Rossiyaning Moskva shahrida 3000 dan ortiq turli-tuman restoranlar mavjud bo’lib, ular bir-birlaridan joylashuv o’rni, taomlar narxi, hududi va boshqa ko’plab o’ziga hosliklari yuzasidan farq qiladi. Bu turli kafe, bar va boshqa turdagi taomlanish maskanlarini hisobga olmagan holdagi ko’rsatkichlardir.
La Bella Societa restorani
Restoranlar uchun tanlangan binolarning har biri o’ziga hos, shu sababli ular orasidan ayrimlarini eng yaxshisi sifatida tanlash ham qiyin. Ammo restoranlar qatorida shunday ajoyiblari borki, faqatgina taomlanish uchun emas, haqaqatan hordiq chiqarish uchun tashrif buyurgingiz keladi.
Restoran nomi “Chiroyli jamiyat” deya tarjima qilinadi va bu orqali o’zining orginal taomlari hamda bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlar toifasiga urg’u beradi. Ushbu bino interyeri o’zining yil davomida gullab turadigan o’simlik va gulli devori bilan mashhur. Mazkur devor Yevropa hududidagi eng katta o’simlik devori sanaladi.
Restoran vakillari qora slanets yordamida yaratilgan ochiq oshxona va marmar ustunlar bilan ham g’ururlanishadi. Mazkur restoran menyusi taniqli oshpaz Jey Miller tomonidan tuzib chiqilgan.
White Rabbit restorani
Moskva shahridagi barcha restoranlar ham o’z derazalaridan butun shahar manzaralarini tomona qilish imkoniyati bilan maqtana olmaydilar. Ushbu restoran esa White Rabbit binosining 16 qavatida joylashgan bo’lib, aynan mana shu jihat shahar mehmonlarini o’ziga jalb etadi va bir bor bo’lsa-da shahar go’zalliklaridan bahramand bo’lish uchun aynan mana shu yerga boshlab keladi.
A’lo darajadagi viktorian interyer uslubi har bir mehmonda Lyuis Kerrol asarlaridagi kabi ertaknamo sharoitga tushib qolgandek taassurot uyg’otadi. Bu yerda eski kitoblardan yasalgan bar ustunlari mavjud bo’lib, bir qarashda o’ziga e’tiborni jalb qila oladi. Shuningdek bu yerda qishki bog’ go’zalligidan ham bahramand bo’lishingiz mumkin.
Restoranning asosiy menyusi Rossiya oshxonasiga tegishli orginal tajribalar yig’indisidan iborat va ushbu tajribalar rahbari shef-oshpaz Vladimir Muxin sanaladi. Vladimir Muxin Moskavadagi oshpazlar avlodi vakillaridan biridir.
Turandot restorani
Mazkur restoran Tver bulvarida joylashgan va bu yerga tashrif buyurganlarni betakror interyeri, renessans uslubi, binodagi barokko va mumtoz uslub uyg’unlashuvi bilan hayratga soladi. Restoranning umumiy hisobda 12 ta zali bor, ularning birida esa mashhur kinolardan biri suratga tushirilgan.
Restoran menyusi o’z tarkibiga bir necha turdagi oshxona taomlarini jamlagan, oshpazi esa avvallari prezident ma’muriyatida shef-oshpaz sifatida faoliyat olib borgan mashhur D. Eremeev sanaladi.
Pushkin restorani
Diqqatingiz markazidagi ushbu restoran Yevropaning eng yaxshi restoranlari ro’yxatiga kiritilgan. Shuningdek, bu restoranni sovet Moskvasi oroli va megapolis yuragi deb ham ataydilar. Aynan Pushkin restorani bu yerga tashrif buyurgan har bir horijlikni haqiqiy rus oqsuyaklari taomlari haqida bilib olish va ulardan bahramand bo’lishga undab turadi.
Oshxona bino ochilgan payt, ya’ni 1999 yildan buyon mana shu yerda mehnat qilib kelatyotgan shef-oshpaz Andrey Maxov tomonidan yuritiladi.
Nobu restorani
Nobu Moskvadagi eng qimmat restorandir. U halqaro tarmoqlarga aloqador sanaladi va shaxsan Robert de Niroga tegishli ekanligi bilan ko’pchilikni o’ziga tortib turadi. Nobu restorani haqiqatan shohona muhitni his qilish istagida bo’lgan insonlar uchun hamisha ochiq yuz bilan xizmat qiladi.
Сообщения из Facebook