
20,076
просмотров
просмотров
Mehmonxonalar sayyohlar uchun hamisha o’z bag’rini ochib, yorug’ yuz bilan xizmat qilishga tayyor. Ular orasida oddiylari ham, hashamatlilari ham, mutlaqo noodatiylari ham bor. Bugun sizlarnning e’tiboringizga Yer sayyorasidagi 10 nafar eng noodatiy mehmonxonalarni taqdim etamiz.
1. Oksforddagi Malmaison Hotel mehmonxonasi, Angliya.
Oksfordning sobiq qamoqxonasi sobiq maxbuslar faqat orzu qila oladigan shoxona xayot uchun mehmonxonaga aylantirildi. Mehmonxonada tahminan 100 nafar ha-shamatlari xonalar, bir necha barlar mavjud.
2. Jules’ Undersea Lodge, Florida, AQSH.
Dastlabgi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, noyob suvosti mehmonxonasi Floridadagi Ki-Largo suvosti bog’ida joylashgan. Mehmonxonaga faqatgina 6 metr chuqurlik-dagi suv ostiga sho’ng’ibgina kirish mumkin. Ikki juftlikka mo’ljallangan meh-monxonada yashash uchun barcha zarur narsalar: dush, mikroto’lqinli pech va so-vutgich bor.
3. Das Park Hotel, Avstriya.
Bu yerda mehmonlarga Dunay daryosi bo’yidagi beton quvurning ichida tunash imkoni taklif etiladi. Diametri ikki metr va balandligi ikki yarim metr bo’lgan suv quvuri oyna va eshik bilan jihozlangan. Ichki anjomlar krovatoldi lampasi, matras, ko’rpa va uyqu qopini o’z ichiga oladi.
4. Kakslauttanen mehmonxonasi, Finlyandiya.
Yorqin tabiiy voqealar ishqibozlari ushbu muz devori orqali shimol tungi yog’dusini kuzatishlari mumkin. Shimoliy qutb xalqasi ostida joylashgan Shimoliy Finlyandiyada muz va shishadan qurilgan imoratlari juda issiq va qulay.
5. UtterInn, Shvetsiya.
Ushbu ajoyib mehmonxonaning muallifi shved musavviri hisoblanadi. U Stok-golmdan juda uzoq bo’lmagan Melaren ko’lida joylashgan va ko’rinishi suv ostiga sho’ng’ish uchun qurilgan kichik bir omborxonani eslatadi. Kulbaning polidagi qopqoqli tuynukni ochib mehmon yotoqxonaga – suv ostida joylashgan, ammo suv o’tmaydigan kameraga kirishi mumkin.
6. Muzli mehmonxona, Shvetsiya.
Turistlarga oldindan issiq kiyimlarni tayyorlab qo’yishni tavsiya qilinadi, chunki Yukkasyarvida qishda harorat 35°C daraja sovuqqacha tushishi mumkin. 59 xonali mehmonxonada kinoteatr, sauna, badiiy gallereya, kichik ibodatxona va ichimliklar bari bor. Muzdan tayyorlangan matrasda uxlash tasavvur qilgandagina sovuqday ko’rinadi, chunki krovatlar bug’u terisi bilan qoplangan, to’shak jildi vazifasini esa uyqu qoplari bajaradi.
7. Luxury Resort Sant-Andjelo, Italiya.

8. O’tovli mehmonxona, Ispaniya.
Andalusiyaning hayratga loyiq go’shasida zaytun daraxtlari orasidagi o’tovlar joy-lashgan. Bu yerda odamlar tongni qo’ng’iroq bongi va qushlar sayrashi ostida, oq-shomni esa tog’larning fusunkor ko’rinishini kuzatgan holda qarshi oladilar.
9. Hotel Monasterio mehmonxonasi, Peru.
Kusko shahridagi XVI asr monastiri o’rnida barpo etilgan mehmonxona dengiz sa-thidan 3000 metr balandlikda joylashgan. Mijozlarni tog’ kasalidan xalos qilish uchun xonalarga maxsus sistema yordamida kislorod yetkazib turiladi. Taniqli in-sonlarni joiz bo’lgan qiyinchiliklar cho’chitmadi. Mehmonxonaga tashrif buyur-ganlar ichida Leonardo Di Kaprio, Djeyn Fonda, Jizel Bundxen va boshqa yulduzlar ham bor.
Сообщения из Facebook