Avtomobil, Robot va ruslarning yana 5 ta patentlanmagan ixtirosi: ishonib bo’lmaydi, ammo bu fakt
Avtomobil, Robot va ruslarning yana 5 ta patentlanmagan ixtirosi: ishonib bo’lmaydi, ammo bu fakt
Bizga juda tanish holatlardan biri bu, qachonki, birta shaxs haqiqatdan biron muvaffaqiyatli va revolyutsiyali narsani yaratsa yoki o’ylab topsayu, shu vaqtni o’zida boshqa insonlar u yoki bu ixtironing muallifi ekanliklarini ta’kidlashadi. Bu kabi holatni biz radio uskunasi misolida uchratishimiz mumkin.

Shu qatorda,buyuk matematiklar shuhratini ko’p kishi o’ziniki qilib olishni istardi, va ular Puankare gipotezasini isbotlashda asosiy ishni bajargan deb ta’kidlashgan. Ko’rinib turibdiki, tarixda juda ko’p shunaqa holatlar bo’lgan, lekin aytishlaricha “kim ulgurmagan bo’lsa, u kechikkan hisoblanadi”, va ixtiro uni aynan birinchi patentlashtirgan odamga tegishli bo’ladi. Sizning e’tiboringizga 7 ta ixtiro namoyish etiladi, va agar rossiyaliklar ozgina tezroq harakatlanganlarida, bu ixtirolarning shon-shuhrati ularga tegishli bo’lar edi.

1. Avtomashina

1769 yilda Nikola Kunyo, fransuz konstruktori butun jahonga birinchi avtomashina prototipini namoyish etdi. Ko’pkishini xabari yo’qki, bu voqeadan 18 yil oldin, ya’ni 1751 yilda, tengi yo’qva iqtidorli rus mexanigi Leontiy Shamshurenkov, buyurtmani bajara turib, tashqi yordam va kuchsiz harakatlana oladigan karetani taklif etdi. Buinsonning mehnati davlat tomonidan 50 rublga baholandi, va u pulni hatti-harakatlari uchun oldi. Ushbu, haqiqatda birinchi avtomashina prototipi bilan nima bo’lgani hech kinga ma’lum emas. Fransuz Nikolo Kunyoning ismi hammaga mashhur, ammo Leontiy Shamshurenkovning ismi esa hech kimga hech narsani bildirmaydi ham.

2. Parovoz

Vakuum bug’li ikki silindrli mashina – parovozning birinchi ko’rinishi aynan shunaqa bo’lgan, va uni 1763 yilda Ivan Polzunov yaratgan. Djeyms Vattning o’zi Barnaulda bo’lib o’tgan ushbu mashinaning sinovida qatnashgan. Va ixtironi ancha baland baholadi, va bu fikr unga shunchalik yoqdiki, 15 yildan so’ng, 1748 yilning aprelida Londonda u universal dvigatelli bug’li mashina uchun patent oladi. Mana shundaq qilib, Djeyms Vatt Ivan Polzunov ixtirosi qabul komissiyasi raisi bo’la turib, birdaniga uning ixtirochisiga aylanib qoldi.

 

3. Narkoz

Nikolay Pirogov – ko’pgina odamlar o’z tuzalishlari uchun hatto bugungi kunda ham, aynan shu insonga raxmat aytishlari kerak, chunki bu shubhasiz, buyuk jarroh odamlarni qiyin holatda operatsiya qilishni boshlagan va bunda efir moylarini ishlatgan, tarixdagi birinchi shifokor hisoblanadi. O’n minglab operatsiyalarni Nikolay Pirogov o’z narkozi ostida qilgan. Ular atigi 10000 ga yaqin bo’lgan, va bu hol uslub muvaffaqiyatli ekanini isbotlaydi! Lekin aslida, bir narkoz bilangina bu ajoyib insonning martabasi tugamagan, Rossiya Imperiyasida aynan u shikastlarni davolash uchun gipsni ishlatishni boshlagan.

4. Velosiped

Bir narsani nazarda tutmasak, 1801 yilni Quyi Tagil uchun oddiy yillardan biri deb hisoblash mumkin. Aynan shu yil va aynan shu shaharda, ixtirochi va qo’li gul inson, mahalliy zavodda ishlagan Yefim Artamonov, asli velosiped hisoblangan, birinchi metallik ikki g’ildirakli samokatni ishlab chiqdi. 17 yildan keyin (1818 yilda), nemis baroni Karl Dreyz velosiped nomli ixtiro patentining omadli egasiga aylandi!

5. Robot

Paftuniy Chebishev, buyuk matematik bo’lib turib, yana ajoyib ixtirochi ham edi. Uning invalid aravasi, o’zi yuruvchan stul yoki arifmometr prototiplarining o’zi qanchalik baland baholanadi! Lekin bu g’aroyib insonga yana bir “qadam qo’yishga” imkon tug’ildi va u g’ildirak juftligisiz to’g’ri chiziqli yurish mexanizmi konstruksiyasini hisoblab chiqa oldi. Gap albatta, mashhur “to’xtab yuruvchi mashina” haqida ketyapti, va u shubhasiz, robot kontsepsiyasi tug’ilishiga dakki berdi va buushbu g’aroyib uskunaning eng birinchi prototipi bo’ldi.

6. Radio

Va nihoyat biz oxirgi vaqtlarda eng qarama-qarshi izohlarga ega bo’lgan ixtiroga yetib oldik. Yevropada an’anaviy tarzda radioning ixtirochisi deb Gulyelmo Markonini hisoblashadi, va u buni 1895 yilda ixtiro qilgan. Rossiya xronikasi shu kabi an’anaviy tarzda ushbu uskuna bilan bog’liq quyidagi sanalar ketma-ketligini haqiqiy deb hisoblaydi: 1895 yil 7 may – Aleksandr Popov tomonidan ishlab chiqilgan masofadagi radiosignalni qabul qilish va uzatishning birinchi ommaviy taqdim etilishi. 1896 yil – Aleksandr Popov tomonidan dunyodagi birinchi radiotelegramma uzatildi. 1897 yil – simli telegrafni ishlatmasdan radiolokatsiyani aniqlash imkoniyati paydo bo'ldi.

Ammo bu ixtirochilar qatoriga adolatlik bilan yana bir taniqli shaxsni qo’shish mumkin. Nikola Tesla birinchilardan bo’lib, radiotarmoqda ishlatilishi mumkin bo’lgan, toklarni qabul qilishning ishonchli usulini patentlagan. Patent 1891 yilda berilgan. Tesla odamning eshitish qobiliyati chegarasidan tashqari chastotalarni ishlatishni o’ylabtopgan. 1891 yilda ommaviy maruzada Nikola Tesla radiotarmoq ishining tamoyilini taqdim etdi.

7. Qizdirish chirog'i

1870 yilda Rus texnik jamiyati Aleksandr Lodigin volframdan qilingan, spiral shaklida aylantirilgan iplarni chiroqlarda ishlatishni taklif qiladi. Ammo tarixga Tomas Edison va uning chirog’i yaxshi ma’lum, ammo bu shunchaki Aleksandr Lodigin ixtirosining ozgina takomillashtirilgan nusxasi hisoblanadi.Tomas Edison 1979 yilda qizdirish chirog’i uchun patentni qo’lga kiritgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook