Moskvada kattalar va kichiklarni o’ziga jalb qiladigan g’aroyib muzeylar ko’p. Ammo quyidagi g'ayrioddiy muzeylar hech kimni bee'tibor qoldirmaydi.
Poyezd “Rossiya – mening tarixim” (Serpuxovsko-Timiryazevskaya” yo’nalishi
Yer osti yo’liga tushib, siz mana bunday ajoyib poyezdni uchratishingiz mumkin. Unda zamonaviy texnologiyalar yordamida Rossiya davlatining tarixi namoyish etilgan. Vagonlarda yurib, rang-barang sur’atlarni ko’rishingiz mumkin, mashxur shaxslarning iqtiboslari ham yozilgan. Yaqin kelajakda ushbu poyezdning analoglari boshqa yo’nalishlarda ham joriy etiladi.
O’lim muzeyi
RF hududida o’limga bag’ishlangan yagona muzey. Biroq bu sizni zerikarli stendlar kutadi degani emas. Aksincha, tomoshaga qo’yilgan ekspozitsiyalar juda qiziq, ba’zi joylarda xatto kulgili.
“Pikabolo” oynali labirinti
Sizni rostakam oynali labirint kutadi, adashib qolish hech gap emas. Akslarning chalkashib ketgan labirintidan chiqa olasizmi?
Sokolnikdagi Velomuzey
A. Matiyevning kolleksiya namoyishida velosipedlarning evolyutsiyasi namoyish etilgan. Siz bu yerda temir otning tarixi bilan tanishishingiz, Rossiyada velosiped ishining rivojlanishi haqida bilib olishingiz mumkin. Muzeyda 300 ta eksponat bor. Sizni ajoyib velosipedlar, tarixiy atributlar va qadimiy reklama afishalari kutadi.
Izmaylovskiy Kremlidagi qurollar muzeyi
Ushbu muzeyda o’tgan asrning turli yillarida Yevropa, AQSh, SSSR hududlarida ishlab chiqarilgan haqiqiy o’t ochuvchi qurollarning 150 dan ortig’ini ko’rishingiz mumkin. Muzey mehmonlari nafaqat qurollarning tarixi bilan tanishadilar, balki qo’llarida haqiqiy qurolni ushlab ko’rishlari mumkin. Bu yerda afsonaviy Mosinkani yoki Degtyarev pulyemyotini ko’rishingiz mumkin.
Tashlandiq qo’g’irchoqlar va unutilgan o’yinchoqlar uyi
Ko’plab rastalar, devorlar, oynalarda kichik mo’jizaviy hayotlar yashaydi, xuddi endigina uyqudan uyg’ongandagidek. Ekspozitsiya egasi, Buratino ertagidagi Karabas-Barabasga o’xshaydi.
Mashinalar bosh ko’tarish muzeyi
Ushbu ko’rgazmada ko’plab robotlar va transformerlar jamlangan. Eksponatlar orasida biz sevib tomosha qiladigan kino qahramonlarini ham ko’rishingiz mumkin: Dart Veyder, Bamblbi, Vall-i. Muzeyda naq 14 ta tematik zallar mavjud. Muzeyda master klaslar ham o’tkaziladi. Ushbu ko’rgazma vaqtni foydali va maroqli o’tqazishga yordam beradi.
Сообщения из Facebook