Husnbuzar husningizni buzmasin!
Husnbuzar husningizni buzmasin!
Oramizda deyarli har bir inson husnbuzarning nima ekanligini juda yaxshi biladi. Aknening paydo bo‘lishi yoshga ham, tana tuzilishi va hayot tarziga ham bog‘liq emas. Ammo ayrim tashqi omillarning ta’sirini hisobga olmasak bo‘lmaydi. Uni yo‘qotish uchun esa tabiiy muolajalardan o‘tadigan chora yo‘q. Ularni sinab ko‘rib, o‘zingiz istagan natijalarga osonlikcha erisha olasiz.

Tabiiy niqob

Osh sodasini suv bilan aralashtirib, quyuq smetana ko‘rinishiga keltirib oling. So‘ng yuz sohasiga surtib, 15 daqiqadan keyin 1:8 nisbatda tayyorlangan olma sirkasi hamda suv aralashmasi bilan yuvib tashlaysiz.

Bodomli niqob

2 oshqoshiq sut, 4 dona bodom, 1oshqoshiq apelsin sharbati va A vitamini kapsulasini olib, barchasini blenderda aralashtiring. Niqobni yuzga surib, 15 daqiqadan so‘ng suv bilan yuvib tashlaysiz.

Suli yormasidan niqob

Suli yormasini maydalab olasiz-da, iliq suv bilan birga aralashtirasiz. Ular tahminan 15 daqiqa tinib turishi kerak. Shunday keyin bo‘tqani yuzingizga surtasiz.

Kartoshkali niqob

Kartoshkani tozalab, qirg‘ichdan o‘tkazib olgach, hosil bo‘lgan bo‘tqani yuz sohasiga surting. Oradan 20 daqiqa o‘tib esa iliq suv bilan yuvish mumkin bo‘ladi. Ushbu niqob yuzni husnbuzarlardan halos qilibgina qolmay, terini oqartiradi va ajinlarga qarshi kurashadi.

Tozalovchi skrablar

Terini muntazam ravishda tozalab turish uchun sizga skrab va losyonlar kerak bo‘ladi. Skrablarni ham uy sharoitida tayyorlash mumkin, ular sotuvdagi maxsus vositalarni ham ortda qoldirib ketadi. 

Qulupnayli skrab:

2 choyqoshiq quruq sut, 100 gr ezilgan qulupay va 1 choyqoshiq limon sharbatini yaxshilab aralashtirgancha, vositani teriga surtib,uni tozalab olasiz.

Kungaboqar yog‘idan skrab:

1 choyqoshiq quruq xamirturushni aynan shunday miqdordagi kungaboqar yog‘i va tuxum sarig‘i bilan aralashtiring. Ushbu vosita ham terini a’lo darajada tozalay oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook