Forbes reytingi bo’yicha tarixdagi eng boy sportchilar
Forbes reytingi bo’yicha tarixdagi eng boy sportchilar
Professional sportchining faoliyat davri juda qisqadir. O’rtachasiga 5-10, kamdan-kam holda 15-20 yilni tashkil etadi. Cho’qqida esa sanoqli sportchilargina uzoq vaqt qola oladilar. Shunday sportchilardan biri – biotlonchi Ule Eynar Byorndalendir.
Quyida siz Forbes-10 galereyasidagi moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatga erishgan hamda yuqori o’rinlarni egallagan eng boy sportchilarning reytingi e’lon qilingan.

1.Maykl Jordan, basketbol (faoliyatini 2003 yilda tugatgan)

Umumiy ishlabtopgan puli $1,7 mlrd (sport va reklama orqali topilgan puli).                                               

15 ta sezonda NBA ning buyuk basketbolchisi $93 mln ishlab topdi, endilikda Nike kompaniyasi Jordanga “Jordan” brendining g’oyat zo’r muvaffaqiyati uchun yiliga 100 mln dollardan ziyod maosh to’lamoqda.  

2.Tayger Vuds, golf (faoliyatda)

Umumiy ishlabtopgan puli $1,65 mlrd

Faoliyatining cho’qqisida turnir ketidan turnirda g’olib bo’lar ekan, Vuds golf va reklamada yiliga o’rtacha - $115-120 mln topar edi.Hozirgi kunda Tayger ko’p o’ynamaydi, biroq oldingiday $45 mln yig’adi,sponsorlar tufayli.

3.Arnold Palmer, golf (faoliyatini 2006 yilda tugatgan)

Umumiy ishlabtopgan puli $1,35mlrd

Palmer turnirlarda 52 yil ishtirok etib, bor-yo’g’I $3,6mln to’pladi. Biroq k’op sonli reklama shartnomalari va brend mahsulotlarining assortimenti umrining oxirigacha yiliga $40 mln daromad keltirdi. Palmer 2016 yilning kuzida vafot etdi.

4.Jek Niklaus, golf (faoliyatini 2005 yilda tugatdi)

Umumiy ishlabtopgan puli $1,15 mlrd

1977 yilda Niklaus golfchilardan birinchi bo’lib, professional turda mukofot pulini $3 mln gacha olib bordi. Oltmishinchi yillarning boshidan esa golf maydonlarining dizayni bilan shug’ullanadi. Niklaus Design kompaniyasi butun dunyo bo’yicha 400 dan ortiq golf maydonlarini loyihalashtirib chiqdi.

5.MihaelShumaher, “Formula-1” (faoliyatini 2012 yilda tugatdi)

Umumiydaromadi $1mlrd

Shumaher – har yilgi Forbes reytingida yuroqi o’rinlarni egallab kelgan olti sportchidan biri (1999 va 2000 yillar). 2000 yildan keyin uning daromadi yiliga $80 mln ga teng edi.

6.Kobi Brayant, basketbol (faoliyatini 2016 yilda tugatgan)

Umumiydaromadi $770 mln

Oxirgi olti sezonda Brayantning maoshi “Los-Andjeles Lakers” da ligada eng yuqorisi edi (yiliga $30 mln atrofida). Kobining reklamadagi daromadi yana ham k’op bo’lishi mumkin edi, biroq 2003 yilda basketbolchi zo’ravonlikda ayblandi, shuning uchun ko’pgina kompaniyalar u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdilar.

7.Floyd Meyvezer kichik, boks (faoliyatini 2015 yilda tugatdi)

Umumiy daromadi $765 mln

2015 yilda Meyvezer hamda Menni Pakyo o’rtasida bo’lib o’tgan jang tashkilotchilarga $600 mln daromad keltirdi, g’olib bo’lgan Meyvezer esa $240 mln ni qo’lga kiritdi. Endilikda esa Floydni MMA ning bosh yulduzi Konor Makgregor jangga chorlayapdi – bu shou ancha qimmat turadi.

8.Fil Mikelson, golf (faoliyatda)

Umumiy daromadi $760 mln

2015 yilda Mikelson eng boy sportchilar reytingidaTayger Vudsdan o’tib ketdi. U muhlislarining va kompaniyalarning yoqimtoyi. U bilan hamkorlik qiladigan reklama kompaniyalarining orasida Barclays, Rolex,Amgen (dori ishlab chiqaruvchi) va boshqa taniqli brendlar bor.

  9.Devid Bekhem, futbol (faoliyatini2013 yilda tugatgan)

Umumiy daromadi $730 mln

Futboldan ketgandan keyin Bekhem yanada k’oproq daromad ola boshladi. 2014 yilda ikkitra yirik shartnoma tufayli u $75 mln daromadga ega bo’ldi: yangi viski (Diageo ning Haig Clubi) brendining reklamasida ishtirok etdi hamda Global Brands Group liniyasining brendli mahsulotlarini ishga tushirdi.

10.Shakil O Nil, basketbol (faoliyatini 2011 yilda tugatgan)

Umumiy daromadi $700 mln

Shakil NBA dagi 19 ta sezonda $292 mln topdi.Qolganlari reklama shartnomalaridan olgan daromadidir (70 dan ortiqmahsulotlar). 2015 yilda O Nil Authentic Brands Group kompaniyasiga Shaq brendi mahsulotlarining huquqlarini sotdi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook