просмотров
Singapurlik yosh tadbirkor Derek Lou (Derek Low) ish bo’yicha juda ko’p parvoz qilib, unda 93.5 ming bonus milyalari yig’ish imkoni paydo bo’lgan edi. Bu boylikning hammasini u bittada Singapurdan Nyu-Yorkka bo’lgan, dunyodagi eng qulay bo’lgan reyslik samolyot, biletiga almashtirishni qaror qildi. U boylar va Leonardo Di Kaprio va Morgan Friman kabi mashxurlar qanday parvoz qilishlarini ko’rib, bir yo’lakayiga olamga ham ko’rsatmoqchi bo’ldi. Pul ko’rinishida bilet unga 23 ming dollarga (taxminan 1.3 miln rubl) tushdi.
Biz AdMe.ru bunchalarqimmat turadigan (tom ma’noda) bunday qiziquvchanlik oldidan o’tib keta olmadik.
Qiziqarlisi hali aeroportda boshlangan bo’lib, Derekni, lyuks klassi bilan uchadiganlar uchun mo’ljallangan, shinam va umuman bo’m-bo’sh kutush zali orqali olib otishgan. “Yo’lda biz 50 ta odam o’tirgan, biznes-klass uchun mo’ljallangan zonadan o’tdik. Administrator-qiz, meni plebeilardan ko’nglim aynib ketishidan havotirlangandek, shunchalar shoshilar edi”, - deb Derek o’z blogida yozadi.
“Butun personal, xuddi men bironta mashxur yulduzdek, meni ismimni aytib qarshi olardi”. Derek bu yerda juda zo’r ovqatlantirishlari haqida o’qigan edi va shu zahoti gryuyer pishlog’ili dudlangan lobster, emmental va chedder hamda tovuq va qo’y go’shtidan satay (Taylandcha taom) larga buyurtma berdi. Haqiqatda ham juda mazali ekanligini aniqladi.
So’ngra, Singapore Airlines aviakompaniyasinig personal lyuks Airbus A380 samolyoti bortiga chiqish vaqti keldi. “Mendan shu zahotiyoq “Ser, sizga bokal “Dom Perinyon” quyib beraylikmi”, deb so’rashdi. Men bu savolga tabiiyki mumkin bo’lgan “ha!” javobini berdim ”.
Airbus A380 bortida 12 ta lyuks nomerlari mavjud bo’lib, bu safar ularda, Derek bilan birga hisoblaganda, faqatgina 3 ta yo’lovchi parvoz etayotgan edilar. Qolganlarni u ko’rmadi.
Lou nomerida Salvatore Ferragamo dan krem va odekolon flakonlarili kosmetik qutichani topdi. Qolgan barcha narsalar – adyol, shippaklar, pajama, yostiqlar – Givenchy ning, filmlar ko’rish uchun naushniklar esa, Hugo Boss niki edi. Italiya kompaniyasi Poltrona Frautomonidan go’zal charmdan yasalgan o’rindiqlar taqdim etilgan edi.
Unga personal styuard Zafani berib qo’yishdi. Nuqsonsiz o’qitilgan va juda samimiy styuard, oxirgi 2-3 yil davomida u, bu samolyot bilan parvoz qilishni yoqtiradigan, Leonardo Di Kaprio va Morgan Frimanga xizmat ko’rsatganini aytib bergan.
Film tomosha qilish vaqtidaDerekka lobster va fenxel va osyotr ikrasidan salat va fua-gra olib kelib berishdi.
So’ngra, cheksiz zamonaviy gazaklardan Derekning uyqusi kela boshlaganda, styuardlar uning “nomerini” (yoki to’g’rirog’i “kayutasini”) katta yotog’i bor yotoqxonaga aylantirib yuborishdi. “Men o’z zavqimni ifodalashim uchun menga biron shoir zarur bo’ladi”, deb o’yladim.
Ertalabki nonushtaga, syurprizni qarang, passajirimizga yana lobster, sharobda dudlangan tomatlar va shafranli guruch hamda sparja olib keldilar. Bir ozdan so’ng losos ham, judamayin go’st va bir juft mazali desertlar olib kelishdi. Ular nimadan tayyorlanganligini yigit bila olmadi.
“Biz uchib kelganimizda va bortni tark etish vaqti kelganda, men bitta jiddiy muammoga uchradim: men xech qayerga ketgim kelmayapti. Ammo, bunga to’g’ri keldi, Nyu-York ham unchalik yomon bo’lib chiqmadi”.
Сообщения из Facebook