просмотров
Uni mashhurlik yoki boylik emas, yurt uchun xizmat qilish maqsadi qiziqtirar edi. Bundan tashqari ulug‘ shoir ko‘plab shogirdlarni voyaga yetkazdi, mashhur rassom Kamoliddin Behzod va hattot Sulton Alilar ham aynan uning qo‘l ostida ta’lim olganlar. Navoiyning yuqori mansab egasi bo‘lganidan xabardorsiz, albatta. U olim, san’atkor, yozuvchilardan o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini to‘g‘ri ishlatishni talab qilardi. U ijodiy ishga shoshma-shosharlik, pala-partishlik bilan qaraydigan insonlar sirasidan emasdi, bu kabi insonlarni yoqtirmas, shu sababli nasihatni ayamas ham edi. Bundan tashqari shogirdlari Navoiy haqida uning o‘ta marhamatli va talabchan ustoz bo‘lganini yozib ketganlar, Navoiyga hos bo‘lgan ushbu talabchanlik shoirlarni ulug‘lik darajasiga ko‘tarardi, u ustoz sifatida qo‘l ostidagi ijodkorlarning hafsala va sabr bilan ish ko‘rishlarining tarafdori bo‘lgan. Buni mana bu holat orqali ham  tushunib olasiz. 
            "Osafiy degan shoir o‘z ijodiy mahoratini oshirishga aksariyat holatlarda yalqovlik qilar, ishlariga beparvolik bilan qarardi. Navoiy esa ushbu kamchiliklarni tanqid qilib, uni yaxshilikka undab turardi, albatta. Bir kuni Osafiy Navoiyning yoniga kelib, shunday dedi:
- Ustoz, men endi siz aytgandek ijodga qattiq kirishdim. Mana masalan kecha bozordan ikki pulga sham olib, kechqurun ishga o‘tirdim va shu sham tugaguniga qadar ikki yuz misra she’r bitdim.
Osafiyning bu gapi Navoiyga yoqmadi, chunki Osafiy shoshma-shosharlik bilan tuzsiz va kuchsiz g‘azallar yozib kelgan edi. Ranjigan Navoiy shoirga qarab "Demak siz yozgan misralarning bahosi bir pul ekan-da!" deya tanbeh berib qo‘ydi.
            Navoiy vazirlik vaqtida ham halqning ta’lim olishiga katta diqqat qaratar edi. Uning qo‘llab-quvvatlashi sababli do‘sti Sulton Xusayn Boyqaro ham ilm-fan uchun davlat g‘aznasidan kattagina pul ajratib bergan ekan.
Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotining eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik ,,ko’p va ho’p“ (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyin salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini ,,Xitodin to Xuroson“ gacha yoyilgan turkiy “qavm” larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi – “yakqalam” qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod qildi. Navoiy yashagan davrda Xuroson va Mavorounnahr bir mamlakat bo’lib, taxt egasi ixtiyorida kelganligi va aholisining asosiy nufuzini turk xalqlari tashkil etkanligi ma’lum. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy asarlarining “Andijon shevasi bila rost”ligini aytadi.
            Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “Mir” – Amir demakdir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad Temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Uning onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umar Shayx bilan emikdosh bo’lganekan. Alisher kichiklik chog’ida saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda bo’ldi. Uch-to’rt yoshligida davrning mashhur shoiri Qosim Anvorning kattalar ham tushinishi qiyin bo’lgan bir baytini yodlab hammani hayratga soldi. U bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi. 1447-yili Shohruh vafot etib, Hirot notinch bo’lib qoldi. Shunda Alisher va uning oilasi Iroqqa yo’l oladi. Alisherning xonadoni1451-yili Hirotga qaytadi. 1452-yili Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi. Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. 1453-yili Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher esa Abulqosim Bobur hizmatiga o’tadi. Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st – Husayn va Alisher yana birga bo’ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o’qish va bilm yillari bo’ldi. U yetti- sakkiz yoshida she’r yozgani ma’lum. Bu she’rlar shoirning aytishicha, “turk alfozi bila” bitilgan. U forscha she’rlar ham yozdi. Turkiy sh’rlariga “Navoiy”, forschasiga “Foniy” taxallusini egallaydi. “Navo”ning bir ma’nosi – kuy, ohang, yana bir ma’nosi – bahr.
            Dard, g’amni ham “Navo” deganlar. “Foniy“ esa o’tib ketuvchi, yo’q bo’luvchi, vaqtincha degani. Navoiy o’n besh yoshlarida o’z sherlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri mavlono Lutfiy huzurida o’zining: "Orazin yobqoch, ko’zindin sochilur harlahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh" matla’si bilan boshlanadigan g’azalini o’qiydi. She’rdan hayratga tushgan keksa shoir shunday deydi: “Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashardim va buni o’zimning yutug’im deb hisoblar edim”. Bu turkiy she’riyat buyuk iste’dod kirib kelayotgannidan nishona edi.
1457-yilda   Abulqosim   Bobur  Mirzo   vafot   etdi.  Hokimyat   tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Bayqaro taxt uchun kurashga sho’ng’ib ketdi. Navoiy esa, Mashhad madrasalarida o’qishini davom ettirdi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtda  uni  nohushliklar   kutar  edi.   Abusaid   Mirzo  u   bilan   taxt  tashlayotgan   Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta’qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, Alisherning tog’alari   Mirsaid   Kobuliy  va   Muhammad   Ali  G’aribiylarni   oldinma-keyin   qatl   ettirgan edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham  qolmagan edi. U jonajon shaxri Hirotda uzoq qololmadi. 
            Holbuki, yosh shoirning ijodi avj pallaga kirgan, Jomiydek alloma bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgan, mehrini qazongan edi. Navoiy “Nuran maxdum” deb e’zozlagan bu mashhur shoir va olim o’zini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Sa’diddin Koshg’ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib o’sha yerda yashar edi. Vatan va do’stlarni tashlab ketish og’ir. Xayrlashmay ketish undan-da og’ir. Shoir ulug’ do’stiga ketish sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson so’zi bilan ulug’dir, “falak jisminig joni” – so’z, ayniqsa “nazm”, – deydi shoir. Va o’zida she’r yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan “Xamsa”si uning uchun 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt notinch, odamlarda vafo yo’q. Hatto, tasalli beruvchi kishi ham yo’q. Ketaman, desang etagingdan tutadigan umr yo’ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do’sting bo’lmasa. Bu maktubdan ma’lumki, Navoiy 24-25 yoshlaridayoq “Xamsa” yaratishga har jihatdan tayyor ekanini bilgan.
            O’zining  ijodiy kuchiga  ishonchi  katta   bo’lgan. Navoiy     60-yillarning    ikkinchi  yarmida    Samarqandda    yashadi.  Shoir   Samarqandda   dastlab moddiy   qiyinchilikda  hayot kechiradi. Keyinroq,  unga  shahar   hokimi Ahmad  Hojibek homiylik ko’rsatadi. Samarqand shoirining hayotida o’chmas iz qoldirdi. Zamon    bo’ronlari  har qancha  to’zitmasin,  shaharda olim-u  fozillar  hali ham  ko’p  edi. 1465–1466-yillarda  muhlislari uning  she’rlarini  to’plab, o’zlari  “Devon”  tuzdilar. Bu  kitob    bugun “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir. 
Alisher     Navoiy   1469– 1472-yillarda     muhrdor,    1472–1476- yillarda vazir bo’lib xizmat qildi. 1487– 1488-yillarda Astrobodda hokimlik qildi. Husayn Bayqoro uni o’ziga g’oyat yaqin turar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va shoirning fikrini  nihoyatda qadrlar  edi.  To’g’ri, Boyqaro  va  Navoiy o’rtasiga  sovuqlik  tushgan paytlar ham bo’ladi. Lekin o’z davrining bu ikki buyuk arbobning do’stligi va hamkorligi  juda ko’p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tib, avlodlarga o’rnak bo’lib qoldi.  Navoiy 1476-yilda  vazirlikdan     bo’shagandan  so’ng ham obodonlik ishlariga rahnomolik qilaverdi. Podshohning eng yaqin kishisi sifatida unga barcha ishlariga yordam berib turdi. Navoiy ilm va san’st ahlining homiysi, madatkori edi. Zahiriddin Muhammad  Bobur   yozadi:  “Ahli   fazl   va  ahli   hunarg’a   Alisherbekcha   murabbiy  va   muqavviy  (madadkor) ma’lum  emaskim,  hargiz paydo  bo’lmish  bo’lg’ay. Ustoz  Qulmuhammad  va Shayx   Noyi   va  Husayn   Udiykim,   sozda  saromad   (mashhur)   edilar,  bekning   tarbiyat  va taqviyat    (madad)i    bilan  muncha     taraqqiy   va shuhrat   qildilar.  Ustoz  Behzod     va  Shoh Muzaffar tasvirda  bekning  sa’y (g’ayrat)  va  imom (himmat)i  bilan  mundoq mashhur  va  ma’ruf (ma’lum) bo’ldilar…”     
             Alisher  Navoiy she’rni,  shoirlikni  hamma narsadan  baland  tutdi. Vazirlik  martabasida turib  ham  she’r yozishni  to’xtatmadi.  Ulug’ shoirning  ikki  she’riy devonini  muxlislari  tuzgan bo’lsalar,  “Badoye  ul-bidoya” (“Badiiylik  ibtidosi”)  nomli devonini   1472–1476-yillarda  sultonning  amiriga ko’ra,  shoirning  o’zi kitob  qildi.  1485– 1486-yillarda    ikkinchi  devon “Navodir  un-nihoya”  (“Nihoyasiz nodirliklar”)  maydonga  keldi.  Navoiyning  eng  katta orzusi   yirik   dostonlar  yozish,   birinchi   navbatda,  XII  asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209)dan keyin  shoirlik  qudratining  mezoniga aylanib qolgan “Xamsa” yaratish edi.   
Navoiy  “Xamsa” yozish    niyati   to’g’risida ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashganda, u   Navoiyni bu ishga tezlikda kiritishga undaydi. Shoir  ustozidan  oq fotiha olib, og’ir, mashaqqatli ishga kirishadi. Nizomiy bilan bellanishish – uning panjasiga panja urish (“Xamsa”siga “Xamsa” bilan javob qilish) maqsadida maydonga kirish ulkan jasorat talab qilardi. She'rga yuzma-yuz bo’lish uchun sher bo’lmaganda ham yo’lbars  bo’lmoq lozim edi:  
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida ham sheri jangi,
Agar sher o’lmasa,bori palangi.
            Navoiy besh  dostonni  ikki yilda  yozib  tamomlaydi. “Xamsa”  yaratishga  1483-yilda kirishgan   shoir  1485-yil boshida uni  tugatadi. Agar shoir  ishlagan   kunlarigina   hisobga olinsa  54 ming  misralik  ulkan asar  olti  oyda bitkazilganligi  ma'lum  bo’ladi. Shu  tariqa,  tukiy tildagi birinchi “Xamsa” yaratildi.  
Husayn Boyqaro Navoiy tomonidan bir vaqtlar Sayyit Hasan Ardasherga yozilgan she’riy maktubdagi gaplarini shunchaki bir “xomayi gazof ” (shoirona gap) deb o’ylagan edi. Shoir sultonga “Xamsa”ni taqdim etganida, u g’oyat qattiq hayajonga tushadi. Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye” asarida yozilishicha: “Shoh Navoiyga: Bir mojaro Siz bilan bizning oramizda ko’pdan hal bo’lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo’lishni orzu qilar va uni “pirim”deb atardi. Alisher esa har gal: “Yo Alloh, yo Alloh, bu qanday gap bo’ldi! Aslida, biz muridmiz, siz hammamizga pirsiz” – der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan so’radi: “Pir nima-yu, murid nima?” Shunda Alisher javob berdi: “Pirning tilagi – muridning tilagi bo’lishi kerak”. Sulton Husayn o’zining oq otini olib kelishni buyurdi. Ot juda asov, chopag’on edi. Sulton Husayn aytdi: “Siz murid, men pir bo’lsam, siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman”. Alisher otga minadi. Ot g’oyat asov bo’lib, shohdan o’zgani yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog’ini uzangiga qo’yishi bilan ot tipirchilay boshladi. Sulton Husayn otiga o’shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egarga o’tirishi bilan Husayn otning jilovidan ushlab, yetaklay boshladi. Alisher hushdan ketdi. Uni egardan ko’tarib oldilar.” Tarixda bunday hol ko’rilmagan edi.
1989-yilda Navoiyga Hirotga qaytgach, Astrobod hokimi qilib  Badiuzzamon  tayinlangan edi. Bu  orada Balxda  Darveshali  qo’zg’oloni boshlanadi. Husayn Boyqaro Navoiyni olib, Balxga  jo’naydi. Darveshali  bilan  sulh tuziladi, lekin  Hisorda  Abusaidning o’g’li Sulton Mahmud Husayn  Boyqaroga qarshi  kurash boshlaydi.  Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, o’g’li Badiuzzamonni olib, Hisorga otlanadi. U bilan ham  murosaga  kelishib, orqaga  qaytadi va Balxni  Badiuzzamon tasarrufiga   beradi.
            Badiuzzamon o’n uch yoshli o’g’li Mo’min Mirzoni Astrobodda qoldirib, Balxga keladi.  Xadichabegim  Nizomulmulk   bilan   birgalikda  Astrobodga   Muzaffar   Mirzoni  hokim   qilib tayinlashga   erishadilar. Xadichabegim   shohning  mastlik chog’ida  unga  imzo qo’ydirib,  tezlikda  farmonni ijro  ettirib  yuboradi. Shoh  hushiga  kelib, yangi  farmon  jo’natganida jallod  Mo’min  Mirzoning boshini  kesib  ulgurgan edi.  Bu  voqea 1497 -yilning   sentabrida yuz bergan edi. 1500-yil   dekabrning oxirida  Husayn    Bayqaro Astrobod yurishidan qaytar edi. An’anaga  ko’ra, saroyning  barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga yo’lga chiqadilar. Ular orasida Alisher Navoiy ham bor  edi. Sog’lig’i yomonlashganiga       qaramay, shoir  safardan  qaytgan sulton huzuriga yetib keldi  va hamrohlari yordamida uning ko’ksiga  bosh qo’yib,  hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim tunda uni uyga olib ketadilar.
            Ertasiga   mashhur tabiblar    maslahatga to’planib,   qon olmoqqa qaror  berardilar. Ammo buni foydasi bo’lmaydi. Uch  kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida  vafot etadi.  
            Alisher Navoiy ijodidan
Qaro ko‘zum,kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.
Takovaringg‘abag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.
Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.
Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.
Xazon sipohiga, ey bog‘bon, emas mone’
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.
Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
* * *
Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go‘shan mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir baloliq ko‘zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog‘ki aylar mehr fosh.
Bo‘sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og‘zi ichra aytur la’l ham bor nav’ tosh.
Novaking ko‘nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Umri jovidistasang fard o‘lki, bo‘ston Xizridur,
Sarvkim da’b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘ygusidir barcha bosh.
            O‘n sakkizming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz yil husni bor,
O‘n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
O‘n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko‘zu qoshinadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
* * *
Ko‘rgali husnungni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim:«Vafo qilg‘il manga» zulm aylading,
Sen qachon deding: «Fido bo‘lg‘il manga» bo‘ldim sanga.
Qay paripaykarga dersen telba bo‘ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngul, tarki nasihat aylading ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo‘ldum sanga.
* * * *
Lablaring kimhayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko‘ngul,
Telba yanglig‘kim, qochar el g‘ofil o‘lg‘ach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko‘rar,
Ne quvong‘ay dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qo‘y nasihat, zohido, o‘tlug‘ damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo‘qturkim, sog‘alg‘ay pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat bo‘lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo‘lmish ko‘ngul,
La’l erur mahlul qon o‘rnig‘a har parkand ila.
Chun Navoiy ko‘ngli sindi, emdi lutfing ne asig‘?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Oshiqo‘ldum, bilmadim yor o‘zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
Qaddig‘a elmayli bo‘lg‘ondin ko‘ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga nova kurdi, men o‘ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag‘rig‘a kirgan xor emish.
Rishtakim, muhlik yaram og‘zig‘a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog‘idin suvurgan tor emish.
Ko‘yi devoridin og‘riq tang‘a tushgan soyadek,
Sel g‘amidin emdi soya o‘rnig‘a dildor emish.
Jong‘a taxvif ayladim tig‘i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o‘lguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xo‘blarni ko‘rma osonlig‘ bilan,
Kim biravkim soldi ko‘z, uzmak ko‘ngul dushvor emish.
            Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g‘aflat ko‘rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorug‘luq topmadim,
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g‘ussadin,
O‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.
* * * *
Meni menistagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no‘shxand etmas.
Kerakmas oyila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o‘z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerga javloni samand etmas.
Ko‘ngul uzcharx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o‘zga bo‘ynungg‘a kamand etmas.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
            Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘avu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlarindin necha suv kelgay deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim avval qadam ma’shuqa o‘tro‘ kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
RUBOIYLAR
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.
* * *
Zohid, senga – hur, manga – jonona kerak,
Jannat – sega bo’lsun, manga – mayxona kerak.
Mayxona aro soqiy-u paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
            TUYUQLAR
Yo rab, ul shaxd-u shakar yo labdurur,
Yo magar shaxd-u shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G’amza o’qin qoshig’a yolabdurur.
* * *
Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay,
Otki, o’trusig’a oning ko’ztutay.
Necha ko’rgach o’zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko’rgan kishidek ko’z tutay.
                
                
                
                
                
                
                
                
                
                            
                            
                            
                            
                            
                            
                            
                            
                            
                            
Сообщения из Facebook