просмотров
Odamlarning xohlagan holatga moslashib ketishi unga ona-tabiat ato etgan xislatdir. Va bu hali barchamiz nimaga qodirligimizni oxirigacha ochib bermagan holatda!
Quyida Yer yuzidagi dahshatli hayot kechiriladigan 25 joyni ko’rishni taklif etamiz. Siz o’sha yerda yashay olarmidiz?
1. "Sharq” bekati, Antarktida
Bu yerda sovuqliqrekord darajada, havoda deyarli namlik yo’q, kislorod yetishmovchiligi juda ham sezilarli darajada. Shamolning o’rtacha tezligi 18 km/s, polyar tun esa yarimyil davom etishi mumkin. Shu yerda yashovchi tadqiqotchilarga ob-havoga moslashishlari uchun bir necha oy kerak bo’ladi, ular tomir tortishishlarni, bosh og’riqlarni, burundan qon oqishlarni va boshqalarni boshdan kechirishlari kerak bo’ladi.
2. O’lim vodiysi, AQSH
G’arb yarimsharining eng issiq joyi. Lekin shuyerda ham, Fernas-Krik degan joyda kichik bir jamoa hayot kechiradi.
3. Oymyakon, Rossiya
Bu joy sovuqning shimoliy qutbi deb nomlashlarini aytibo’tishning o’zi yetarli…
4. La-Oroya, Peru
Juda ifloslangan joy. Bu yerlarda yashaydigan bolalarning ko’pisi qo’rg’oshin bilan zaharlanishdan azob chekishadi.
5. Dallol, Efiopiya
Bu yerda yashovchilar tashqi dunyo bilan aloqa yo’qligidan va 40° C dan past tushmaydigan haroratdan azob chekishadi.
6. Norilsk, Rossiya
Bu shahar o’zida past sibir haroratini va sanoat ifloslanishining juda baland darajasini birlashtirgan shahardir.
7. Motuo, Xitoy
10 000 kishi istihomat qiladigan juda qiyin topiluvchan joy. Bu Yerga yetib olish uchun birhafta xavfli tog’ yo’laklari bilan yurish kerak.
8. Muli, Farer orollari
Bu qishloqda 4 kishi yashaydi. Ularga izolyatsiyani, tabiiy resurslar yo’qligi va oldindan aytish qiyin bo’lgan havoni chidashga to’g’ri keladi.
9. Megxalaya, Hindiston
Dunyodagi eng nam joylardan biri. Va albatta mussonlar ham ko’p xursand qilavermaydi...
10. Kifuka, Kongo DR
Ushbu qishloq yashovchilari juda ko’p sonli bo’ronlarga chidab yashashadi. Bir kilometr kvadratga bir yilda o’rtacha 25 chaqmoq urishlariga to’g’ri keladi.
11. Fillipindagi suzib yuruvchi uylar
Badjo ko’chmanchi xalqini yana “suv lo’lilari” deb ham atashadi. Ular okeanda suzib yuruvchi uylarda yashashadi.
12. Tristan-da-Kunya
Bu orol Shimoliy Afrikadan 3 000 km uzoqda joylashgan. Bu yerliklar begonalarni yaxshi ko’rishmaydi…
13. Barrou, AQSH
Alyaskadagi bu shaharcha o’zinig uzun polyar tunlari va past haroratliligi bilan tanish. U Shimoliy muz okeani qirg’oqlari bo’yida joylashgan.
14. Sokotra, Yemen
Bu orolda 40 000 ta odam yashashiga qaramasdan, unda faqat 2 yo’l bor. Umuman olganda, bu joy izolyatsiyalangan.
15. Pompei, Italiya
Hosildor yeri sababli mashhur Vezuviyning qiyaliklari haligacha odam yashasa bo’ladigan joy hisoblanadi, ammojoy baribir ham xavflidir.
16. Linfen, Xitoy
Shahar Xitoyning ko’mir viloyatida joylashgan. Rasmda hammasi ayon..
17. Chernobil, Ukraina
1986 yilgi fojiali musibatdan keyin ham ba’zi odamlar ushbu begonalashgan maydonda yashab kelmoqdalar.
18. La-Rinkonada, Peru
Mahalliy aholinig 30 000 tasi oltin makonlarida ishlab kelmoqdalar. Ularning ko’pisi simob bilan zaharlangan. Qizig’i, bu odamlarga ish haqi berilmaydi. Oyida bir marta ularda qo’llaridan kelgancha ruda olib chiqishlariga ruxsat beriladi. Mana shunaqa lotereya!
19. Mintsin, Xitoy
Ushbu maydon ikki gullayotgan cho’l orasida joylashgan bo’lib, vaqti kelib, barcha hosildor yerlar qum ostida ko’milib ketadi. Lekin hozircha u yerda odamlar yashab kelmoqda…
20. Kuk, Avstraliya
Qachonlardir but emir yo’l bekati edi. Hozir bu yerda4 ta odam istihomat qilmoqda, va ularga suv hamda ovqat keltirib berish zarur, axir u yerda hech narsa o’smaydi.
21. Pitkern orollari
Bu yerga faqat kanoeda yetib kelish mumkin. Orollarda 9 oila yashaydi. Bu deyarli 50 kishi degani.
22. Kivu dengizi, Kongo/Ruanda DR
Qirg’oqlarda 2 mln.ga yaqin odam yashaydi, ammo dengizda juda ko’p metan moddasi bor. O’sha sababli odamlar katta xavf ostida bo’lishlari mumkin.
23. Merapi tog’i, Indoneziya
Oxirgi 500 yil ichida vulqon 60 martadan ziyod otilib chiqqan. Shunga qaramasdan, 250 mingdan ortiq odam uning pastida yashab kelmoqdalar.
24. Verxoyansk, Rossiya
Avvallari bu joy surgun qilinganlar joyi edi. Hozir qutb doirasidan keyingi shaharda 1 500 ta odam yashab kelmoqda.
25. Atakama cho’li, Chili/Peru
Yerning eng quruq burchagida 1 mln ga yaqin inson istihomat qiladi. Ularning ko’pginasi mis makonlarida ishlashadi.
Сообщения из Facebook