просмотров
Gavayida uysizlar shunaqangi yaxshi hayot kechiradiki, hatto ularning huquqlari orol hukumati tomonidan qo'riqlanadi. Gavayi AQSHdagi eng ko'p uysizlar yashaydigan qism hisoblanadi. Bu yerdagi uysizlar soni butun davlat bo'yicha yashaydigan uysizlar sonidan 6 (!) marta ko'p. 6 marta - butun aholining 1,2%i. oxirgi 10 yil ichida barcha uysizlarning 3 qismini boshqa shtatlardan Gavayiga yuborishgan.
Nimaga bunday bo'lyapti, deb so'ramoqchimisiz? Gap shundaki, bu shtat uysizlarga bo'lgan alohida gumanizm tuyg'ulariga ega bo'lib, ularni har qanaqasiga himoya qilishga, yordam berishga,ehtiyojlarini ta'minlashga harakat qilishadi va uysizlarning o'lib ketishiga yo'l qo'yishmaydi.
Ana endi diqqat qiling - Gavayi shtati hukumati o'rta hisobda bitta uysiz uchun oyiga 700$ sarflashadi. Mana haqiqiy minimal hayot qiymati. Deyarli 42 ming rubl. Qiziq, Rossiyada qancha odam shu summadan kam maosh oladi? Bunda ular uysizlarga o'xshab bekor yurishmaydi, ishlab o'z mehnatlariga maosh olishadi..."
Bundan ko'rinib turibdiki, Gavayida uysizlar mazza qilib yashaydi. Quyosh, okean, hech qanday sovuq bo'ronlar bo'lmaydi. Qayerda yashash haqida o'ylab o'tirmasa ham bo'ladi, xohlagan joyda yashash mumkin, sovub qolmaydi.
Hukumatning bu insonlarga bo'lgan yuqori insonparvar munosabatlariga qaramasdan, iqtisodiy jihatdan bu holat yomonlashib bormoqda, chunki orolda mahalliy aholidan ko'ra, uysizlarning soni tobora ortib bormoqda...
Hukumat bunga qanday chora topganini bilasizmi? Ular uysizlarni sayohatga yuborishga tayyor!
Gavayidan boshqa yerga faqat samolyot orqali sayohat qilish mumkin bo'lganligi uchun hukumat ular uchun aviachiptalar sotib olishadi va uysizlarni samolyotga qo'yishlari uchun ularni yuvintirib, normal holatga ham keltirishadi. To'g'ri, bu bir yo'li. Boshqa so'z bilan aytganda, bu usul bilan uysizlarni oroldan chiqarib yuborish maqsadi yotadi.
Odamlarni mamlakatdan zo'rlab chiqarib yuborish Amerika qonunlariga to'g'ri kelmaydi, shuning uchun foydasiz aholining o'z xohishi bilan boshqa yerga ko'chib ketishi to'g'risidagi programmani ishlab chiqishga to'g'ri keldi.
"Materikka sayohat" programmasidagi cheklovlar minimal: hech qanday yuqumli kasalliklarga chalinmagan va bu sayohatning ixtiyoriyligi haqidagi hujjatga qo'l qo'yadigan barcha uysizlar sayohatga chiqishlari mumkin. To'g'ri, kontinentga uchish faqat bir marotaba amalga oshiriladi: uchib ketish, o'z hisobidan qaytish va keyin yana uchishga ruxsat berilmaydi. Hukumat rasmiy ravishda bu programmani uysizlarga g'amxo'rlik qilish maqsadida ekanligini bildirib o'tishdi. Endi ular yana oyoqqa turishga yordam beruvchi yaqinlari oldiga bemalol ko'chib borishlari mumkin.
Lekin hamma biladiki, shtat bu yo'l bilan byudjet pullarini tejashni rejalashtirgan. Uysizlarni hayoti oxirigacha ta'minlagandan ko'ra, ularni bir marta kiyintirib samolyotga o'tkazib yuborgan arzonroq.
Umuman olganda, Gavayi uysizlarni "qonuniy" chiqarib yuborish fikrini o'ylab topmagan.
Bu fikr birinchi Nyu-Yorkda olg'a surilgan bo'lib, hukumat 2007-yildan mahalliy uysizlarga avtobus, poezd va hatto samolyotlarga chiptalarni ham olib bergan. Hammasi tekin, lekin bitta oxirida. Tabiiyki buning hammasi uysizlarni iqtisodiyot uchun chiqarishdek emas, balki shaharning oilani birlashtirish yo'lidagi ezgu g'amxo'rligi sifatida taqdim etiladi.
Deyarli 10 yildan buyon Nyu-Yorkdan bir necha yuz uysizlarni har yili boshqa o'lkalarga yuborishadi. Buning uchun shahar byudjetidan har yili yarim million dollar sarflanadi, lekin chiqimlar qoplanadi - har bir "birlashgan oila" dan iqtisod Nyu-Yorkda 36 ming dollarga yetadi.
Nyu-Yorkning tajribasi butun AQSHga yoyila boshladi. Uysizlarning tekin sayohat programmasi boshqa San-Fransizko kabi katta shaharlarda va kurortni eslatuvchi toza Floridada ham amalga oshirila boshladi. Keyin uysizlarni ko'chirib yuborish fikrini Luiziana poytaxti bo'lgan Baton-Roje ham qo'llab ko'rdi.
Berahm Janubda esa nyu-yorklik hamkasblariga o'xshab gumanitar ikkiyuzlamachilik qilib o'tirishmadi, shuning uchun boshidan programmani "tozalab supurish"(Clean sweep) deb nomlashdi, lekin vaqtida o'ylab, uning nomini "Umid" deb o'zgartirishdi. Umuman olganda, hamma yerda hukumat faqat boradigan joyi borligini tasdiqlagan uysizlargagina bepul chipta berishini ta'kidlab o'tadi. Lekin bu qoidaga qanchalik amal qilinadi-bu no'malum. Ayniqsa, deyarli hamma joyda uysizlarga bepul chipta ta'minotini politsiyachilarga topshirilganini hisobga olsak.
Menga shu narsa qiziqki, qachon barcha shtatlar bu programmani qabul qilib, AQSHda uysizlar halqalanib yuradi. Ana o'shanda uysizlar AQSHda bemolol - shtatdan shtatga mahalliy budjet hisobidan bepul uchib yura oladilar.
Сообщения из Facebook