просмотров
Quyida Yaponiyadan butun dunyo uchun foydali bo’lgan 16 narsa.
1. Jamoaviy badantarbiya
Jismoniy mashg’ulotlar hiyobonlarda, maktablarda va korxonalarda olib boriladi.
2. Metroning qulay joylashtirilganligi
Har bir stansiyaga harf va sonlar berilgan – bu yo’l bilan yapon tilini bilmaydigan kishi ham bemalol yo’lni topa oladi.
3. Posilkani olish va yuborishni do’konda amalga oshirish
Posilkalarni istalgan burchakda turgan, xohlagan do’koningizdan yuborishingiz mumkin. Pochtada uzundan uzun navbatlarda turishning keragi yo’q.
4. Qahva uchun muz solingan stakanlar
Family Mart va 7-Eleven do’konlarida sotiladi. Avval siz, muz solingan bunday stakanga pul to’laysiz va chiqavershdagi apparatdan unga qahva solasiz.
5. Lag’mon uchun qaynoq suvli apparatlar
Tez tayyorlanadigan lag’mon sotiladigan do’konlarda, chiqaverishda issiq suv quyadigan apparatlar turadi. Kassadan uzoqlashmasdan o’zingizga lag’mon tayyorlay olasiz.
6. Hiyobonlar yonida yugurish yo’lkalari
Ishdan so’ng har kim kiyimlarini almashtirib, shkafga narsalarini qo’yib, yugurishga chiqishi mumkin.
7. Qadoqdagi qaynatilgan tuxumlar
O’z vaqtini tejaydiganlar uchun foydali mahsulot.
8. Bochkasida rakovina bor xojatxonalar
Suvni tejovchi ixtiro.
9. Sotuv avtomatida restorandan ovqat buyurtma berish
Bu avtomatlar restoranga kiraverishda turadi.
10. Velosipedlarda soyabon ushlagich
Istalgan harakatlanish vositasi uchun ajoyib ixtiro. Hech qanday ob-havo yo’lingizga to’sqinlik qilmaydi.
11. Jamoat parxonasi – sento
Ishdan keyin dam olishga ajoyib joy. Bunday joyga kirish chiptalari esa arzimagan pul turadi – xattoki bardagi kokteylingizdan ham arzon.
12. Saryog’ uchun qirg’ich
Muzdek saryog’ni non ustiga tekis surmoqchi bo’lib qiynalishning keragi yo’q.
13. Tekin soyabonlar
Bekatlarda va ko’chalarda soyabonlar solingan qutilarni uchratish mumkin. Yomg’ir yog’ib qolsa har bir yo’lovchi tekinga ushbu soyabonlardan olishi mumkin, keyin esa o’z manziliga yetganda xuddi shunday qutiga qaytib solib qo’yadi.
14. Avtomatlashtirilgan velosiped qadog’i.
Ikki g’ildirakli transport vositasining to’xtaganda joylashish muammosini xal qilish uchun, shahar hokimiyati yer osti velosipedlar turish joyini o’rnatishni o’ylab topishgan. Tashqaridan qaraganda u liftga o’xshaydi: xizmat haqini to’lab va relsga velosipedni joylayshitirb, eshik ochilishini kutib turish kerak xalos, qolganini tizimning o’zi bajaradi. Velosipedni qaytib olish uchun esa, to’lov paytida olgan kartochkangizni eshik skaneriga yo’naltirsangiz bas.
15. Muzlatuvchi sprey
Bu sprey terini jazirama kunlarda juda yaxshi muzlatadi. U yana gel shaklida ham bo’ladi va ta’siri bir necha soatga yetadi. Uni surayotganda ko’pik xuddi tanangizga muzdek gazlangan suv quyayotgandek his qildiradi.
16. Dispen Pak qadog’i
Suyuq ziravor va souslar uchun megaqulay qadoq. Uni o’rtasida buklaysiz va ichidagisibir tekis bo’lib markazdagi teshikdan chiqadi.
Сообщения из Facebook