yaxshi dizayner va arxitektorlari yordamida ish olib borgan. Ketkazilgan vaqt va mehnat o’z samarasini berdi, kurort haqiqatan ham kutilgandek benazir ko’rinishda qurib bitkazildi.

Necker Island

Karib dengizining Virgin orollarida joylashgan kurort o’zining mehmonxonalari, restoran va dam olish hududlari bilan mashhur. Bu yerda hordiq chiqarishning bir sutkalik narxi esa 30000AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu maskanda dam olish masalasi biroz qiyinroq, sababi kurort sohibi Richard Brenson faqatgina o’z oilasi ishtirokida dam olish mavsumini e’lon qiladi. Shu sababli yetarlicha pul bilan borsangiz ham, bu yerdan joy olishingiz muammoga aylanishi mumkin.

Musha Cay

Bagama orollarida joylashgan ushbu ertaknamo kurortda bir kun dam olish sizga 25 000 AQSH dollariga tushishi mumkin.Shunga qaramay kurortdan joy olishni istasangiz yo’q deganda 3 kun avval joy band qilib qo’yishga to’g’ri keladi. Kompleks beshta villa, toza tuproq va shaffof suvi bilan kishini o’ziga jalb qilib turadi.
Har bir villa ichida alohida basseyn, sauna va yam-yashil bog’lar mavjud. Kurort bir vaqtning o’zida bor-yo’g’i 24 nafar odam uchun xizmat qiladi.

Doll House

“Qo’g’irchoqlar uyi” nomini olgan mazkur kurort Shotlandiyaning yashil tepaliklari uzra joylashgan. Bu yerning bir sutkalik narxi 12 000 dollardan 20 ming dollargacha etib belgilangan. Hududda qumli plyaj va iliq okean suvlari yo’q, ammo ko’plab daryolar va toza suvli ko’llar bor. Bundan tashqari, mazkur kurort dunyodagi ekologik toza maskanlardan biri hisoblanadi.
Bu yerda dam olish uchun a’zolik badali sifatida 204 million AQSH dollari berish lozim, a’zolik to’lovining yillik narxi esa 1 million AQSH dollariga tengdir.

Casa Contenta

Mayami qirg’oqlaridan joy olgan hashamatli maskanning 20 million dollarga baholangan bo’lib, ushbu villada ko’p bilan 3 kun mehmon bo’lishingiz mumkin. Villaning bir sutkalik narxi 12-17 ming dollarni tashkil etadi. Bu yerdagi basseynni sharshara manzarasi to’ldirib turadi va aynan shu jihat sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Bu yerdagi xonalar dunyoning turli mamlakatlariga hos bo’lgan uslublarda jihozlangan.
Hordiq chiqarayotgan insonlar qo’l ostiga shaxsiy oshpaz hamda massajchi beriladi. Bu yerda sizni limuzinda kutib olishadi va toki jo’nab ketguningizga qadar kuzatib yurishadi.

The Rania Experience

Maldiv orollarining Faafu atollida joylashgan Rania kurortida dam olishning bir sutkalik narxi 10 000 dollar bo’lib, yaqin davrlarda qadar u dunyodagi eng nufuzli kurort sanalgan. Keyinchalik paydo bo’lgan kurortlar Raniani o’z ortida qoldirib ketdi, ammo bu bilan kurortning darajasi o’zgarib qolmadi.
Bu yerda mehmonlarni betakror plyajlar, maxsus mehmonxonalar, milliy oshxona restoranlari va yaxta kutadi. Orolni bir vaqtda 12 kishi ijaraga olishi mumkin, yaratilgan sharoitlar esa sizni hayratga soladi.

Sandy Lane Tam

Atlantika okeani va Karib dengizi suvi birlashuvchi hudud, Barbados orollaridagi ushbu kurort o’z mehmonlarini quchoq ochib kutib oladi. Faqat bu maqsadda hamyoningizga har sutka uchun 8 ming dollardan 25 ming dollargacha bo’lgan miqdordagi pulni solib qo’ying.
Bu yerni “Kichkina angliya” deb ham ataydilar, sababi dizaynerlar bu yerlardagi sobiq plantatsiyalarni roman uslubidagi haqiqiy jannatga aylantirib yuborishgan. Hordiq chiqaruvchilar uchun golf maydoni, spa salonlar, britaniya oshxonasining sara taomlarini taklif etuvchi ajoyib restoran xizmat qiladi.

Altamer

Karib dengizida joylashgan hashamatli villaning bir sutkalik narxi 5 ming dollardan 12 ming dollargacha bo’lib, bu yerda ko’pi bilan 2 kun dam olish uchun ruxsat beriladi. Ammo shuning o’zi ham ajoyib xizmat ko’rsatish tizimi sharoitlaridan foydalanish, okean bag’rida cho’milish va mazali taomlardan iste’mol qilish uchun yetarlidir. Bu yerda maxsus kinoteatr, spa salonlar, basseynlar va jakuzilar ham bor.

Cayo Espansto

Bir kun uchun 1395 dollar to’lagan holda Beliz qirg’oqlarida joylashgan ushbu kurort manzaralaridan bahramand bo’lishingiz mumkin. Bu yerda milliy oshxona taomlaridan iste’mol qilib, okean go’zalliklaridan bahramand bo’lasiz. Orolchada 5 ta villa mavjud va har biri uchun shaxsiy xizmatchi biriktirilgan.
Syorfing va dayving shinavandalari ham aynan shu yerda ushbu mashg’ulotlar bilan shug’ullana oladilar. 10 000 dollar evaziga esa butun orolni band qilib, sivilizatsiyaning barcha sharoitlaridan foydalangan holda o’zingizni Robinzondek his qilishingiz ham mumkin.

Turtle Island

Toshbaqa orolida dam olishning bir sutkasi 1632 dollarga aylanadi. Ushbu narx ichiga yashash, ovqatlanish va baliq tutish ham kiritilgan bo’lib, sayyohlar o’z istaklariga ko’ra somon bungalolar yoki zamonaviy kottejlarga joylashishlari mumkin. Orol bir vaqtning o’zida 14 kishi kishi uchun xizmat ko’rsatadi.

Vatulele Island

Fidjida joylalgan ushbu kurortning bir sutkalik narxi 1600 dollar. Betakror tropik arxipelag o’zining mo’jizakor tabiati, toza havosi va tillarang plyajlari bilan hayolingizni oladi. Bu yerda baliq tutib, uning mazasini totib ko’rish, milliy taomlardan iste’mol qilib lazzatlanish mumkin. Sayyohlar bungalolarda yashab, orol bo’ylab yalangoyoq yurishadi va to’laligicha ekzotika bag’riga cho’madilar.

Fregate Island Private

Seyshel orollarida joylashgan ushbu hashamatli kurort ajoyib plyajlari, qulay mehmonxonasi va ko’ngilochar xizmatlari bilan dong taratgan. Bu yerda dam olishning bir kunlik narhi 2,400 dollardan 2,700 dollargacha bo’ladi. Kurort o’z mehmonlariga golf maydoni, basseynlar, go’zallik salonlari, massaj, dayving va syorfing xizmatlarini taqdim etadi.
Bu yerdagi tabiat, o’simliklar va hayvonot olami kurort go’zalligini to’ldirib turadi. Aynan shu yerda kamyob toshbaqa turlarini uchratishingiz, tropik daraxtlar orasida sayr qilishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook