Bizning sayyoramizda shunday xavfli hududlar borki, u yerlarga borish qat’iyan taqiqlanadi. Buning bir necha sabablari mavjud: ba’zilarida to’fonlar sodir bo’lsa, boshqalarida doimo urushlar bo’ladi, yana qaysinisidadir yuqori jarajadagi jinoyatchilik avj olgan. Bizning bugungi maqolamizda borish tavsiya etilmaydigan 15 joy haqida so’z boradi.
1.Saxel hududi
Shimoliy Afrika
Saxel – Sahroi Kabir bilan Afrika janubidagi unumdor yerlarni ajratib turuvchi hududdir. Gap shundaki, odamlar bu yerdagi chegaralangan miqdordagi suv zahirasini haddan tashqari ko’p sarflab yuborishlari hududda suv tanqisligini keltirib chiqardi hamda qurg’oqchilik va ochlikka sabab bo’ldi. 1972-1984 yillar oralig’ida, ya’ni 12 yil davomida bu huddudagi qurg’oqchilik tufayli 100 000 dan ortiq odam halok bo’ldi.
2.Ilonlar oroli
Braziliya
Bu hudud Braziliyadagi San-Paulu qirg’oqlarida joylashgan bo’lib, “Ilonlar oroli” deb ataladi. Bu yerdagi har bir kvadrat metrda juda katta miqdorda o’ta zaharli ilonlar yashaydi. “Orol botropsi” deb nomlangan dunyodagi eng zaharli ilon turi ham aynan shu yerda yashaydi. Bu ilonning zahri shunchalik kuchliki, ilon chaqqan insonning badani parchalanib ketadi. Shuning uchun ham Braziliya hukumati bu orolga borishni qat’iyan taqiqlab qo’ygan.
3.Danakil sahrosi
Danakil sahrosi Efiopiyaning shimoli-sharqi, Eriteriyaning janubiy va Jibutining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, dunyodagi eng xavfli hududlardan biri hisoblanadi. Bu yer zaharli gazlar avratib chiqaruvchi kuchli vulqonlari, geyzerlari hamda haddan tashqari issiq havo harorati bilan ajralib turadi.
4.Oymyakon qishlog’i
Rossiya
Rossiya hududidagi Oymyakon qishlog’i Sibirning ichkarisida, poytaxtdan 10 ming killometr sharqroqda joylashgan. Bu yer aholi yashaydigan dunyodagi eng sovuq hudud hisoblanadi (minus 71,2° C). Bu qishloqda 500 nafar inson istiqomat qiladi. Bu yerda mobil aloqa vositalari deyarli ishlamaydi, ekin-tekin yetishtirishning ham ilojisi yo’q.
5.Siriya davlati
Uzoq davom etayotgan qurolli to’qnashuvlar sababli Siriya davlati oxirgi yillarda dunyoning eng “qirg’inbarot” hududlaridan biri hisoblanadi. Urush iskanjasida qolib ketgan ushbu mamlakat aholisi doimiy otishmalar, oziq-ovqat mahsulotlarining va tibbiy yordamning yo’qligidan, uzoq qamallardan va hattoki kimyoviy qurollarning qo’llanilishidan aziyat chekadilar.
6.Alagoas shtati
Hammaga ma’lumki, Braziliya mamlakatining Rio-de-Janeyro va San-Paulo kabi megapolislarida jinoyatchilik ko’rsatkichi juda yuqori. Biroq uncha mashhur bo’lmagan kichkinagina Alagoas shtati esa qotilliklar bo’yicha nafaqat Braziliyada, balki butun dunyo bo’yicha yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. 3 million aholisi bo’lgan ushbu shtatda har yili 2000 ta odam qotilliklar qurboniga aylanadi.
7.Monrovi xarobalari
Liberiya
Afrikaning g’arbida joylashgan Liberiya mamlakatining poytaxti Monrovida Afrika mintaqasidagi eng yomon xarobalar joylashgan. Bu xarobalarning aholisi 75 ming nafar bo’lib, ular xolera epidemiyasidan, narkotiklarning ta’qiqlarsiz iste’molidan, jinoyatchilik, o’smirlar o’rtasidagi fohishabozlik va antisanitariya sharoitlaridan aziyat chekadilar. Shuningdek, butun shahar ifloslangan hamda suv toshqinlari kabi ekologik muammolarning qurboniga aylangan.
8.Sinabug tog’i
Indoneziya
Sinabug tog’i – aktiv stratovulqon o’chog’i bo’lib, Indoneziyaning Sumatra orolida joylashgan. Bu yerda juda ko’p vulqon otilishlari sodir bo’lib turadi. Masalan, oxirgilari 2010,2013,2014,2015, va 2016 yillarda sodir bo’lgan. Buning natijasida o’nlab odamlar halok bo’lgan.
9.Skeletlar oroli
Namibiya
Namibiyaning Atlantika sohilbo’yida skeletlar oroli joylashgan bo’lib, Yer yuzidagi o’lim xavfi kuchli bo’lgan hududlardan biridir. Bu yer hududi kitlar va tyulenlarning butun qirg’oq bo’ylab sochilgan skeletlari tufayli shunday nom olgan. Ko’pgina odamlar ham bu yerdagi yovuz iqlim sharopiti tufayli halok bo’lganlar.
10.Shimoliy Koreya
Shimoliy Koreya
Totalitar diktatura hisoblangan Shimoliy Koreya inson huquqlari eng yomon bo’lgan mamlakatdir. Boshqa mamlakatlarda oddiy hol hisoblangan harakatlar bu yerda jinoyat sifatida qabul qilinadi va shu yerlik aholimi yoki mehmonmi – farqi yo’q,qamoq jazosi bilan jazolanadi. Oxirgi paytlarda Shimoliy Koreya bilan AQSH ning o’rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi natijasida bu Osiyo davlati g’arb sayyohlari uchun xavfli hisoblanadi.
11.Gvatemala
Gvatemala
Markaziy Amerika mintaqasida joylashgan Gvatemala davlati yuqori darajadagi jinoyatchilik ko’rsatkichi bilan ajralib turadi. Biroq ushbu omil Gvatemalaning mazkur ro’yxatga tushishining yagona sababi emas. Gap shundaki, Gvatemalaning joylashishi hamda topografiyasi ushbu mamlakatning halokatli uchta tabiiy ofat: zilzilalar, to’fonlar va sel oqimlaridan aziyat chekishiga sababchi bo’ladi. Masalan, 1976 yilda 7,5 balli zilzila natijasida 23 ming nafar odam qurbon bo’lgan.
12.Natron ko’li
Tanzaniya
Tanzaniyadagi “Grigori rift” tog’ yonbag’rida joylashgan Natron ko’li dunyodagi eng xavfli suv havzasi hisoblanadi. Bu ko’lning suvi haddan tashqari sho’r va shu bilan birga 60° C haroratni tashkil etadi. Bu suv unga tushib qolgan hayvonlarni kaltsinatsiya qiladi hamda odamlarning terisi va ko’zlarini kuydirib tushiradi.
13.Mayluu-Suu
Qirg’iziston
Qirg’iziston janubida joylashgan bu shaharning aholisi 23 ming odamdan iborat bo’lib, bu yerda uran konlari mavjud. Sobiq SSSR davrida bu konda 10 ming tonna uran qayta ishlangan, shuning uchun bu yer dunyodagi eng radioaktiv joylardan biri hisoblanadi. Bu mintaqadagi ko’chkilar, zilzilalar, suv toshqinlari radioaktiv ifloslanishlarning xavfini yanada kuchaytiradi.
14.Dallol
Efiopiya
Dallol – Shimoliy Efiopiyadagi sharpa-shahar.Bu Yer yuzidagi eng chekka, eng qabih va eng qaynoq nuqtalaridan biridir. Yil davomidagi eng o’rtacha havo harorati 34,4 darajani tashkil etadigan bu yer bir paytlar dunyoning eng issiq aholi turar joyi bo’lgan. Bu hududdagi yer osti suv havzalari haddan tashqari sho’r va nordon va shuningdek bu yerda atmosferaga toksik gazlar sochuvchi geyzerlar ham bor.
15.Shimoliy Sentinelsk orol
Hindiston
Shimoliy Sentinelsk oroli Andaman orollaridan biri bo’lib, siyosiy jihatdan Hindistonga qarashlidir. Orolning tabiat manzarasi pokiza va juda ajoyibdir. Biroq mahalliy tub aholi juda adovatli bo’lib, begonalarga nisbatan o’zlarini juda shavqatsiz tutadilar. Ular begona odamlarni ko’rganlarida ularni o’ldirishga harakat qiladilr.
Сообщения из Facebook