Dunyodagi eng g’aroyib haykallar
Dunyodagi eng g’aroyib haykallar
G’aroyib yodgorliklar va o’ziga xos haykallar nafaqat shahar maydonlari va ko’chalarini bezash, balki turli mamlakatlardan hududga tashrif buyuradigan sayyohlarning ko’nglini olish maqsadida yaratiladi. Ulaр har qanday madaniyatning rivojlanish timsoli hamdir. Ko’p asrlar o’tib yodgorliklar jamiyatning g’oyalari va ideallari to’g’risida avlodlarni voqif etadi.
Shuningdek, haykallar o’z yaratuvchisining turli materiallar va shakllardan foydalangani holda o’zini namoyon qilish uchun imkon beradi. Bu kabi ko’p hollarda g’oyalar shu qadar o’ziga xos bo’ladiki, Siz bu asarga qarab beihtiyor ilhomlanasiz va kuchga to’lasiz. Biz ko’rganda sizni hayrat ummoniga g’arq qiladigan va ko’rgan odamlarni befarq qoldirmaydigan dunyodagi eng g’aroyib yodgorliklarni yig’ib olib sizga tomon havola qilamiz.

Pragadagi Ziymund Freydning osilib turgan haykali.

Pragadagi Ziymund Freydning osilib turgan haykali.
Avvaldan biror ma’lumotga odam bu haykalni o’z joniga qasd qilishga qaror qilgan odam deb o’ylashi va darhol politsiya chaqirishi ham mumkin. Aslida esa bu Pragadagi binoda bir qo’li bilan osilib turgan mashxur ruhshunos Zigmund Freydning haykali. Zigmund Freyd hotirasiga yaratilgan bu g’aroyib yodgorlik chexiyalik haykaltarosh David Chyorniy tomonidan yaratilgan. Ayrim tanqidchilar bu aslida dunyo proletariatining dohiysi Vladimir Ilich Lenining haykali va u kommunizmni tubga qulashining ifodasidir, deb ta’kidlaydilar. Biroq, unday bo’lsa, nima uchun Lenin ko’zoynakda ekanligi tushunarsiz.
Aslida esa haykaltarosh tanqidchilarni va turistlarning qiziqishini maqsad qiladi va buni katta muvaffaqiyat bilan amalga oshiradi, chunki haykalga bo’lgan qiziqish hech ham so’nmayapti.

Yerning ichidan chiqib turgan bosh barmoq

Yerning ichidan chiqib turgan bosh barmoq
Bosh barmoqqa o’rnatilgan bu haykal Parijdagi tetik va ishchan hududining markazida joylashgan. Yerning ichidan chiqib turgan bu vahimali barmoq Sezar Baldachinining La Pouce asari sifatida tanilgan. Bu haykaltarosh eng oddiy narsalarning o’ta yirik namunalarini yaratini juda yaxshi ko’radi. Mazkur haykal esa o’z bosh barmog’ining kattalashtirilgan ko’rinishidir. Fransiyaning nufuzli kinomukofoti – Sezar premiyasi aynan shu haykaltarosh sharafiga atalgan. 1965 yilda o’rnatilgan bu bahaybat barmoq haligacha shu yerda turibdi.

Grenada suvosti haykallar bog’i. Molinere.

Grenada suvosti haykallar bog’i. Molinere.
Birinchi suvosti haykallar bog’i 2006 yilda haykaltarosh Dcheysonom De KeyresTeylor tomonidan yaрatilgan. Britaniyalik haykaltarosh Karib dengizida, Gрenadaning sohilidan uzoq bo’lmagan joyda suv ostida toshdan yasalgan odamlar dunyosini yaratish uchun real odamlarning toshli nusxalaridan foydalangan. Bu tizimdan eng tanilgan kompozitsiya – qo’l ushlashib turgan odamlar doirasi. Bu g’aroyib parkni akvalang bilan yoki shaffof tubli kemadagi ekskursiyada yo’lovchi sifatida tomosha qilish mumkin.
Mazkur g’oyaning biroz tushunarsiz ekanligiga qaramay, haykallar o’ta foydali vazifani bajaryaptilar – ular organizmlarning noyob turlari istiqomat qilishi uchun sun’iy riflar bo’lib xizmat qilishyapti.

Melburndagi Charlz La Trobaning oyog’i osmonda bo’lgan haykali

Melburndagi Charlz La Trobaning oyog’i osmonda bo’lgan haykali
Bu Charlza La Troba, ya’ni Avstraliyaning birinchi vitse-gubernatoriga o’rnatilgan oddiy haykal ham bo’lishi mumkin edi, agar uni oyog’ini osmonda qilib o’rnatilmaganida! Nima uchun bunday degan savol sizning ham hayolingizda aylanayotgan bo’lsa kerak? Avstraliyalik haykaltarosh Charlz Robbning fikricha, bu haykalning qarama-qarshi fe’li haykalga unutib bo’lmaslik taassurot baxshida qiladi va shu bilan La Trobening shaxsiga nisabatan qiziquvchanlik uyg’otadi.
Shunga qaramay, ko’pchilik mahaliy aholi vakillari haykaltaroshning bu nuqtai nazariga qo’shilmaydilar va bunday konsruktiv qarorni Charlz La Trobaning hotirasiga nisbatan hurmatsizlik deya xisoblaydilar. Bu yodgorlik Bandoora rayonida La Troba universitetining bog’ida joylashgan.

Jorjiya zarvaraqlari. AQSH.

Jorjiya zarvaraqlari. AQSH.
Bu yodgorlik AQSHda, Jordjiya shtati, Elbert Kaunti okrugida eng yuqori nuqtasida joylashgan. U yulduz shaklida bajarilgan bo’lib ayrim jihatlari bilan toshli Stounxendjni eslatadi. Biroq bu qadimiy emas, mutlaqo zamonaviy yodgorlik. U 1980 yilda aniqlanmagan bir guruh odamlar tomonidan yaratilgan. Toshli palaxsalarida odamzot oxir zamondan keyin amal qilishi shart bo’lgan 10 ta amrnoma o’yib yozilgan. Ular 12 nafar zamonaviy va 4 nafar qadimiy, ya’ni, qadimiy yunon, vavilon, qadimiy misr va sanskrit tillarida yozilgan.
Bu amrnomalarning Rus tilidagi matni tug’ilishni cheklash yo’li bilan yer aholisining sonini 500 million kishidan oshirmaslikka, hamma bir tilda so’zlashishga, sabrlilik ko’rsatishga, qonunlarga itoat qilishga, go’zallikni, uyg’unlikni va tabiatni qadrlashga da’vat qiladi. Yodgorlikning buyurtmachisi fantastik va oxir zamon to’g’risidagi kitoblarni ko’p o’qigan ko’rinadi!

Atakama sahrosidagi bahaybat qo’l, Chili

Atakama sahrosidagi bahaybat qo’l, Chili
Chililik haykaltarosh Mario Irarrazabal yaratgan va qumdan chiqib turgan 11 metrlik bahaybat qo’l yaratuvchining fikri bo’yicha yolg’izlik, adolatsizlik va qayg’uning timsoli. Haykalga qanchalik yaqinlashganingiz sari ulkan odam o’zining bahaybat qo’l kaftini qumdan chiqarayotganiga o’xshaydi. Unga eng yaqin shahar - Antofagasta haykaldan 75 kilometr uzoqlikda joylashgani kishini taajublantiradi. Shuning uchun ham bu haykalni tomosha qilish uchun tiriklik nishonasi yo’q bu cho’lga ancha yo’l yurib kelish zarur. Aftidan, haykaltarosh shu yo’l bilan yolg’izlik mavzusini ta’kidlamoqchi bo’lgan.

Karkidon haykali. Potsdam.

Karkidon haykali. Potsdam.
Germaniyada turli hil e’tiborga loyiq joylar ko’p, ularning ichidagi eng g’aroyibi Potsdamdagi temir fermaga osib qo’yilgan karkidonning haykali bo’lsa ajab emas. Bu haykalni italiyalik haykaltarosh Stefano Bombardyeri yaratgan. U haqiqiy kattalikda bo’lishiga qaramay mo’rt va nochor ko’rinishga ega. Ehtimol, shuning uchun ham Stefano Bombardyeri ushbu asari uchun shu qadar ko’p mukofotlarga sazovor bo’lgandir.
Haykaltarosh bu bilan nima demoqchi bo’lgan hamon noma’lum. Balki, yirik va kuchli bo’lgan karkidon ham kuchsiz va nochor bo’lishi mumkinligini aytmoqchi bo’lgandir? Ammo, san’atshunoslarda bundan ham oddiyroq tahmin mavjud– unga ko’ra bu haykal karkidonning hayvonot bog’iga olib kelish paytini aks ettiradi.

Odamxo’r haykali, Bern

Odamxo’r haykali, Bern
Shveytsariyaning cjuda chiroyli shahri – Bernda deyarli har qadamda turli diqqatga sazovor joylar serob. Bu ko’rkamlikning ichidagi yagona g’aroyib narsa bu Bolalarni yamlamay yutuvchi favvoraviy haykaldir (Kindlifresser). Bolalarni yamlamay yutuvchi odamxo’rning haykali ayrimlarni taajublantirsa, boshqalarda dahshat uyg’otadi. Bundan-da g’alatirog’i shundaki, bu maxluq nimani aks ettirishini hech kim bilmaydi. Mana 500 yildirki, bu haykal Bernda turibdi va bolalar bilan turistlarni qo’rqityapti.
Ayrimlarning aytishicha, bu haykal yaxudiylar jamoasini qo’rqitib yuborishi kerak edi, chunki maxluqning bosh kiyimi yaxudiylar o’rta asrlarda kiyib yurgan sariq qalpog’iga juda o’xshaydi. Kimlardir uni taxtidan quruq qolishdan qo’rqib o’z bolalarini yamlamay yuтib yuboradigan yunon pahlavoni – Xronos deb ta’kidlaydi. Balki bu quloqsiz bolalarni tarbiyalash vositasi bo’lgan o’ziga hos shveytsariyalik salbiy qahramon ham bo’lishi mumkin.

Skafandrdagi sigir, Stokgolm.

Skafandrdagi sigir, Stokgolm.
Shvetsiyada navbatdagi saylovlardan oldin Stokgolmni o’ziga hos tarzda bezatdilar. Bu maqsadda shaharning turli burchaklariga skafandrda uchayotgan sigir timsollarini ilib tashladilar. Ulardan bittasi haligacha shahar uzra osilib turibdi va turistlarga yaxshi kayfiyat ulashyapti.
Ehtimol shu yo’l bilan shvedlar yetakchi koinotchi davlatlardan o’zib ketmoqchi bo’lgandir. Bu qo’shtuyoqli chonivorni koinotga uchirishga ularning qurbi etmaydi, lekin unga allaqachon skafandr kiydirib bo’lishgan. Bundan tashqari, ma’lum bo’lishicha, sigir Shvetsiyada ekologiyaning ramzlaridan biri hisoblanar ekan.

Mixail Shemyakinning Pyotr Birinchiga o’rnatilgan yodgorligi

Mixail Shemyakinning Pyotr Birinchiga o’rnatilgan yodgorligi
Dunyoda atoqli rus imperatorining ko’p sonli yodgorliklari va haykallari bor. Odatda bular buyuk sarkarda va islohotchining dabdabali haykallaridir. Masalan, birgina Neva daryosining bo’yida o’rantilgan Mis javandoz yoki Moskva daryosidagi Pyotrning bahaybat haykalini olsak.
Mixail Shemyakin esa Pyotr Birinchining o’ziga xos noan’anaviy haykalini yaratishga qaror qildi. Haykal Sankt-Peterburgdagi Petropavlovsk qasri hududida o’rnatilgan. Haykaltaroshning ta’kidlashicha, u Pyotr xayotligi paytida uning boshidan olingan qolipdan foydalangan holda nusxa yaratilgan. Natijada umumrossiya imperatorining kichikgina kal boshi va unga nomutanosib shakli haykalda aks ettirilgan.
Bunday hollarda san’atkor “Men uni shunday ko’raman” deydi. Tabiiyki, bunday talqin tanqidlar g’ala-g’ovuriga sabab bo’ldi va dastlabda haykalga shikast yetkazilmasligi uchun vandalizmning oldini olish maqsadida u astoydil qo’riqlandi. Albatta, san’atkorni har kim xafa qilishi mumkin, lekin, shunga qaramay, san’atning ko’p arboblari bu yaratilgan asarga o’zining yuksak bahosini bergan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook