Haqiqiyligi ancha savollar tug’diradigan 5 ta mashhur diqqatga sazovor joylar
Haqiqiyligi ancha savollar tug’diradigan 5 ta mashhur diqqatga sazovor joylar
Qoida bo’yicha, turistlar diqqatga sazovor tarixiy joylarni tomosha qilayotganlarida, gid aytib berayotgan hamma gapga ishonishadi. Ammo shunday ham bo’ladiki, tarixiy yodgorliklar yoki arxitektura topilmalari eng oddiy, yaxshi “o’ylab topilgan” soxta deb hisoblanadi. Ushbu maqolada haqiqiyligi ko’pgina savollar tug’diruvchi, eng mashhur diqqatga sazovor joylar yig’ilgan.

Stounxendj

Stounxendj

Stounxendj qadimiy arxitekturaning eng muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Birovlar uni astrologik kalendar deb hisoblasalar, boshqalar – druidlar qo’riqxonasi, -uchinchilar – shunchaki kuch makoni deb hisoblashadi. Gidlar o’n minglab turistlarga ushbu toshlar necha asrlik ekanligini aytib berishadi, lekin negadir, Stounxendj 1958 yilda katta rekonstruksiyaga yo’liqqani haqida hechnarsa deyishmaydi.

Yarim asr oldin, qadimiy yodgorlikni qayta tiklash bo’yicha ulkan ishlar olib borilgan edi. Ammo,to’g’riroq aytganda, Stounxendjni umuman qaytadan qurishgan desa ham bo’ladi.Tushib ketgan toshlarni arxeologlar o’z bilganlaricha qo’yib chiqishgan. Bufaktlarni hisobga olganda, Stounxendj qadimiy odamlar qurilmasi deb baho berish qiyin, albatta.

Iso Masihning vafot etgan joyi

Har bir kishiga ma’lum bo’lsa kerakki, Iso Masih Quddusda ko’milgan, va hozirda o’sha joyda Xudo Qabri Machiti joylashgan. Lekin ushbu tasdiq bilan hamma ham rozi emas.

Srinagara (Hindiston) shahrida muqaddas Yuz Asaf maqbarasi joylashgan. Axmad-musulmonlari uni Iso Masihga o’xshatishadi. Ularning tasavvurlariga ko’ra, Iso xochdan keyin vafot etmagan.Uni qabrga qo’yishgan,ammo 3 kundan keyin u o’ziga kelgan va sharqqa sayohat qilish uchun yo’l olgan.

Ba’zilar shunday xulosalar qilishadiki, ushbu fikrlar to’lalig’icha ikkinchi navli film uchun yaxshi senariy bo’lishi mumkin. Xuddiki,Golgofada Iso emas, uning akasi azob chekkan emish. Va Panohkorni o’zi esa Quddusdan ketib, Yaponiyaga ketgan. U o’sha yerda oila qurib, 106 yil yashagan. Yaponiyaning Singo qishlog’i yashovchilarining milliy kiyimlarida David yulduzi tasvir etilgan. Shu bilan birga, shu mahallada tug’ilgan har bir bolagatug’ilganida, hayotining birinchi daqiqalarining o’zida peshonasida krest chiziladi.Qishloqda, mahalliy yashovchilarning fikriga qaraganda, Iso Masih dafn etilganqabr bor.

Kardifflik Velikan

1869 yil 16 oktyabrda Kardiffda (Nyu-York shtati, AQSH) quduqni qaziyotgan ikkita ishchi 3-metrli qadimiy odamning toshloqlarini topishgan. Topilma sensatsiya deb e’lon qilingan.Barcha xohlovchilar gigantni ko’rish uchun joyga darhol kela boshlashdi.Tadbirkorlikni ishga tushirgan yer uchastkasi xo’jayini Uilyam Nyuell maydonga kirish uchun pul undirishni boshlagan edi.

Bir necha yildan so’ng Nyuell tan 3-metrli gigant – bu shunchaki tasavvuf bo’lganini tan oldi. Haykalni uning akasi, ya’ni amakisining o’g’li Djordj Xall, ruhoniyning bibliyaga oid vaqtlarda yer yuzida yashab kelgan gigantlar to’g’risidagi gaplari ustidan kulish uchun gipsdan yasab bergan. Haykal, uni ishchilar qazib olgunlariga qadar, ko’milgan holatda bir yil turgan.

Qizig’i shundaki, arxeologlar ushbu topilma soxta ekanligini darhol aniqlashgan,ammo vujudga kelgan ajiotajda asosiy rolni bu yangilikni sensatsiyaga aylantirgan muxbirlar egallashgan.

Kensingtonslik run toshi

1898 yilda Kensington shahrida, o’z yer maydonini daraxtlar va yog’ochlardan tozalab turib, kelib chiqishi shved bo’lib o’zi amerikalik Ulof Eman qadimiy yozuvli toshni topgan. Topilmani o’rganish bilan shug’ullanishni boshlagan tadqiqotchilar, toshdagi belgilar – skandinaviyalik runlar ekanligini aniqladilar. Bundan tashqari, plita ustida “1362” yil deb o’yilgan edi. Toshniturli xil ko’rgazmalarga tashishni boshlashdi.

Bir necha yillardan so’ng, Uolter Gran ismli biro dam, toshdagi yozuvlarga atigi 10-15 yilligini aytdi, chunki ularni uning otasi o’z do’sti bilan qirib qo’ygan edilar. Bu tan olish portlagan bomba singari iz qoldirdi.Olimlar yozuvlarni o’rganishni yana boshlab yuborishdi. XX asrda toshning yanada chuqur o’rganilishi olibborildi. U rostdan ham soxtaligi aniqlandi.

Djulyettaning Veronadagi uyi

Djulyettaning Veronadagi uyi

Veronaga tashrif buyuruvchi turistlar uchun ko’ngilochar dasturning muhim bo’lagi, mashhur Shekspir tragediyasidagi o’sha baxtsiz sevib qolgan Djulyettaning uyiga sayohatdir. Asar syujeti shunchaki o’ylab topilganligi – hech kimning hayoliga kelmaydi. Har bir kishi “aynan o’sha” balkon, Romeo Djulyettaning oldiga ko’tarilgan balkonni bahra olib nigoh solishadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook