просмотров
Vulqonli plyaj (Meksika)
Meksika Banderas buxtasida chiroyida tengsiz plyaj bor. U taniqli Puerto-Valyarta sohilning yonidagi havzada joylashgan. Bu plyaj vulkon silkinishi sababli paydo bo'lgan. Tinch okean tafayli yoq bo'lib ketayotgan tog' massivlari, qirra biqinli chiroyli suv chashasiga aylangan. Yumshoq qum va juda toza suv tufayli bu plyaj dunyodagi eng ajoyib plyaj hisoblanadi.
Papakolea (AQSh, Gavaya orollari)
Mana masalan kimni hozir qora yoki pushti sohillar bilan haylantirish mumkin? Faqat o'z yurtlarini tark etmaydigan odamlarni balkim bo'lishi mumkin. Agar biz yana yashil qumli plajlar borligini aytsakchi ? Aynan shunday plyajlar Gavayya orollarida joylashgan. Mahalliy yashovchilar bu joyni 《briliant》deya atashadi. Ajab emaski bu plyaj butunlay xrizolit kristallari bilan qoplangan, bu toshlar yarim qimmatbaxo sanaladi. Bu mineralning grami bir dollarga teng. Shunday ekan bu plyajda pullar oyoq ostida yotadi deyish ham mumkin.
Shishali plyaj (AQSh Kaliforniya)
Tabiat mo'jizalarga qodir deya bekorga aytishmagan. Ma'lum bo'lishicha tabiat hali hamon odamlar hatolarini mo'jizalari bilan to'g'irlamoqda. Kaliforniyadagi Ford-Bregg shaxarining oldida 70 yil muqaddam shishali tashlandiq joyi tashkil qilingan. Bunday tashlandiq joyni ko'rgani kelgan hamzamonlar plyajni ko'rib hayratlanishdi. Bunday jalb qiluvchi manzarani yana boshqa qayerda ham ko'rish mumkin ?
Iztuzu (Turkiya)
Bu plyaj tog' massivining past qismidan boshlanadi. Sredizem dengizining sohillarida sayyohlar tilla rangli qum va illiq suvlarida mazza qilib dam olishadi. Iztuzu mahalliy tabiat qo'riqxonalariga kiradi. Muhum diqqatga sazovor bo'lgan to'rtkillometrli buxtasida qizil kitobga kiritilgan katta boshli dengiz toshbaqalari bor. Iztuzugacha qanday yetib borish mumkin? Plyaj Dalama shaxarida sakkiz killometr narida joylashgan.
Tarhankut (Qrim)
Qrim burni sizga butun umringizga nimasi bilan taasurot qoldira oladi? Birinchida yovvoyi plyajlari va singan jarliklari bilan. Bu yerda o'sadigan o'simliklarni boshqa hech qayerta uchratmaysiz. Bu yerning oqimidagi suvlar qoramtir zumrad rangiga ega!
Shuningdek bu burun ko'llari bilan mashhur, misol uchun "sevgi chashasi" deb nomlangan ko'li juda chiroyli. Shunday rivoyat bo'lganki, agar ikki sevishganlar qo'l ushlashib shu ko'lga sakrashsa ularning bir biriga bo'lgan tuyg'ulari hech qachon so'nmas ekan.
Pushti plyaj (Bogama orollari)
Agar siz pushti rangni juda ham yoqtirsangiz Bogama orollarida joylashga - Xarbor plyaji aynan siz uchun yaralgan. Sohillarda mashhur ko'p insonlarni uchratish mumkin. Bu hech ham haylantirmaydi chunki eng zo'r fotosetlarni aynan suv oldida olinadi. Pushti plyaj dunyodagi eng zo'r plyaj deb hisoblanadi. U o'zining toza suvi bilan mashhur, qum esa yumshoq va illiq. Sohil bo'yida siz to'lqinlar mavjudligini unutib qo'yasiz, chunki bu yerda deyarli to'lqinlar bo'lmaydi. Bu bari buxta okeandan yarim aylana bilan himoyalangani sababli. Bundan tashqari pushti plyaj dayverlar orasida taniqli.
Vatulele (Fidji)
Maldiviya orollarining qaysi plyaj muhum raqibi deya hisoblanadi? Albatta bir nomli Fidji orolidagi Vatulele plyaji. Bu plyaj o'tib bo'lmas yovvoyi o'simliklarda birikib, moviy rangli dengizga qarab chiqgan. Vatulele bizning sayyoramizdagi eng jannatmakon joy deya bemalol aytish mumkin. Shuning uchun ko'p yevropaliklar to'y marosimlarini aynan shu yerda o'tkazishadi. Insoniyat taraqqiyoti bu oroldan ancha uzoqda - Avstraliyagacha bu yerdan 2 ming killometr uzoqlikda.
Balos (Gretsiya)
Bu plysj Krit oroldagi Gramvus yarimorolning g'arbiy tomon buxtasida joylashgan. Bu yerning manzaralari haqiqatdan ham o'ziga shaydo qiladi. Bu joyni yovvoyi deb atash onson. Buxtada bir necha kafelar bor. Lekin sayyohlar u yerda o'tirishiga vaqt yo'q, chunki sohildagi suv ob-havo sababli doyimo rangini o'zgartiradi.
Сообщения из Facebook