Yananning loy paxsa g'ishtlardan qurilgan osmono'par binoli qadimiy shaxarlari
Yananning loy paxsa g'ishtlardan qurilgan osmono'par binoli qadimiy shaxarlari
Yananning loy paxsa g'ishtlardan qurilgan osmono'par binoli qadimiy shaharlari

Yamanda qurg'oqchilikli yerlari daryoli vodiylar bilan o'rin almashib kelib, ular bo'ylarda shahar va qishloqlar qad ko'targandir. Bu daryo vodiylarini "vadi" deb ataydilar.

Vadi-Xadramaut va Vadi-Davan - shunday ikki vodiylardan bo'lib, Yamanning markaziy va sharqiy qismlarida joylashgan. 

Bu daryo vodiylari bo'ylab joylashgan shahar va qishloqlarning hususiyati - u ularning binolarini unikal arxitekturasidadir. Bu yog'och polli va loy paxsa g'ishtlardan qilingan devorli ko'p qavatli uylardir.

Hamma binolar bir biriga juda zich "qadoqlangan". Ular asosan juda katta qoya toshlarda va platolarda qurilgan. Har gal yomg'ir yoqqanda yoki suv toshqini yuz berganida binolar "xoldan toyadi" va doimiy ta'mirni talab etadi. 

Shibam shahri o'zining osmono'par ko'p qavatli binolari sababli "Sahro Manxetteni" deb ataladi. Ular atrofdagi platolarda juda antiqa ko'rinadilar.

Shahar atrofi loyli aylana devor bilan o'ralgan bo'lib, uning binolarini "dunyodagi eng qadimiy osmono'par ko'p qavatli binolar" deb atashadi. Chunki, ular vertikal qurishni ishlatib, shaharni rejalashtirishdagi eng yaxshi misollardan hisoblanadi. 1982 yili Shibam YUNESKO ning Jahon merosi ob'ekti statusini oldi.

Shibam Vadi-Xadramaut vodiysidagi eng mashxur shahar bo'lib, 5qavatdan to 11qavatgacha bo'lgan 500 ta loy paxsadan qurilgan ko'p qavatli binolari bor bo'lgan,  ming kishini tashkil etuvchi aholiga ega.

Binolarning pastki qavatlarida odatda don saqlanadi. Ikkinchi qavatdagi xonalar erkaklar tomonidan muloqot qilish maqsadida foydalaniladi. Yuqori qavatlar ayollar uchun ajratilgan, hamda oilaviy foydalanish uchun mo'jallangan bo'lib, ba'zan esa, qavatlar o'rtasida ko'priklar o'rnatiladi. Ko'priklar binolar orasida bog'lovchi vazifasini bajarib, asosan qariyalar uchun qulaylik yaratish maqsadida o'rnatiladi.

Shahar eramizdan avvalgi 3 chi asrda asoslangan edi. U davrdagi binolarning ko'pchiligi 16 asrda yuz bergan suv toshqini mobaynida buzilib ketgan bo'lsada, ularning ba'zilari hali ham qad tutib turibdilar.

Masalan, Juma masjidi 904 yili qirilgan. Yomg'irlar va eroziya tufayli binolar yuz yullar davomida bir qancha marotaba qaytadan qurilgan. Ularni himoyalash maqsadida germetik bilan qoplaganlar. Shibam - bu avtonom shahar bo'lib, o'quv binolari, savdo va ma'muriy binolar va etti masjidlarga egadir. U bir qancha marotabaXadramaut mintaqasining poytaxti funksiyalarini ham bajarib turgan. Bu hattoki 1940 yilgaga davom etib kegan. So'ng, Sayvun nomli qo'shni shaharda aeroport qurilib, barcha biznes o'sha yerga ko'chib o'tdi.

Vadi-Divan Vadi-Xadramautning irmog'i bo'lib, u ham o'zining go'zal arxitektirasi bilan maqtana oladi.

Vadi-Davan vodiysisida bir necha hushmanzara manzilgohlar mavjud: Al-Mashad, Al-Xadjara, Al-Xurayba va Xaylla. Al-Mashadda 15 asrning Xasan ibn Xasanining maqbarasi joylashgan va qishloqning o'zi juda kam aholili bo'lishiga qaramay, bu mahalliy ziyorat markazidir. Vadi-Divan vodiysi arxitekturasida loy paxsali pishmagan g'ishtdan tashqari sement ham qo'llanilgan bo'lib, u binolarni mustaxkamroq va chidamliroq qilgan.

Bu juda qadimiy joylarfan biri bo'lishiga qaramay, loy paxsadan qurilgan binolar asta sekinlik bilan na biznesni, na investorlarni jalb qilmay, tanazzulga yuz tutmiqda. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook