просмотров
Biz butun dunyo bo’ylab, qor qoplagan Sibirdan boshlab, jazirama Afrika changalzorlarigacha qulay sharoitga ega shaharlar qurishni uddaladik. Odamzot suv ostida yoki vulqon kratorlari ichida yashashga o’rganishiga ham ko’p vaqt qolgani yo’q. Aynan shu haqida, ushbu maqolamizda so’z boradi.
Tashqaridan uncha katta bo’magan Avstraliyadagi Kuber-Pedi shaharchasi juda oddiy ko’rinadi. Biroq, eng qizig’i tuproq ostiga yashiringan.
Bunga o’xshash belgilarni shaharcha hududida ko’plab uchratish mumkin. Avstraliyaning kuydiradigan tuproqlari qaynab turgan bunday o’ralarga tushib ketish mumkinligi ayni haqiqat.
Gap shundaki, Kuber-Pedining kamida yarim aholisi yer ostida yashaydi. Ha, aytganday, avvallari, shahar butunlay yer osti shahri bo’lgan.
Ushbu aholi makoni Avstraliyaning eng qurg’oqchi hududida joylashgan. U Viktoriya katta sahrosining yonida.
Bu yerda suv umuman yo’q. Qachonlardir suvni, hayvonlarga ortib yuz kilometr uzoqliklardan tashilgan. Hozirgi vaqtda esa, suv quvurlari yotqizilgan.
Bunday quruq joyda odamlar bekorga joylashib olgan emas. Kuber-Pedi opallar poytaxtidir. Ushbu qimmatbaho toshning butun dunyo bo’yicha 30% aynan shu yerdan olinadi.
Aholining asosiy qismi tog’ qazilma konlarida ishlaganligi sababli, yer ostidagi uylar juda qulay. Ko’pincha odamlar shaxta eshikalarini o’z uylari eshiklariga moslaganlar.
Hozirda bu yerda hamma narsa o’zgargan. Kuber-Pedi qazib chiqarish ishlari markazidan,kichik lekin qulay shaharchaga aylangan. Bu yerga minglab sayyohlar keladi.
Turizm sohasi endilikda deyarli qimmatbaho toshlar sanoati bilan baravar daromad keltiradi. Shunga qaramasdan ajoyib makon hozirgacha opal toshlar poytaxti hisoblanadi.
Kuber-Pediga tashrif buyuradiganlarning aksariyati, yer ostida yashab ko’rish uchun keladi. Aytganday yer ostida faqat uy va mehmonxonalar emas.
Bu yerda bir necha yer osti do’konlari, restoranlar va chiroyli cherkov ham bor.
Albatta, Kuber-Pedida yo’l ko’rsatuvchi va shahar tarixini o’rgatuvchi ishlar sotiladigan kitob do’konlari ham bor.
Kuber-Pediga borib, qazib olinadigan xazinadan birontasini olmaslik, aqlga sig’maydi. Yer osti yuvelir do’koni, har doim mehmonlarga xursand bo’ladi.
Mahalliy taverna yillar davomida ko’plab o’zgartirishlarga uchragan. Shunga qaramasdan konchilar ishdan charchab qaytganlarida ushbu joyda dam olganlarini tasavvur qilish qiyin emas.
Albatta, bunday shaharda yashash oson emas. Chidab bo’lmas jazirama, suv yo’qligi va deyarli umuman o’simlik yo’qligi, shunchaki mahalliy muammolarning kichiklari.
Eng qizig’i bunday muammolarga qaramasdan, bu yerda golf klub bor. Uning doimiy vakillari tunda, yonadigan koptoklarni ishlatib o’ynashni yaxshi ko’rishadi.
Bu yerga kelishni hamma ham xohlayvermaydi. Ammo kimdir dunyoning g’aroyib shaharlari ro’yxatini tuzsa, Kuber-Pedi albatta shu ro’yxatga kiradi.
Сообщения из Facebook